Arxiv

Olimjon Mirzayev madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi
24 mart 2022, 17:01

Olimjon Mirzayev madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi

Madaniyat vaziri o‘rinbosari Olimjon Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini bunga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul xodim sifatida ishlagan Murodjon Majidov egalladi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
24 mart 2022, 16:41

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollar so‘mga nisbatan 25,68 so‘mga arzonladi va 11 483,91 so‘m etib belgilandi. Yevro ham arzonladi, rubl esa so‘mga nisbatan qimmatlashdi.

O‘zbekiston qanday qilib eksportchilarni qo‘llab-quvvatlaydi va yuk tashish xarajatlarini kamaytiradi?
24 mart 2022, 16:22

O‘zbekiston qanday qilib eksportchilarni qo‘llab-quvvatlaydi va yuk tashish xarajatlarini kamaytiradi?

Jahonda sodir bo‘layotgan voqealar fonida ba’zi eksportchilar boshqa logistika koridorlaridan foydalanishga majbur bo‘lganligi sababli ularning transport-logistika xarajatlari oshdi, dedi ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov. Shundan kelib chiqib, Eksportni rag‘batlantirish agentligi transport xarajatlari uchun kompensatsiya miqdorini oshiradi, qolaversa, O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan ham yuk tashish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Qozog‘iston bilan shakar va bug‘doyni temir yo‘l orqali tashishni 30 foizgacha arzonlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shakarning birja narxlari tushdi. Narxlar oshishiga «vahimachi tadbirkorlar» sababchi qilib ko‘rsatildi
24 mart 2022, 15:34

Shakarning birja narxlari tushdi. Narxlar oshishiga «vahimachi tadbirkorlar» sababchi qilib ko‘rsatildi

Oxirgi ikki savdo kunida shakarning birja narxi qariyb 30 foizga — 8735 so‘mgacha arzonlashdi. Xorazm shakar zavodi vakili narxlarning oshishida «vahima ichida katta hajmdagi mahsulotlarni sotib olib, narxlarning sun’iy ravishda oshishiga sabab bo‘lgan» tadbirkorlarni aybladi.

To‘qqizta hududda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin
24 mart 2022, 15:15

To‘qqizta hududda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin

26−27 mart kunlari to‘qqizta viloyatning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin xavfi e’lon qilindi.

YPX xodimi suratini uning ruxsatisiz tarqatishni taqiqlash taklif etilmoqda
24 mart 2022, 15:07

YPX xodimi suratini uning ruxsatisiz tarqatishni taqiqlash taklif etilmoqda

IIV YPX xodimining foto va videosini uning ruxsatisiz tarqatishni taqiqlashga oid taklif nazarda tutilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini e’lon qildi. Jamoatchilik vakillari esa bunga qarshi munosabat bildirdi, jumladan, Davletovuz yozishicha, «bu yopiqlikka, orqaga tashlangan qadam». Nurbek Alimov esa bu bilan jamoatchilik nazorati yo‘qolishini ta’kidladi. Xushnudbek esa VMning bunday cheklov o‘rnatishga vakolati yo‘qligini eslatib o‘tdi.

Finalissima: 1-iyunda Italiya va Argentina terma jamoalari superkubok uchun o‘ynaydi
24 mart 2022, 15:00

Finalissima: 1-iyunda Italiya va Argentina terma jamoalari superkubok uchun o‘ynaydi

1 iyun kuni futbol bo‘yicha Yevropa va Janubiy Amerika qit’alari chempionlari o‘rtasida superkubok o‘yini o‘tkaziladi. Italiya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Londonning Uembli stadionida bo‘lib o‘tadi.

USAID SSVga tuberkulyozni bir kunda aniqlaydigan 16 ta ekspress-diagnostika tizimini sovg‘a qildi
24 mart 2022, 14:50

USAID SSVga tuberkulyozni bir kunda aniqlaydigan 16 ta ekspress-diagnostika tizimini sovg‘a qildi

24 mart — Butunjahon silga qarshi kurash kunida USAID Sog‘liqni saqlash vazirligiga 16 ta GeneXpert diagnostika uskunasini sovg‘a qildi. Ushbu tizimlar bir kun ichida sil kasalligini diagnostika qilish imkonini beradi, boshqa muqobillari esa natijalarni 80 kunda chiqarib beradi.

Karmana, Kitob va Shahrisabzda olti yil davomida kanalizatsiya quriladi
24 mart 2022, 14:02

Karmana, Kitob va Shahrisabzda olti yil davomida kanalizatsiya quriladi

Joriy yilda Navoiy viloyatining Karmana, Qashqadaryoning Shahrisabz shahri va Kitob tumanida markaziy oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha olti yillik loyihalar boshlanadi. Ularning umumiy qiymati 119 mln yevroni tashkil etadi, shundan 105 mln yevrosi Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan kredit shaklida taqdim etilgan.

Shavkat Mirziyoyev — investorlarga: «Prezident va hukumat muvaffaqiyatingizni kafolatlaydi»
24 mart 2022, 12:31

Shavkat Mirziyoyev — investorlarga: «Prezident va hukumat muvaffaqiyatingizni kafolatlaydi»

Prezident Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zlab, O‘zbekistondagi islohotlar ortga qaytmaydigan real haqiqat ekanligini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlarga yuzlanib, «2026 yilga qadar iqtisodiyotdagi eksklyuziv huquqlar va 25 dan ortiq faoliyat bo‘yicha monopoliyalar tugatilishini» ma’lum qildi. U shuningdek, kelgusida 7 ta yo‘nalish doirasida ishbilarmon uchun yaratiladigan imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Qaror talablarini buzish va narxlarni oshirish ayblovi: Autodriver Study atrofida nimalar bo‘lmoqda?
24 mart 2022, 11:52

Qaror talablarini buzish va narxlarni oshirish ayblovi: Autodriver Study atrofida nimalar bo‘lmoqda?

Deputat Rasul Kusherbayev Toshkentdagi haydovchilik guvohnomasini beruvchi Yagona imtihon markazi ochilishida prezident qarori talablari buzilganini ma’lum qildi. Kompaniya asoschisi Komil Allamjonov esa ayblovlarni rad etib, deputatga «eski korrupsiyalashgan tizim ko‘proq yoqishi mumkin"ligini taxmin qildi. Yaqinda markaz valyuta kursi va boshqa mamlakatlardagi vaziyat bilan izohlagan holda narxlarni oshirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda, muqobillar yo‘qligiga qaramay, markaz ustun mavqega ega bo‘lgan kompaniyalar reyestriga kiritilmaganiga e’tibor qaratildi.

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar xalqaro marofon o‘tkazilishi munosabati bilan vaqtincha yopiladi
24 mart 2022, 11:29

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar xalqaro marofon o‘tkazilishi munosabati bilan vaqtincha yopiladi

«Toshkent xalqaro marafoni» o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtning ayrim ko‘chalari 25 va 27 mart kunlari transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.

23 mart kuni faqat Toshkentda koronavirus bemorlari aniqlandi
24 mart 2022, 11:26

23 mart kuni faqat Toshkentda koronavirus bemorlari aniqlandi

O‘zbekistonda yangi koronavirus holatlari soni keskin kamayib bormoqda. Chorshanba kuni faqat poytaxtda 6 kishida koronavirus aniqlandi. Oxirgi bor bunday past ko‘rsatkich pandemiya boshida — 2020 yil martda qayd etilgan edi.

Yevropaning Rossiya neft va gaziga taqiq qo‘yishi Ukrainadagi urushni to‘xtatishi mumkin — iqtisodchilar
24 mart 2022, 11:17

Yevropaning Rossiya neft va gaziga taqiq qo‘yishi Ukrainadagi urushni to‘xtatishi mumkin — iqtisodchilar

Iqtisodchilar Sergey Guriyev va Oleg Isxoki Yevropa Rossiya neft va gazi importiga nisbatan ta’qiq kiritishi qanday qilib Ukrainadagi urushni to‘xtatishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Ularga ko‘ra, ushbu sanksiyalar Kremlni harbiy harakatlarni davom ettirishga ko‘maklashuvchi mablag‘lardan mahrum qilishi mumkin.

Ishtixon tuman DXM katta mutaxassisi pora olayotganda ushlandi
24 mart 2022, 10:45

Ishtixon tuman DXM katta mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Ishtixon tuman Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi tadbirkorga ajratilgan yer hujjatlarini qayta rasmiylashtirib berish uchun 12 ming dollar so‘ragani ma’lum qilindi. Gumonlanuvchi shundan 6 ming dollarini tanishi orqali olgan vaqtida ushlangan.

AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt vafot etdi
24 mart 2022, 10:15

AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt vafot etdi

AQSh Davlat departamentini boshqargan birinchi ayol Madlen Olbrayt 84 yoshida vafot etdi.

«Soliq ma’murchiligidagi barcha o‘zgarishlar keyingi yilga qoldirilishi mumkin» — Timur Ishmetov
24 mart 2022, 10:05

«Soliq ma’murchiligidagi barcha o‘zgarishlar keyingi yilga qoldirilishi mumkin» — Timur Ishmetov

O‘zbekistonda soliq ma’murchiligidagi barcha o‘zgarishlar bir necha oyga yoki keyingi yilga qoldirilishi mumkin, deb xabar berdi moliya vaziri Timur Ishmetov. Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident 2022 yilda avval tasdiqlangan budjet taqchilligini saqlab qolish va ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriq berdi.

Jamshid Qo‘chqorov — valyuta kreditlari va oziq-ovqat narxlari bo‘yicha choralar haqida
24 mart 2022, 09:57

Jamshid Qo‘chqorov — valyuta kreditlari va oziq-ovqat narxlari bo‘yicha choralar haqida

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov banklar va Markaziy bank O‘zbekiston aholisiga rublda pul o‘tkazmalarini uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rayotganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, davlat tadbirkorlarga valyuta kreditlarini so‘mlik qarzga aylantirish imkoniyatini beradi, shuningdek, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari importi uchun bojxona to‘lovlarini nolga tenglashtiradi.

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarmaydi
24 mart 2022, 09:02

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarmaydi

Markaziy bankning asosiy stavkasi 17 foizga oshirilganidan so‘ng, yangi kreditlar foizi va kredit resurslarining qiymati ham o‘sishi kerak edi. Biroq, prezident yil oxirigacha ipoteka va ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarini o‘zgartirmaslik to‘g‘risida topshiriq berdi, deb xabar qildi moliya vaziri Timur Ishmetov.

Prezident hukumatga ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi
23 mart 2022, 22:32

Prezident hukumatga ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash choralari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda prezident ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini import qiluvchi tadbirkorlarga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriq berdi. Markaziy bankka ichki valyuta bozori barqarorligi va almashuv kursi moslashuvchanligini ta’minlashda «ehtiyotkorona yondashuvni» qo‘llash vazifasi qo‘yildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting