O‘zbekiston Amudaryo va Sirdaryo suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyani Markaziy Osiyoning barcha davlatlari manfaatlarini hisobga olib ishlab chiqishni jadallashtirishni taklif qilmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov.
Normat Tursunov Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan afg‘on xalqiga 3000 tonnadan ziyod bug‘doyni gumanitar yordam sifatida jo‘natdi.
Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi raisligiga saylandi.
Sharifjon Tursunov «O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Farg‘ona viloyatining Quvasoy tumanida qorabayir otlarini ko‘paytirish majmuasi ochildi.
Bakalavriat, magistratura va maxsus sirtqi bo‘limlarga talabalarni qabul qilish kvotasi qariyb 8500 nafarga oshirildi. Sirtqi va kechki bo‘limlarga qabul kvotalari keyinroq e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi «Bunyodkor» stadioni nomini Milliy qilib o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi test rejimida daraxtlarni kesishga xulosalarning onlayn-ro‘yxatini ishga tushirdi.
Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi doirasida ilk bor ekologik toza texnologiyalar ko‘rgazmasi va biznes-forum o‘tkaziladi.
O‘zbekiston va Xitoy ommaviy axborot vositalari sohasida besh yilga mo‘ljallangan anglashuv memorandumini imzoladi.
Xivadagi «Ichan qal’a» majmusida joylashgan «Amir to‘ra» madrasasi va «Hasan Murod Qushbegi» masjidi Xitoy hukumati granti hisobiga restavratsiya qilinmoqda.
Toshkentda mantiqsiz taqiqlardan yana biri bekor qilindi. Metropolitenda foto va videoga olishga rasman ruxsat berildi.
O‘zbekiston prezidenti baholash xizmatlari bozorini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
To‘raqo‘rg‘on tumanida kollej o‘quvchisi boshqa bir o‘quvchini kaltaklab, hayotiga zomin bo‘ldi.
3 iyun kuni Toshkentda birinchi marta nishonlangan Jahon velosiped kunida Turkmaniston tashabbusi bilan velotur o‘tkazildi.
«Iftixor» futbol klubi direktori va katta murabbiyi har qanday futbol faoliyatidan chetlatildi. Ular o‘yinchilarni kaltaklaganlikda gumon qilinmoqda.
Daraxtlarni himoya qilish tizimi islohotiga bag‘ishlangan petitsiya kerakli 10 ming ovozni to‘pladi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Basketbol federatsiyasi prezidentligiga saylandi.
Kosonsoylik 16 yoshli haydovchi avtomobil boshqaruvini yo‘qotishi natijasida sodir bo‘lgan YTHda 4 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting