Prezident qarori bilan TDYuUning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan filiali ochildi.
Farg‘ona viloyatida Xalq banki tuman bo‘limida 100 ming dollar yo‘qolgani aniqlandi.
Alisher Sanetullayev Toshkentdagi «MIFI» Milliy yadro tadqiqotlari universiteti filiali rahbari etib tayinlandi.
TIV Qozog‘istonga safar qiluvchilarni qo‘shni mamlakat hududida havo harorati keskin sovib ketganidan ogohlantirdi.
Prezident Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Endilikda Toshkent davlat yuridik universitetida tarix fani o‘rniga ona tili va adabiyoti fanidan to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball berilishi belgilandi.
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Murtak qishlog‘ida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘iga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan ayol ushlandi.
FIFA tomonidan e’lon qilingan fevral oyi uchun milliy terma jamoalarning yangi reytingida O‘zbekiston 89-pog‘onadan joy oldi.
Hukumat qarori bilan Noyob ilmiy ob’ektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud muhokamalarida oshkoralikni ta’minlash bo‘yicha bir to‘xtamga kelindi.
10.000 AQSH dollarining har bir dollarini 8 500 so‘mdan hisoblab sotishga kelishib, evaziga plastik kartadan 100 mln mablag‘ni yechib olgan fuqaro qo‘lga olindi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun asosida O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari tuzilish tartibi belgilandi.
Toshkentda PPX xodimi avtobus bekatida parkovka qilgani uchun jarimaga tortildi.
Yanvar oyidan boshlab Samarqand viloyatida jamoat joylarida tamaki mahsuloti iste’mol qilgan 1875 kishiga jarima qo‘llanildi.
8 fevral kuni mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk marotaba xokkey bo‘yicha mamlakat chempionati boshlanadi.
Noqonuniy yo‘l bilan olib o‘tilayotgan 2 milliard 647 million so‘mlik tovar to‘xtatib qo‘yildi.
O‘zbekiston Freedom House jahon erkinlik reytingida 100 baldan 9 ball oldi.
BAAlik investorlar Mo‘ynoqda o‘yin zonasini tashkil etishni taklif qildi. Bosh prokuratura kazino tashkil etish imkoniyatlari o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
BMTning Taraqqiyot Dasturi hamda Adliya vazirligining hamkorlikdagi loyihasi asosida MIBga 1000 dona zamonaviy kompyuter va boshqa dasturiy vositalar taqdim etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting