Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev hamda IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni Dmitriy Pan lavozimidan ozod qilindi.
Toshkentda giyohvand moddalar sotiladigan saytga eltadigan QR-kodli reklama banneri aniqlandi. Poytaxt IIBB vaziyat nazoratga olinganini xabar qildi.
Prezident ijtimoiy muhofaza qilish tizimini isloh qilish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi. Bugun bu masalalar bilan 30 ga yaqin tuzilma shug‘ullanmoqda, ammo sohada muammolar va qonunbuzarliklar uchrab turibdi.
Prezident minimal davlat pensiyasi yoki pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan to‘planib boradigan pensiyalardan iborat uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga o‘tish bo‘yicha topshiriq berdi.
Qibray tumanidagi 25- maktabgacha ta’lim tashkilotining mansabdor shaxslari 180,4 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini talon-taroj qilgani aniqlandi.
Namanganda Namangan Square «aqlli shahar» qurish rejalashtirilmoqda. Uning hududida Farg‘ona vodiysida ilk osmono‘par binolar quriladi.
Bosh vazir Abdulla Aripov million milliy dasturchilarni tayyorlash bo‘yicha One Million Uzbek Coders loyihasiga start berdi. Bepul onlayn kurslar to‘rtta IT-muxatassislikni qamrab oladi.
O‘zbekistonning uchta viloyatida bir kun ichida besh kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi, bir bola shifoxonaga yotqizildi.
Prezident «Biznes yuritish» reytingidagi mamlakat o‘rnini yaxshilash bo‘yicha navbatdagi «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqladi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish taqiqlandi.
Toshkent viloyatida VI-VII asrlarga oid Turk xoqonligi davri ko‘chmanchilarining qabristoni topildi.
«Tibbiyot qurilish» DUK mansabdor shaxslari tibbiyot muassasalarini ta’mirlashga ajratilgan 2,3 mlrd so‘mni qarindoshlariga qarashli korxonalarga o‘tkazib, talon-taroj qilgani aniqlandi.
Qashqadaryo viloyatida qo‘lbola usulda tayyorlangan pomidor konservasidan zaharlangan yetti kishilik oilaning ikki a’zosi — ona va 13 yoshli o‘g‘il vafot etdi.
Toshkent viloyatidagi manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum boshqa mahkumni koloniyadan chiqarib yuborish bilan aldab, 2 ming dollar pulini qo‘lga kiritdi.
Yuk mashinasi haydovchisi aktrisa Gavhar Sharipovaga shilqimlik qilgan. U harakat vaqtida o‘zini mashina salonidan tashlab yuborgan.
Samarqand viloyatidagi avtoturargohda yirik yong‘in sodir bo‘ldi, 5 ta suyultirilgan gaz tashuvchi avtotsisterna, 1 ta ekskavator va 1 ta samosval yuk avtomobili yondi. Bir kishi jarohatlandi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Texnologik parkka tashrif buyurib, loyihaning yangi bosqichi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.
Mudofaa vazirligi Toshkentdagi G‘alaba bog‘i konsepsiyasini taqdim etdi. Bog‘ Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi arafasida ochiladi.
Yil boshidan buyon prezident jami 5441 kishini O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi 25 ta farmonni imzoladi.
Jizzax viloyati Zomin tuman IIB binolaridan birida qurilish ishlarini amalga oshirayotgan yetti nafar ishchi is gazidan zaharlanib vafot etdi.
2020 yildan Markaziy bank inflyatsion targetlashga o‘tadi. 2023 yilgacha inflyatsiya bo‘yicha doimiy target 5 foiz darajasida etib belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting