31 dekabr kuni quruq, iliq havo bo‘lishi, Yangi yilning birinchi kuni esa ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sinoptiklar so‘nggi 50 yildagi eng sovuq va eng iliq bayram kunlarini yodga oldi.
UMS mobil operatori rebrending o‘tkazadi. 2019 yilda kompaniya Mobiuz savdo belgisi nomi ostida faoliyat ko‘rsatadi.
9 oy davomida O‘zbekistonga 3,8 mlrd dollar pul o‘tkazmalari yuborildi, ularning 77 foizdan ortig‘i Rossiyadan.
Tashqi ishlar vazirligi fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun call-markazini ishga tushirdi.
2018 yilda chegara o‘tkazish punktlari orqali 40 milliondan ortiq kishi va 1,7 million transport vositalari o‘tdi.
Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida qurib bitkazilgan «Yoshlar istirohat bog‘i» foydalanishga topshirildi.
Hukumat qaroriga ko‘ra umra safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan ilk marotaba katta masshtabdagi «Milliy sport mukofoti-2018» taqdirlash kechasi tashkil etildi.
Toshkentda Sergeli tumanida sakkizta avtomobil oynasini sindirgan ikki o‘smirga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
1-yanvardan yillik tushumi 100 mln so‘mdan oshgan YATTlar 4 foizlik yagona soliq to‘lovi, 1 mlrd so‘mdan oshsa — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydi.
GM Uzbekistan, SamAuto va JV MAN Auto-Uzbekistan soliq imtiyozlaridan mahrum etildi. Endilikda ular faqat QQS to‘lovidan ozod qilinadi.
Sergeli tumanida yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan 430 tadbirkorlik sub’yekti umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tadi.
Prezident qarori bilan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va xom ashyo 2021 yil 1 yanvargacha bojxona bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Surxondaryodagi «Gulbahor» chegara bojxona posti xodimlari fuqaro B.D. hamda uning boshqaruvidagi «Nexia» avtomobili tekshirilganda 10500 AQSH dollari berkitilgani aniqlandi.
Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Toshkentning Mirobod tumanida yashagan T.G‘.ning uyida yong‘in sodir bo‘lishi natijasida u yerdan uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan.
Farg‘onada chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov XFN Fight nights doirasida polshalik Grzegorz Sivini 3-raundda mag‘lubiyatga uchratdi.
Qoraqalpog‘iston go‘sht yetkazib berishga ixtisoslashgan 15 mlrd. 400 mln. so‘mlik, tuxum yetkazib berish bo‘yicha esa 20 mlrd. so‘mlik parrandachilik klasterlari tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting