Prezident 2025-yilda yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya shaharchasi qurilishini yana borib ko‘rdi. O‘yinlardan so‘ng majmua milliy sport turlari va aholi salomatligini muhofaza qilish markazi sifatida xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo YETga qo‘shiladigan Rossiya, O‘zbekistonda o‘qitiladigan 160 nafar afg‘onistonlik ayol, o‘quv yili boshida Toshkentda qimmatlashgan ijara narxlari, haydovchilarga joyida jarima qo‘llashning bekor qilinishi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2026 saralashi ikkinchi o‘yinida Qirg‘iziston mehmoni bo‘ldi. Og‘ir kechgan o‘yinda o‘zbekistonliklar ikki bor kambek amalga oshirdi va irodali g‘alabaga erishdi — 2:3 (video, foto, statistika).
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Teach for Uzbekistan NNT bilan memorandum imzoladi. Bir necha oy davomida loyiha, jumladan, pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan, lekin o‘qitishga qobiliyatli mutaxassislarni maktablarda ko‘ngilli sifatida ishlash uchun tanlab oldi va o‘qitdi.
Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli quduqda 1-sentabr kuni avariya bo‘lib, atrofga oltingugurt gazi tarqalishi boshlangan edi. Ma’lum bo‘lishicha, gaz hidi anqishi hali to‘xtamagan va odamlar salomatligiga ta’sir qilyapti. Aholi vaziyat borasida rasmiy va aniq axborot berilishini so‘rayapti.
Madrid hukumati elektr samokatlarni ijaraga beruvchi kompaniyalarning litsenziyalarini bekor qildi, endi shaharda bu transport ijarasi mavjud emas. Hokimlik qarorni xizmatlar piyodalar xavfsizligini ta’minlash shartlarini bajarmagani bilan izohladi.
Rossiyaning “Tizim operatori” Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shiladi, dedi RF Energovazirligi rahbari. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu qarorni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu tashabbus nafaqat elektr energiyasi eksporti, balki davlatlar o‘rtasidagi oqimlarni boshqarish bilan ham bog‘liq, deya tushuntirdi u.
Prezident Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish loyihalarini borib ko‘rdi. Ko‘chada milliy ruhdagi zamonaviy uylar, mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari quriladi. Favvoralar, yo‘lakchalar, sayilgoh bo‘ladi. Davlat rahbari ko‘chada ekologiya, sifat va madaniyat uyg‘unlashishi kerakligini ta’kidladi.
Toshkent viloyatidagi bo‘yoq ishlab chiqarish sexida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirish uchun 4 soatdan ortiq vaqt ketdi. Yong‘inda hech kim jarohat olmadi. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda.
Durdona Abdujabborova sumo bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekistonning ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro maydondagi ilk yutug‘i bo‘ldi. Turnirda 33 davlatdan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.
“O‘zatom” huzuridagi AES qurilishi direksiyasi, “Rosatom” hamda “Atomstroyeksport” o‘rtasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. Bu qurilish maydonchasida tayyorgarlik ishlarining faollashuvi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish demakdir.
O‘zbekistonda yuk mashinalari haydovchilariga yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. O‘tgan 7 oyda yuk avtotransport vositalari bilan bog‘liq 303 ta YTHda 108 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 227 nafar fuqaro jarohat olgan.
O‘zbekistonda korrupsiya uchun sudlangan 566 nafar shaxs davlat xizmatiga qayta qabul qilinib, yana shu jinoyatni sodir etgan. Antikorrupsiya agentligi rahbari 2021-yildan buyon muhokamada bo‘lgan korrupsionerlar reyestrini joriy etish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kiritish reja qilinganini bildirdi.
Senat ko‘rib chiqishi kutilayotgan qonun bilan YPX xodimlarining yo‘l harakati qoidabuzarligini aniqlagan taqdirda haydovchiga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati bekor qilinmoqda. Shuningdek, skuter, individual harakatlanish vositalari yordamida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Avgust oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxi o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun 1,9 foizga, to‘liq ta’mirlanganlari uchun esa 0,3 foizga oshdi, deya xabar berdi MHTI. Narxlarning ko‘tarilishiga universitetlarda yangi o‘quv yili boshlanishi bo‘yicha kutilmalar asosiy sabab bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev va Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Mishustin, shuningdek, prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim hamda mehnat migratsiyasi bo‘yicha suhbatlashdi.
Buxoroning Romitan tumanidagi 18-maktabda direktor o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet” uchun ovoz yig‘ishga majburlagani aniqlandi. Unga nisbatan BHMning 100 baravari miqdorida jarima qo‘llandi.
10−13-sentabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +10…+15, kunduzi +27…+32 daraja atrofida bo‘ladi.
Bosh vazir Abdulla Aripov Parijda tarixiy natijaga erishgan Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlarini tabriklab, ularning muvaffaqiyatida davlat rahbarining hissasini ta’kidladi. “Olimpiadada 13-o‘rin, Paralimpiadada 13-o‘rin! Balki kimlargadir 13-raqam yoqmas, lekin O‘zbekistonga juda ham yoqyapti”, — dedi u.
Toshkentda advokat va yurist jazo muddatini o‘tayotgan shaxsning ayblovidan bir moddani olib tashlash evaziga 75 ming AQSh dollari talab qildi. Ular pulni olish vaqtida ushlandi va 14 yilga qamaldi. Advokat avval sudya bo‘lib ishlagani, yurist esa muqaddam sudlangani ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting