Hukumat qarori bilan xayriya mablag‘larini, jumladan, zamonaviy elektron to‘lov tizimlari yordamida qabul qilish uchun maxsus hisobraqam ochgan holda, saratonga qarshi ijtimoiy harakat tashkil etiladi.
2020 yilning birinchi yarim yilligidan boshlab Namangandagi «Hyundai» zavodidan kichik yuk mashinasi, mikroavtobus hamda avtobuslar ishlab chiqarila boshlaydi.
KXDR poytaxtida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta oltin, 4 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotovaning Angren — Pop elektrlashtirilgan temir yo‘lida harakatlanuvchi poyezdning Oltiariq bekatida ham to‘xtab o‘tishi taklifi ma’qullandi.
Endilikda xorijda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari Qonunchilik palatasi saylovida qatnashishlari uchun konsullik ro‘yxatiga kirishlari shart emas.
Toshkentda Carrefour xalqaro brendining supermarket va gipermarketlari tarmog‘i ochiladi.
Qo‘qondagi ko‘p qavatli uylardan birida uch kishilik oila is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Qishloq va shaharlarda davlat dasturlari bo‘yicha uy-joylarni qurish xususiy sektorga topshiriladi. Prezident sohada raqobat yo‘qligini ma’lum qilib, uy-joy ajratishda shaffoflik va xolislik ta’minlanishiga oid topshiriqlar berdi.
OTMlarda kontrak pullarini to‘lash muddati uzaytirildi.
Qashqadaryodagi «Yormok» konidan tabiiy gazning sanoat oqimi olindi
O‘zbekiston adliya organlari va muassasalari tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi.
Astraxan viloyatida pasportlari olib qo‘yilib, oylik maoshlari to‘lanmayotgan 25 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat qulligidan qutqarildi.
Qashqadaryoda telefonidan behayo videolar topilgani uchun sinf rahbari va onasi tomonidan tanbeh berilgan 15 yoshli o‘smir o‘z joniga qasd qildi.
Belorus jurnalistlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mashinalarning ishonchliligini sinab ko‘rish uchun Ravon avtomobillarida Toshkentdan Minskkacha boradi.
Pensiya ta’minoti tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xitoyning Uxan shahrida o‘tkazilgan Butunjahon armiya o‘yinlari hamda Abu-Dabida o‘tgan «Katta dubulg‘a» turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etgan dzyudochilar O‘zbekistonga qaytib keldi.
Toshkent viloyatida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismlarda keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
«O‘zbekneftgaz» korxonalari tomonidan 350 tadan ortiq neft va gaz quduqlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 2019 yilning oxirigacha 207 ta neft va gaz quduqlarida ta’mirlash mo‘ljallangan.
Yashnobod tumani, Aviasozlar 3-dahasidagi 4 qavatli uyning tom bo‘g‘ot kismlarida yong‘in yuz bergan. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting