Arxiv

YeI koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘mak ajratadi
20 aprel 2020, 19:45

YeI koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘mak ajratadi

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel koronavirusga qarshi kurashishda O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘mak ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingani to‘g‘risida xabar berdi.

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 1600 kishidan oshdi
20 aprel 2020, 18:33

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 1600 kishidan oshdi

20 aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1604 nafarni tashkil qilmoqda.

Koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 261 nafarga yetdi
20 aprel 2020, 17:18

Koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 261 nafarga yetdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 21 nafar bemor butkul sog‘aydi. Bemorlardan 5 nafari erkak, 16 nafari ayollardir. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 261 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

Yangi haftada havo haroratining issiq bo‘lishi kutilmoqda
20 aprel 2020, 16:56

Yangi haftada havo haroratining issiq bo‘lishi kutilmoqda

Haftaning ikkinchi yarmidan harorat +30 darajalik chegaradan oshadi. Faqatgina Qoraqalpog‘istonda payshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, juma kuni esa havoning salqin bo‘lishi kutilmoqda.

Xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborish qisman tiklandi
20 aprel 2020, 16:30

Xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborish qisman tiklandi

«O‘zbekiston pochtasi» 20 apreldan 38 ta davlatga xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborishni qisman tikladi. Bungacha pochtalar faqat yer usti transporti orqali jo‘natilayotgan edi.

Yana 2 nafar koronavirus bemori tuzaldi
20 aprel 2020, 16:28

Yana 2 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Toshkentda 2 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 240 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida o‘sish kuzatilmoqda — Mamarizo Nurmurodov
20 aprel 2020, 15:58

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida o‘sish kuzatilmoqda — Mamarizo Nurmurodov

Mart oyining ikkinchi yarmida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi ikki barobarga kamaygan edi. Markaziy bank raisi hozirda o‘sish kuzatilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, xorijiy valyutani sotish va sotib olishda cheklovlar o‘rnatilmagani, tijorat banklarida yetarlicha valyuta zaxiralari mavjudligini qayd etdi.

O‘zbekistonda birinchi xususiy tadbirkorlik universiteti tashkil etildi
20 aprel 2020, 15:29 2

O‘zbekistonda birinchi xususiy tadbirkorlik universiteti tashkil etildi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda birinchi xususiy tadbirkorlik universiteti — TEAM University tashkil etildi. Bir guruh tadbirkorlar va mutaxassislar ishtirokida ochilgan OTMda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Markaziy bank raisi: Naqd xorijiy valyuta taqchilligi yo‘q, bo‘lmaydi ham
20 aprel 2020, 14:48

Markaziy bank raisi: Naqd xorijiy valyuta taqchilligi yo‘q, bo‘lmaydi ham

O‘zbekistonda naqd xorijiy valyuta taqchilligi bo‘lmaydi, deya ma’lum qildi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov. Yaqinda muddatidan oldin Nyu-York Federal zaxira bankidan 200 mln dollar olib kelindi. May oyida yana 400 mln dollar olib kelinishi kutilmoqda.

13 nafar koronavirus bemori tuzaldi
20 aprel 2020, 14:45

13 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Andijonda 2 nafar va Buxoroda 11 nafar koronavirus bemorlari tuzaldi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 238 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1582 nafarga yetdi
20 aprel 2020, 14:42

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1582 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 17 nafarga ortib, jami 1582 kishini tashkil etmoqda.

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari huquqlari himoya qilinadi
20 aprel 2020, 12:34

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari huquqlari himoya qilinadi

Qozog‘iston o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Unga ko‘ra, migrantlarga mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq zarar yetkazilganda, kompensatsiya va bepul tibbiy yordam kafolatlanadi.

Pensionerlarning kartalaridan komission to‘lovlar undirilmaydi
20 aprel 2020, 12:15

Pensionerlarning kartalaridan komission to‘lovlar undirilmaydi

Maxsus komissiya qarori bilan pensionerlarning bank kartalaridan komission to‘lovlar undirilmaydi. Karantin davrida pensiyalar faqatgina kartalarga o‘tkazib beriladi.

Harbiy-vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan sinflarga qabul tartiblari belgilandi
20 aprel 2020, 12:04

Harbiy-vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan sinflarga qabul tartiblari belgilandi

Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga 6-sinfni bitirgan o‘g‘il va qizlar tanlov asosida qabul qilinadi. Nomzodlar jismoniy tayyorgarlik sinovi va test imtihonlaridan o‘tadi.

Bir qator hujjatlarning amal qilish muddati uzaytirildi
20 aprel 2020, 11:26

Bir qator hujjatlarning amal qilish muddati uzaytirildi

O‘zbekistonda bir qator hujjatlarning amal qilish muddati avtomat ravishda 1 iyungacha uzaytirildi. Muddati o‘tib ketgani uchun hujjat egalariga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.

Xususiy tibbiyot muassasalariga koronavirus testini o‘tkazishga ruxsat berildi
20 aprel 2020, 11:20

Xususiy tibbiyot muassasalariga koronavirus testini o‘tkazishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda xususiy tibbiyot muassasalariga koronavirusga pulli test o‘tkazishga ruxsat berildi.

Noqonuniy «stiker» olganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20 aprel 2020, 10:53

Noqonuniy «stiker» olganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi stikerlarni noqonuniy qo‘lga kiritgan MCHJ rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Koronavirus bilan kasallanish holatlari soni o‘zgarishsiz qoldi
20 aprel 2020, 10:47

Koronavirus bilan kasallanish holatlari soni o‘zgarishsiz qoldi

Koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni o‘zgarishsiz qoldi — 1565 nafar bemor. 19 aprel kuni esa bu ko‘rsatkich 75 nafarga ko‘paygan edi. O‘tgan kun davomida 11,8 mingta test o‘tkazildi.

Respublika perinatal markazi karantinga yopildi
20 aprel 2020, 10:42

Respublika perinatal markazi karantinga yopildi

Respublika perinatal markazi homilador ayollardan birida koronavirus aniqlanganidan keyin karantinga yopildi.

Yana 43 kishida COVID-19 tasdiqlandi
19 aprel 2020, 18:12

Yana 43 kishida COVID-19 tasdiqlandi

O‘zbekistonda 43 ta yangi koronavirus holati qayd etildi (umumiy — 1543 ta).


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting