Nurdinjon Ismoilov O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri etib qayta saylandi. Parlament quyi palatasida spikerning birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi, unga Akmal Saidov tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev avvalgiday bayroqni ko‘tarib olib, «yest» qilamiz, degan davrlar o‘tib ketganini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev eski davr deputatligi haqida — «Qancha jim o‘tirsang, shuncha yaxshi edi».
Bloger Nafosat Ollashukurova bosimlar sababli O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.
Toshkent farmatsevtika instituti rektori Ibrohim Alimjonov 61 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev: «Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq masofali raketa shart emas. Buning uchun ta’lim sifatini tushirib, imtihonlarga aldov aralashtirishning o‘zi kifoyadir», — dedi.
O‘zA «Yil tanlovi-2019» tanlovi g‘oliblarini taqdirladi. Tanzila Norboyeva «Eng faol davlat arbobi — Yil odami» deb tan olindi. Barcha g‘oliblar ro‘yxati.
Bosh vazir Abdulla Aripov 2025 yilga borib tabiiy gazni eksport qilishni to‘xtatilishini, tabiiy gazni qayta ishlab, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish choralari ko‘rilishini bildirdi.
O‘zLiDeP 2016 yildan beri hukumatni boshqarib kelayotgan Abdulla Aripovni bosh vazir lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Nomzod prezident tomonidan ko‘rib chiqilishi va keyin parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov umumiy foydalanishdagi va mintaqaviy ichki yo‘llar hamda ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar rekonstruksiya qilinishi va ta’mirlanishini bildirdi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev faoliyatidagi 18-jangida meksikalik Adrian Estrellani birinchi raundda nokautga uchratdi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov hukumatning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi. U importni qisqartirish va eksportni kengaytirish masalalari asosiy e’tiborda bo‘lishi bildirdi.
Prezident poytaxt va viloyatlardan saylangan 84 nafar senatorga qo‘shimcha ravishda 13 nafar senatorni tayinladi. Ularning ikki nafari — amaldagi hukumat a’zolari. Eng yoshi — 25 yoshli Alisher Sa’dullayev.
Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida qalin tuman tushishi oqibatida ko‘rish darajasi pasayganligi sababli bitta «Kamaz» va 4 ta «Neksiya» ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bir kishi vafot etdi.
Abdulla Aripov 2020-yilda davlatga qarashli Humo Air aviakompaniyasi tashkil etilishini e’lon qildi, uning tariflari amaldagidan ancha arzon bo‘ladi.
Toshkent prokuraturasi dizayner Nariman Grigoryan o‘limida gumonlanayotgan shaxs qamoqqa olinganini xabar qildi.
1 martdan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning naqd pullarini bankka inkassator orqali yetkazib berilgani uchun xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan to‘lanadi.
Kobul hokimi o‘rinbosari Muhammad Fozil Sharifiy Afg‘oniston poytaxti ma’muriyati Toshkentning birodarlashgan shaharlari safiga qo‘shilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Shanba kuni yog‘ingarchiliklarsiz o‘tishi, yakshanbada esa ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myullerni qabul qildi. Tomonlar O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting