«Firibgarlik» va «pora berish» aybi bilan ushlangan Namangan viloyat kengashining sobiq deputati Olimjon To‘xtanazarov hibsdan ozod etildi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov «Aziz Turg‘unboyev ishi» bo‘yicha jazo tortilgan shaxslar borasida fikr bildirdi.
Deputat Rasul Kusherbayev YPX inspektori faqat yo‘lovchi va yuk tashuvchi haydovchilardangina malaka oshirganligi haqida sertifikatni ko‘rsatishni talab qilishi mumkinligini bildirdi.
O‘zbekistonda yangi Cobalt avtomobilini ishlab chiqarish rejasi bekor qilindi. Captiva o‘rniga ikkita yangi model ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.
Hamkorlikda film ishlab chiqarishni davlat ijtimoiy granti asosida moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«Kitob haftaligi» tadbirlarini ona tili va adabiyot fani darslarida, tarbiyaviy soatlar jarayonida hamda o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtida yuqori saviyada tashkil etilishi belgilandi.
«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Odil Temirov «O‘zkimyosanoat» rahbari bo‘ldi.
Bir vaqtning o‘zida ikki klub bilan shartnoma imzolashda gumon Aziz Turg‘unboyevning mojaroli ishi o‘rganib chiqildi va bir qator mutasaddilarga chora ko‘rildi.
16 yil «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasini boshqargan Ochilboy Ramatov lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Xusnutdin Xasilov rahbar vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
DXX chegara qo‘shinlari tomonidan narkotik va tovar-moddiy boyliklarining yirik partiyasi to‘xtatib qolindi.
So‘z va axborot erkinligi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining asosiy vazifalaridan.
«E-IJRO AUKSION» onlayn-auksion savdolarida 2389 ta bo‘sh yer uchastkalari 90 milliard 264 million 500 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.
AES uchun Tuzkon ko‘li va To‘dako‘l suv ombori yaqinidagi yettita maydonchada muhandislik qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Bedarak yo‘qolgan 1 nafar shaxs topildi, ochilmay qolgan jinoyatlardan 19 tasi ochildi.
Hukumat qarori bilan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan tibbiyot buyumlarining noqonuniy olib kirishga bo‘lgan bir nechta urinishlar fosh etildi.
Prezident farmoni bilan Atom energetikasini rivojlantirish agentligi va yana ikki inspeksiya Energetika vazirligi tarkibiga o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani Qamchipurush MFYda yashovchi H.X.ning uyida joylashgan vagonchada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida bir kishi halok bo‘ldi.
Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Qo‘qondagi yopiq suv havzasini qurish uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 4,5 milliard so‘m ajratildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting