AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarga bepul psixologik yordam ko‘rsatuvchi resurs ishga tushirilganligini olqishladi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Amerika fuqarolarining ish joylarini saqlab qolish uchun mamlakatga immigratsiyani to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonni imzolashini aytdi.
O‘zbekiston koronavirusni davolashda qo‘llanilayotgan o‘pkani sun’iy shamollatish uskunasi va polimeraza zanjiri reaksiyasi moslamalarini sotib olish uchun Yaponiya hukumati grantlarini jalb qilishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston «Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotining matbuot erkinligi reytingida to‘rt pog‘ona yuqorilab, 180 davlat orasida 156-o‘rinni egalladi. Mamlakatdagi vaziyat hali ham «murakkab» deb baholanmoqda.
O‘zbekistonda 150 mingga yaqin fuqaro koronavirus bo‘yicha testdan o‘tkazilgan. Koronavirusga testlar soni maksimal oshirilsa karantin shartlarini yumshatish mumkinligi aytilgan. O‘z o‘rnida, mamlakatda ekspress-testlar o‘tkazilmaydi.
Regulation.gov.uz portaliga davlat tilida matni bo‘lmagan loyihalar portal ma’muriyati tomonidan avtomatik ravishda o‘chiriladi. Bu haqda ogohlantirish 20 apreldan joylashtirilgan.
O‘zbekistondan jo‘natilgan ikki partiyadan iborat insonparvarlik yordami Moskvaga yetib bordi. Rossiyaga jami 5 mln dona tibbiy niqob yuborish rejalashtirilgan.
Xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va muassasalarda 2019−2020 o‘quv yili “online-maktab” loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi.
Karantin choralari sababli 38,4 foiz yoki 95 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati to‘xtab qolgan. Ular soliq organlariga murojaat qilib, soliq yengilliklari olishlari mumkin.
Koronavirus pandemiyasi butun dunyo va O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligiga qanday ta’sir qiladi? Ushbu savollarga Jahon bankining O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yetakchi iqtisodchi mutaxassisi Sergiy Zorya javob berdi.
«Uzbekistan Airways» yuk tashishga talab o‘sib, yo‘lovchi tashish to‘xtatilgani sababli bir nechta samolyotini qayta jihozlab, ularni yuk tashuvchiga aylantirishni rejalashtirmoqda.
Jizzax viloyatida VAZ-21063 haydovchisi urib yuborgan to‘rt yoshli qizcha shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myullerni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.
20 aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab yangi 62 ta koronavirus bilan zararlanish holatlari aniqllanib, jami 1627 kishiga yetdi.
Tarixda birinchi marta, neftni sotish uchun xaridorga pul to‘lash kerak. WTI markali qayta ishlanmagan neftning may oyida yetkazib berish narxi 0 dollardan pastladi (-7 AQSH dollari atrofida). Neftga bo‘lgan talabning pasayishi sababli dunyo bo‘ylab 160 mln barrel neft tankerlarda turib qolgan.
Karantin vaqtida qurilish materiallari bozorida ishlab chiqarish hajmi 30−40 foizga kamaygan. «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasiga yil oxirigacha mahsulot ishlab chiqarishni 22 trillion so‘mga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Prezident qurilish sohasining yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun katta imkoniyat va zaxira ekanligini ta’kidlagan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus aniqlanmagan yoki epidemiologik vaziyat yaxshilangan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich bekor qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
«Albatta, rag‘batlantirish uchun pul tarqatish oson yo‘l. Lekin ertaga buning oqibatda nimalarga olib kelishini hali biron bir iqtisodchi bashorat qila olmayapti», — deya ta’kidlagan prezident. U «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yib, tadbirkorlar o‘zi faoliyat yuritayotgan hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yordam berishi taklifini ilgari surdi.
2020 yil AQSHda davlat qarzi va korporatsiyalar qarzi rekord darajagacha o‘sishi mumkin. Federal byudjet defitsiti 4 trln dollargacha yetishi kutilmoqda — bunday holat 1945 yildan beri kuzatilmagan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2020 yil Ramazon oyining boshlanishi 24 aprel kuniga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting