Xalqaro migratsiya tashkiloti konstitutsiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi.
16 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi norvegiyalik grossmeyter, amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi.
Qarshidagi 1-sonli ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bir bemor kuyish jarohatini olgan.
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov qonidan taqiqlangan modda aniqlanganiga izoh berdi.
Qurolli Kuchlarda tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi konferensiyasida kelinlarning propiskaga qo‘yilishi, yosh oilalar hayotiga aralashuvlar va ajrashuvdan keyingi mulk huquqi muammolari muhokama qilindi.
Brent markali neft narxi 2017 yildan buyon ilk bor 50 dollardan pastroqqa arzonlashdi.
Eksportni oshirish, sayyohlar va investitsiyalarni jalb qilish — TIVning kelgusi yildagi eng asosiy vazifalaridan.
Prezident qarori bilan 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi organlari tashabbusi bilan farzandlari uchun 56 362 026 so‘m aliment pulni o‘z vaqtida to‘lamay kelayotgan otaga nisbatan 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Toshkentda qurilayotgan «Humo arena» muz saroyi yaqinidagi omborda payvandlash ishlari vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi yong‘inga sabab bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q.
«Toshkent-Urganch» tezyurar yo‘lovchi poyezdi yo‘nalishi Xivaga qadar uzaytirildi.
Prezident qaroriga ko‘ra hududiy ichki ishlar organlarida Jamoat xavfsizligini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etildi.
Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanida hokim vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgan rahbarlar to‘laqonli hokimga aylandi.
Namangan qurilish instituti talabasi Sh. T. uyi oshxonasida gaz plitasidan sizib chiqqan tabiy gazdan zaharlanib vafot etdi.
Prezident qarori bilan har bir mahallada «Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhlari shakllantiriladi va jamoat xavfsizligini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi.
Andijon tibbiyot instituti rektorining Germaniyaga qilgan safari chog‘ida ikki oliygoh bilan hamkorlik kelishuviga erishildi.
Prezident qaroriga binoan profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari lavozimi joriy etildi.
«Sirg‘ali» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha 167,3 million so‘mlik kir yuvish mashinasi, changyutgichlar ortilganligi aniqlandi.
Hukumat qarori bilan Akmal Arslonovich Xolmurodov «O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting