Toshkent viloyati Zangiota tumanida 2002 yildan buyon foydalanilmayotgan uzun va qisqa radioto‘lqinlarni qabul qilishga mo‘ljallangan ikkita 235 metrlik antenna demontaj qilindi.
«O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida tog‘ tayyorgarligi tizimini yanada takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Rossiya jismoniy tarbiya universitetining Samarqand filiali voleybol, basketbol, gandbol, futbol, yengil atletika, badiiy gimnastika, tennis, suzish, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘qishga qabul qiladi.
«Termiz-Vnukovo» yo‘nalishida Eron va Afg‘onistonda zarb qilingan tangalarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi.
Bank kassasiga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan naqd pul mablag‘larini bevosita qabul qilganlik uchun bankka jarimalar qo‘llanilishi bekor qilindi.
«Binokor» xokkey klubi menejeri Iskandar Shodiyev O‘zbekiston xokkey federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.
18 fevralidan 20 fevral sanasiga qadar ayrim hududlarda ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar va suv bosimining pasayishi kuzatilishini ma’lum qilindi.
Sog‘liqni saqlash tizimida fuqarolarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston hududiga mashina olib kirib, qayta olib chiqib ketish majburiyatidan qochmoqchi bo‘lgan shaxs 400 dollar pora taklif qilganida qo‘lga olindi.
Turkiyada o‘tkazilgan «President's Cup European region» turnirida Nikita Rafalovich kumush, Valentin Xegay bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Abdulaziz Kamilov Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida ishtirok etadi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri darajasida mazkur forumda ilk bor qatnashmoqda.
Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bilan yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanish mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni kamaytirish, takroriy qoidabuzarlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish taklifi ilgari surildi. Jarimalarni mamlakatdan chiqishda to‘lash mumkin bo‘ladi.
101,7 ming kilogramm texnik chigitni 11 ta yuk tashuvchi mashinalarga yuklagan holda, soxta hujjatlar asosida olib chiqib ketayotgan shaxslar qo‘lga olingan.
Prezident qarori bilan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar chuqurlashtiriladi.
Toshkent hokimiyati «Lolazor» («Polkushka») mahallasidagi uch qavatli uylarni buzish to‘g‘risida qaror qabul qilinmagani, investorlarga esa ikki qavatli uylarni buzish taklif etilganini ma’lum qildi.
Jizzax viloyatida «Ilg‘or hudud» loyihasi ishga tushirilishi munosabati bilan viloyat brendi konsepsiyasi ishlab chiqildi.
«O‘zatom» agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Toshkentning Olmazor tumanida uch yoshli bola derazadan tushib ketdi. Bola shifoxonaga yotqizildi.
Osiyo chempionlar ligasi saralashining uchinchi bosqichida Olmaliqning AGMK Tojikistonning «Istiqlol» klubini 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting