Arxiv

Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosari pora olayotganda ushlandi
18 iyul 2022, 18:18

Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosari pora olayotganda ushlandi

DXX Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosarlaridan birini o‘z xizmat xonasida MCHJ ish yurituvchisidan 400 dollar pora olayotganda ushladi. U MCHJni «qora ro‘yxat»ga kiritish bilan qo‘rqitib, 500 dollar talab qilgan.

Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 nafar 11-sinf o‘quvchisi kumush medalni qo‘lga kiritdi
18 iyul 2022, 17:33

Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 nafar 11-sinf o‘quvchisi kumush medalni qo‘lga kiritdi

Xitoyda o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 3 nafar hamda Navoiy shahridagi maktabning yana bir 11-sinf o‘quvchisi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Davaktiv agentligi “Lotte City Hotel Tashkent Palace”ning davlat ulushini sotilishini e’lon qildi
18 iyul 2022, 17:00

Davaktiv agentligi “Lotte City Hotel Tashkent Palace"ning davlat ulushini sotilishini e’lon qildi

“Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasidagi davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabul qilinishi to‘g‘risida e’lon qilindi.

Inkuzart Putin va Zelenskiy tasvirlangan graffitti chizdi
18 iyul 2022, 16:49

Inkuzart Putin va Zelenskiy tasvirlangan graffitti chizdi

Ko‘cha rassomi Inkuzart o‘zining yangi ishini taqdim etdi. U o‘zida har biri turli burchaklardan ko‘rinadigan ikki portret — Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy tasvirlarini mujassamlashtiradi. «Har kimning o‘z haqiqati borligini aytmoqchi bo‘ldim», — dedi ijodkor «Gazeta.uz»ga.

Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istondagi voqea ishtirokchilari g‘oyib bo‘lganini rad etdi
18 iyul 2022, 16:34

Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istondagi voqea ishtirokchilari g‘oyib bo‘lganini rad etdi

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda qatnashgan ayrim fuqarolarning bedarak yo‘qolgani haqidagi ma’lumotlar «mutlaqo asossiz», deya ma’lum qildi Bosh prokuratura. Avvalroq Open Dialogue Foundation bedarak yo‘qolgan fuqarolarning 58 nafar ismi-sharifi ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
18 iyul 2022, 16:16

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 20,27 so‘mga arzonlab, 10 949,91 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa yana ko‘tarildi.

Nukus voqealarida vafot etganlar soni 3 kishiga ortdi
18 iyul 2022, 15:20

Nukus voqealarida vafot etganlar soni 3 kishiga ortdi

Nukusdagi voqealar oqibatida halok bo‘lganlar soni yana 3 kishiga ko‘paydi, deya xabar berdi Bosh prokuratura. 16 kishi kasalxonada qolmoqda. Fuqarolar, tashkilotlar va infratuzilmaga yetkazilgan zarar 3,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Soxta 20 ming dollarni 8 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
18 iyul 2022, 13:30

Soxta 20 ming dollarni 8 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkentda qalbaki 20 ming dollarni 8 ming dollar evaziga sotmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi.

O‘zbekiston 2031 yilgacha uran qazib olish hajmini ikki baravar oshirmoqchi
18 iyul 2022, 13:06

O‘zbekiston 2031 yilgacha uran qazib olish hajmini ikki baravar oshirmoqchi

2031 yilgacha O‘zbekistonda uran qazib olish hajmini ikki baravar — 2021 yildagi 3526 tonnadan 7100 tonnagacha oshirish rejalashtirilmoqda.

YeXHT missiyasi O‘zbekiston referendumini kuzatishning maqsadga muvofiqligini baholaydi
18 iyul 2022, 12:46

YeXHT missiyasi O‘zbekiston referendumini kuzatishning maqsadga muvofiqligini baholaydi

YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi ekspertlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Ular Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik bilan tanishib, ovoz berish jarayonini kuzatishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Hafta juda issiq bo‘ladi
18 iyul 2022, 12:27

Hafta juda issiq bo‘ladi

Haftaning ikkinchi yarmida kunduzi havo +45 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida ba’zi joylarda +47 darajagacha isiydi. Haroratning pasayishi 23 iyul kuni mamlakatning shimoliy hududlaridan boshlanadi.

UzAuto Motors kompaniyasi Tracker avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi
18 iyul 2022, 11:53

UzAuto Motors kompaniyasi Tracker avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi

UzAuto Motors Chevrolet Tracker 2023 avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni boshladi. Mashina avgust oxirida sotuvga chiqariladi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 80 mingtani tashkil etadi. Shu yil oxirigacha esa 25 mingta krossoverni sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

90 ming dollarni Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol to‘xtatib qolindi
18 iyul 2022, 11:26

90 ming dollarni Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol to‘xtatib qolindi

DXX hamda bojxona qo‘mitasi xodimlari 90 ming dollarni Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayolni to‘xtatib qoldi. U chegaradan pulning bir qismini avval oyoq kiyimlari ichiga, keyingi safar egnidagi kiyimlari orasiga yashirgan holda o‘tmoqchi bo‘lgan.

Zelenskiy bosh prokuror va xavfsizlik xizmati boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi
18 iyul 2022, 11:18

Zelenskiy bosh prokuror va xavfsizlik xizmati boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi

Ukraina prezidenti bosh prokuror Irina Venediktova va xavfsizlik xizmati rahbari Ivan Bakanovni ishdan bo‘shatdi. U bu qarorni milliy xavfsizlik asoslariga qarshi ko‘plab jinoyatlar, shuningdek, Ukraina huquq-tartibot idoralari xodimlari va Rossiya maxsus xizmatlari o‘rtasidagi aloqalar bilan izohladi.

“Freedom Broker” va “UzAuto Motors” anderrayting bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi
18 iyul 2022, 11:00

“Freedom Broker” va “UzAuto Motors” anderrayting bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi

“UzAuto Motors va “Freedom Broker” kompaniyalari anderrayting bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi. “Freedom Broker” ijrochi direktori Yevgeniy Mojeyko aksiyalarni chiqarish bosqichlari va kelajakdagi rejalar haqida so‘zlab berdi.

Farg‘onaning tog‘li hududlarida muzli sel kelishi xavfi e’lon qilindi
18 iyul 2022, 10:32

Farg‘onaning tog‘li hududlarida muzli sel kelishi xavfi e’lon qilindi

18−24 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu tog‘larda bo‘lishi kutilayotgan yuqori issiq harorat foni hisobiga sodir bo‘ladi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet.

Elektromobil importi 4,5 barobarga oshdi
18 iyul 2022, 10:02

Elektromobil importi 4,5 barobarga oshdi

2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga umumiy qiymati 34,1 mln dollar bo‘lgan 1125 ta elektromobil olib kirildi. Import hajmi 4,5 barobarga o‘sgan.

O‘zbekistonlik o‘quvchi Xalqaro biologiya olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi
18 iyul 2022, 09:58

O‘zbekistonlik o‘quvchi Xalqaro biologiya olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Armanistonda o‘tgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida o‘zbekistonlik Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan raketa uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etadi
17 iyul 2022, 23:52

Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan raketa uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etadi

Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan O‘zbekiston bilan chegaradosh hududga uchinchi raketa hujumi uyushtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi
17 iyul 2022, 23:10

Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi

Qoraqalpog‘istondagi fojiali voqealarni tekshirish bo‘yicha parlament komissiyasi ishonch telefonini ishga tushirdi. Fuqarolar iyul oyining ilk kunlarida nimalar sodir bo‘lgani haqida 1374 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting