Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yer maydoni va qo‘shimcha bino o‘quv muassasasiga qaytarildi.
QHTBT portalida joylashtirilgan loyihaga ko‘ra, alkogol litsenziyasining eng qimmati 606 million so‘m, eng arzoni 10 millon 100 ming so‘m bo‘ladi.
Iyul oyida Toshkentda Tokio Olimpiadasining litsenziyalari o‘ynaladigan karate WKF bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi.
Qozog‘iston parlamenti Ostona nomini referendumsiz Nursulton etib qayta nomlanishini tasdiqladi.
Darig‘a Nazarboyeva yopiq ovoz berish yo‘li bilan Qozog‘iston Senati raisligiga saylandi.
«Ochiq adliya» dasturi doirasida adliya organlarida ovoz yozish va tasvirga olishga ruxsat berildi, Adliya vazirligining moliyaviy hisobotlari rasmiy saytda e’lon qilinadi.
To‘qqizta tijorat bank «valyuta birjasi savdolarida yo‘l qo‘yilgan muntazam qoidabuzarliklar sababli» valyuta savdolarida vaqtincha qatnashmaydi.
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida Navro‘z bayrami arafasida Xalqaro ko‘pkari va milliy xalq o‘yinlari musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Katta Qorasuv mahallasida mahallasida yangi yopiq turdagi basseyn foydalanishga topshirildi.
Toshkentda 23 martdan isitish mavsumini yakuniga yetkazish bo‘yicha ishlar boshlanadi.
Toshkent ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar noyabrdan buyon qariyb o‘zgarmadi.
Italiyalik investorlar Gulistonda qiymati 2 million yevro bo‘lgan 40 ta ish o‘rinli tibbiyot markazi qurish uchun bino so‘radi.
Toshkent xalqaro aeroportida Buxoro viloyatida yashovchi 35 yoshli N.Sh. 21 yoshli N.J. ismli ayolni Dubay shahriga fohishalik qilishi uchun yuborayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Sud Toshkent viloyati hokimining «Yangiobod» turbazasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishni rad etdi.
Jizzax shahrida zamonaviy mehmonxona, konferens-xoll, ko‘rgazmalar saroyi, «Xavfsiz hudud» dasturi loyihasi amalga oshirish bo‘yicha Xitoy tomoni bilan muzokara o‘tkazildi.
Prezidentning tegishli farmoyishiga ko‘ra Dilshod Choriyev Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.
Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishgan Qosim-Jomart Toqayev qasamyod qildi. U poytaxt nomini birinchi prezident sharafiga Nursulton deb o‘zgartirishni taklif qildi.
Chirchiqda o‘tkaziladigan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida 284 nafar sportchi qatnashish istagini bildirgan.
Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qaroriga muvofiq 38 ming 49 gektar yer uchastkalari ajratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting