O‘zbekistonlik mashhur sport gimnastikachi Oksana Chusovitina 2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan olimpiadadan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish ikki bosqichda amalga oshirilish hukumat tomonidan belgilandi.
Poytaxtning Uchtepa tumanida beshta mashina ishtirokida avtohalokat yuz berdi, to‘rt kishi jarohatlandi.
Toshkentning Olmazor tumanida odamlar beshinchi qavat derazadan pastga tushib ketgan 4 yoshli bolani tutib qoldi.
Dekabr oyi oxirida 15 sutkaga qamoqqa olingan andijonlik Facebook-faoli Abdufatto (Otabek) Nuritdinov ozodlikka chiqarildi.
Dizayner Nariman Grigoryan o‘zi ijarada istiqomat qilgan xonadon mehmonxonasida qotillik alomatlari bilan topildi. Bosh prokuratura «qasddan odam o‘ldirish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama hamkorlik, uchrashuvlar jadvali, afg‘on muammosi va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida hukumat qarori qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari va Yaponiyaga oliy darajadagi tashriflar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
O‘zbekistonlik Mahmud Murodovning UFC doirasida braziliyalik Antonio Karlos Juniorga qarshi o‘tkazidagina jangi bekor qilindi.
Toshkentda taniqli dizayner Nariman Grigoryan o‘ldirib ketildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasidan yo‘llardagi jarimalar, ish haqi va jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblari, shuningdek, kommunal xizmatlar bo‘yicha ma’lumot olish mumkin.
Eronda Ukraina Boeing samolyotining qulashi bilan bog‘liq bir necha kishi hibsga olindi, ularning ismlari hozircha oshkor qilingani yo‘q.
Barcha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yangi muddatga qayta saylandilar. Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi ham qayta saylandi. Ro‘yxat va fotosurat.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shaharliklarga murojaat qilib, «aholiga adolatli xizmat ko‘rsatishga» va’da berdi, ulardan hokimiyatga bajarilgan ishlar natijalariga qarab baho berishlarini so‘radi va 20 oy davomida ma’muriyat rahbari sifatida chiqargan xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.
IIV YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida tuman paytida 13 ta mashina to‘qnashgan. Voqea joyidan bir oz uzoqroqda ham ikkita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Joriy yilda elektr energiyasi iste’moli 71 mlrd kVt-soatni tashkil etib, o‘tgan yilgiga nisbatan o‘rtacha 9 foizga, ya’ni, iqtisodiyot tarmoqlari talabi 10, aholiniki esa 8,5 foizga oshishi kutilmoqda.
Bosh vazir Abdulla Aripov lavozimiga qayta tayinlangan Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni «yetakchi rahbar va zamonaviy menejer» deb atadi. Shuningdek, u Akfa, Artel va Crafers kompaniyalarining xorijdagi yutuqlari, korxonalarni poytaxt chetlariga ko‘chirish rejasi va boshqalar haqida so‘zladi.
Yaponiyalik ekspert Esuaki Yoshida AKT vazirligida vazir maslahatchisi sifatida ish boshladi.
Samarqand-Qarshi avtomagistralida ko‘rish darajasi pastligi va yo‘llarning sirpanchiqligi sababli 10 dan ortiq mashina to‘qnashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting