“Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumida so‘zga chiqqan Adliya vaziri Ruslanbek Davletov mehnat qonunchiligini legallashtirish zarurligini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Huawei» kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurdi.
Qashqadaryo viloyatida traktor ag‘darilishi natijasida jarohat olgan fuqaro qishloqdan shahar markaziga vertolyotda olib borildi.
«Qoraqalpog‘istonda GAI xodimi va haydovchi o‘rtasida janjal kelib chiqdi» deya tarqatilgan video Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.
Hokimiyat Toshkentning surunkali yog‘ingarchiliklarga nima uchun dosh bera olmayotganining besh sababini sanab o‘tdi. Ulardan biri — irrigatsiya-drenaj tarmoqlarining eskirgani. Ularni ta’mirlashga qariyb 60 mln dollar kerak.
Xotin-qizlar qo‘mitasi xorijga turmushga chiqqan yoki qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayollarga yordam ko‘rsatadi. Shaxsiy hayotga aralashish bo‘lmaydi, deya qayd etdi qo‘mita.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududida baliqchilik va turizm rivojlantiriladi. Suv havzalari kunu tun videokamerali o‘ziucharlar yordamida qo‘riqlanadi.
Birinchi chorakda ijtimoiy faol aholiga nisbatan ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi.
Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan o‘zbekistonlik faxriylar nomi ular tug‘ilib-o‘sgan ko‘chalarga qo‘yiladi. Poytaxt va hududlarda harbiy texnikalar namoyishlari o‘tkaziladi. 9 may kuni Toshkentda mushakbozlik uyushtiriladi.
Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan prezident farmoni asosida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 7 500 000 so‘m miqdorida pul mukofoti belgilandi.
Jizzax viloyat yer tuzish va davlat kadastir boshqarmasi tomonidan noqonuniy qurilgan turar joylar soni 24 026 tani tashkil etishi ma’lum qilindi.
Smitson instituti delegatsiyasi o‘zbek muzeylari kolleksiyasini o‘rganish va mahalliy mutaxassislar uchun seminar-treninglar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga keldi.
Romitan tumani hududida «Nexia"ning «KAMAZ» yuk avtomashinasining orqa tomoniga urilishi natijasida chaqaloq va onasi halok bo‘ldi.
Veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida Yanina Kuskova O‘zbekiston terma jamoasi jamg‘armasiga ilk medalni qo‘shib qo‘ydi.
Angren shahrida eronlik investorlar tomonidan kaolinni qayta ishlash va keramik plita ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
O‘g‘rilik jinoyatini qilgan buxorolik shaxs xavfli retsidivist deb topildi va tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.
23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan kuchli shamol va yomg‘ir natijasida Urgut tumanidagi qariyb yarim million aholi elektr energiyasiz qoldi.
2020 yildan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda qog‘oz shaklidagi ruxsat beruvchi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Bojxona nazoratida ma’muriy jarayonlar soddalashtiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting