Jinoyat kodeksiga dronlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemor bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lingani haqidagi xabar bo‘yicha xizmat tekshiruvini boshladi.
Qashqadaryo viloyatida «Sariosiyo-Toshkent» yo‘lovchi poyezdi vaqtida ko‘chki sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q.
Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Xadjizadayev lavozimidan ozod qilindi. Taxminiy sabab — yosh oilalarga kreditlar ajratish bo‘yicha vazifalarning bajarilmasligi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.
«Bunyodkor"ning sobiq murabbiyi Sergey Lushanga to‘lanishi kerak bo‘lgan 800 million so‘m ortidan klubi ofisi muhrlandi va avtobuslardan foydalanish taqiqlab qo‘yildi.
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va sanoat vaziri Suhayl bin Muhammad Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Mudofaa vazirligi Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Chirchiq” poligonida tank biatloni bo‘yicha musobaqa o‘tkazmoqda. Final 5-may kuni o‘tkazadi, kirish erkin.
Bolalar uyi tarbiyalanuvchisining do‘pposlanishi bo‘yicha Toshkent prokuraturasi qo‘zg‘agan jinoyat ishini Yunusobod tuman ichki ishlar organlari tergov qilmoqda.
Qozog‘istonning beshta shahrida bo‘lib o‘tgan ruxsatsiz namoyishlarda 80 kishi qo‘lga olindi.
Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, eksportbop mahsulotlarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin barqaror Runet to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat 1 noyabrdan kuchga kiradi.
«Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida Germaniyaning «Atlas International» kompaniyasi bilan 300 mln yevrolik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolangan.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abituriyentlardan hujjat qabul qilish boshlanganligi haqidagi xabarlarni rasman rad etdi.
Zafar Alimov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi O‘zbekistonga jalb etilayotgan jami investitsiyalar 29,9 foizga, qurilish ishlari hajmi 5,9 foizga o‘sganini ma’lum qildi.
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi va unga ko‘ra o‘zbekistonlik bokschilarning reytingdagi o‘rni o‘zgardi.
Farg‘onada o‘gay onasini pichoqlab o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qilib, 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Iste’mol qilingan tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar uchun mavjud qarzdorlik to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish uchun «Telegram-bot» ishga tushirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting