Uchta fan o‘rniga beshta fandan imtihon topshirish va barcha abituriyentlar uchun majburiy blok. Kirish imtihonlaridagi yangi tartiblarning ehtimoliy oqibatlari haqida — Komil Jalilov.
AQSH prezidenti ISHID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning yo‘q qilingani xabarini berdi va «dunyo endi ancha xavfsizroq bo‘lganini» ta’kidladi.
Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod qilingan Zafar Ro‘ziyev Jizzax viloyatining Zarbdor tumaniga hokim bo‘ldi.
Andijondagi fabrikada sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish chog‘ida bir o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyatiga Zoyir Mirzayev hokim bo‘ldi. Zafar Ro‘ziyev, uning ikki o‘rinbosari, IIB, prokuratura va soliq xizmatlari rahbarlari, Qarshi va bir qator tumanlar hokimlari ishdan bo‘shatildi.
Sharof Rashidov tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Mirzayev Zoyir Toirovich Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Bosh prokuraturaga Bulung‘ur tumani va Termiz shahar hokimining qarori ustidan protest keltirilib, qarorlar bekor qilindi.
Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi munosabati bilan ishlar va xizmatlar ko‘rsatishni belgilangan muddatlarda ta’minlamagan importyorlar tomonidan jarimalar to‘lashda ayrim imtiyozlar belgilandi.
Toshkent viloyatida 40 dan ortiq davlatdan investorlar ishtirok etayotgan «Invest in Tashkent Region» forumining birinchi kunida qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarga erishildi.
Farg‘onadagi MTTda 11 bola ovqatdan zaharlandi. Shahar prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent metropolitenining Sergeli yer usti tarmog‘ini Navro‘z arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda. Sergelidan «Buyuk ipak yo‘li»gacha bitta transportda borish mumkin bo‘ladi.
«Endi banklar resurs jalb etish bo‘yicha „o‘z aravasini o‘zi tortishi“ kerak», — deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. So‘nggi ikki yil ichida banklar kapitalizatsiyasini oshirish uchun 3,3 mlrd dollar berildi, biroq ushbu mablag‘lardan samarali foydalanilmadi, dedi u.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dekabrdagi saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda, Ochilboy Ramatov nomzodini bosh vazir lavozimiga ilgari surishni rejalashtirmoqda. Boshqa partiyalar munosib nomzodlar zaxirasi mavjudligini ma’lum qildi, biroq ular nomini oshkor etmadi.
Urganchdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachining bolalarni chizg‘ich bilan urgani o‘rganilmoqda.
2022 yilgacha internetda milliy kontentni rivojlantirish dasturi OTMlarning ta’limiy onlayn-manbalari, referatlar va ilmiy ishlar bankini yaratish orqali ko‘chirmakashlikka qarshi kurashish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Metroning Yunusobod yo‘nalishi ikkinchi bosqichi qurilishi sifatini germaniyalik mutaxassislar nazorat qiladi. Loyiha bilan tanishgan prezident u odamlarning hayot tarzini o‘zgartirishi kerakligini ta’kidladi.
Keyingi yildan butun O‘zbekiston bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lgan maxsus transport kartalari joriy etiladi.
Navoiy viloyatida ilk bor FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketasi sinovdan o‘tkaziladi.
Bosh prokuratura Payariq tumanida ikki pedagog tomonidan odam o‘ldirish jinoyati sodir etilgani yuzasidan bayonot berdi.
Prezident taqdim etilgan Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali qurilishi loyihalar orasidan birini tanladi. Uning qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi — foto va videoda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting