Arxiv

JCH-2022 saralash bosqichi: O‘zbekiston Falastinga mag‘lub bo‘ldi
5 sentabr 2019, 22:35

JCH-2022 saralash bosqichi: O‘zbekiston Falastinga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston futbolchilari 2022-yilgi jahon chempionati saralash bosqichining birinchi uchrashuvida falastinlik raqiblariga imkoniyatni boy berdi. Milliy terma jamoa ilk bor Falastindan mag‘lubiyatga uchradi.

Talabalarga stipendiyali va stipendiyasiz to‘lov-kontrakt miqdorlarini to‘lash imkoni yaratildi
5 sentabr 2019, 21:54

Talabalarga stipendiyali va stipendiyasiz to‘lov-kontrakt miqdorlarini to‘lash imkoni yaratildi

Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida talabalar uchun stipendiyali va stipendiyasiz to‘lov-kontrakt miqdorlarini to‘lash imkoni yaratildi.

Oliy ta’limda sifat va samaradorlikni oshirishda Buyuk Britaniya tajribasidan foydalaniladi
5 sentabr 2019, 18:42

Oliy ta’limda sifat va samaradorlikni oshirishda Buyuk Britaniya tajribasidan foydalaniladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori, Advance HE ijrochi direktori va tashkilot katta maslahatchisi bilan uchrashdi.

Harbiy xizmatga chaqiruv bo‘yicha yangi tartiblar joriy etildi
5 sentabr 2019, 18:33

Harbiy xizmatga chaqiruv bo‘yicha yangi tartiblar joriy etildi

Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida o‘n ikki oy qilib belgilandi.

Aqtauda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochildi
5 sentabr 2019, 18:29

Aqtauda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochildi

Qozog‘istonning Aqtau shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochildi. Uning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari kiradi.

Shavkat Mirziyoyev aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
5 sentabr 2019, 18:16

Shavkat Mirziyoyev aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Toshkent hokimiyati: Shoshtepani konservatsiya qilish bo‘yicha loyihalash ishlari boshlandi
5 sentabr 2019, 18:11

Toshkent hokimiyati: Shoshtepani konservatsiya qilish bo‘yicha loyihalash ishlari boshlandi

Toshkentdagi Shoshtepa arxeologik yodgorligi vayron bo‘lmoqda. Poytaxt hokimiyati tepalik ustini yopish va ob’ekt atrofida sayyohlik hududini tashkil etish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Maxsus bo‘linmalarga qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar bilan maxsus mashg‘ulotlar tashkil etildi (foto+video)
5 sentabr 2019, 18:01

Maxsus bo‘linmalarga qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar bilan maxsus mashg‘ulotlar tashkil etildi (foto+video)

Jizzax garnizonida joylashgan Maxsus operatsiyalari kuchlari bo‘linmalariga yaqinda qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar bilan maxsus mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Samarqanddagi qurilish kompaniyasi rahbariyati qamoq jazosiga hukm etildi
5 sentabr 2019, 16:07

Samarqanddagi qurilish kompaniyasi rahbariyati qamoq jazosiga hukm etildi

Samarqanddagi qurilish kompaniyasi rahbariyati qamoq jazosiga hukm etildi. Ularga firibgarlik, hujjatlarni qalbakilashtirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi ayblovlar qo‘yildi.

«O‘zbekiston» mehmonxonasining narxi 3 million dollarga arzonlashtirildi
5 sentabr 2019, 15:59

«O‘zbekiston» mehmonxonasining narxi 3 million dollarga arzonlashtirildi

«Otel Oʻzbekiston» MCHJ qo‘shma korxonasi aksiyalar paketining qiymati 80,12 foizi 29,7 mln. dollardan 26,4 mln. dollarga tushirildi.

Ichki ishlar bo‘limiga ishga kiritib qo‘yish evaziga pul so‘ragan shaxs qo‘lga olindi
5 sentabr 2019, 15:49

Ichki ishlar bo‘limiga ishga kiritib qo‘yish evaziga pul so‘ragan shaxs qo‘lga olindi

Muqaddam ikki bora sudlangan shaxs bir kishini ichki ishlar bo‘limiga ishga kiritib qo‘yish evaziga olti ming dollar talab qilib, pulni olayotgan vaqtida ushlandi.

Vitaliy Klichko Kiyev ma’muriyati rahbari lavozimidan bo‘shatildi
5 sentabr 2019, 13:00

Vitaliy Klichko Kiyev ma’muriyati rahbari lavozimidan bo‘shatildi

Vitaliy Klichko Kiyev shahar davlat ma’muriyati raisi lavozimidan ozod qilindi.

Poytaxt maktablaridan birining yonida haydovchilar uchun nostandart ogohlantirish belgisi o‘rnatildi
5 sentabr 2019, 12:49

Poytaxt maktablaridan birining yonida haydovchilar uchun nostandart ogohlantirish belgisi o‘rnatildi

Yashnobod tumanidagi maktabning yonida haydovchilarni e’tiborli, ehtiyot va ogoh bo‘lishga chaqiruvchi «Maktab!» deb nomlanuvchi nostandart yo‘lbelgisi o‘rnatildi.

«Nukus» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi
5 sentabr 2019, 12:05

«Nukus» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan «Nukus-farm» erkin iqtisodiy zonasi «Nukus» erkin iqtisodiy zonasiga aylantirildi.

Prezident Tokio olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonini tanqid qildi
5 sentabr 2019, 12:00

Prezident Tokio olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yakkabog‘ning sobiq hokim o‘rinbosari mulk huquqini buzishda ayblanmoqda
5 sentabr 2019, 11:51

Yakkabog‘ning sobiq hokim o‘rinbosari mulk huquqini buzishda ayblanmoqda

Bosh prokuratura do‘konni buzishga harakat qilgan Yakkabog‘ tumanining sobiq hokim o‘rinbosari xususiy mulk huquqini buzish va mansab vakolatidan chetga chiqishda ayblanmoqda.

Toshkentda elektrobusni sinovdan o‘tkazish boshlanadi
5 sentabr 2019, 11:14

Toshkentda elektrobusni sinovdan o‘tkazish boshlanadi

Toshkentga Belarusdan sinovdan o‘tkazish uchun elektrobus yetkazib berildi. Uni 41-avtobus yo‘nalishida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Mahkumlarga saylovlarda ishtirok etish huquqi beriladi
5 sentabr 2019, 10:55

Mahkumlarga saylovlarda ishtirok etish huquqi beriladi

Prezident mahkumlarga saylash huquqini beruvchi qonunni imzoladi.

Yil boshidan buyon yong‘inlarda 76 kishi halok bo‘ldi
4 sentabr 2019, 19:48

Yil boshidan buyon yong‘inlarda 76 kishi halok bo‘ldi

Yil boshidan buyon 7439 yong‘inda 76 kishi vafot etdi, 208 kishi jarohatlandi. Yong‘inlarga asosiy sabab — olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish va elektr uskunalarining nosozligi.

Bozordagi mojaro ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ldi
4 sentabr 2019, 19:04

Bozordagi mojaro ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ldi

Asaka tuman dehqon bozorida qulupnay va nisholda sotuvchilari o‘rtasidagi mojaro ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting