Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametovning uyida yirik o‘g‘rilik sodir etildi. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Qurg‘oqchilik va zararkunandalar sababli paxta, bug‘doy, sabzavot, meva va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosili o‘tgan yilga nisbatan kamaydi.
O‘zbekiston ukrain shakarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni qayta yo‘lga qo‘ydi.
Qonunchilik palatasi soliq va byudjet siyosatining 2019-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilingani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
Davlat raqobat qo‘mitasi nima uchun aynan u Ucell mobil operatorini sotib olganiga izoh berib, Telia Company bilan shartnoma bo‘yicha boshqa savollarga javob qaytardi.
Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom uning onasi moliyaviy va jismoniy tomondan qo‘lidan kelganicha O‘zbekistondagi yangi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi.
Asosiy Yangi yil archasi Istiqlol ko‘chasidagi Navoiy nomidagi kutubxona qarshisiga o‘rnatildi. Toshkentning har bir tumanida Yangi archasi o‘rnatilib, bayram tadbirlari o‘tkaziladi.
Toshkentning Yunusobod tumani Navoiy ko‘chasida 57-avtobusda yonilg‘i tizimidagi nosozlik tufayli yong‘in chiqdi.
O‘zbekistonda bog‘chaga bormaydigan bolalarga bir yillik majburiy boshlang‘ich ta’lim berish bo‘yicha loyiha ishga tushirilmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan Toshkentdan Qozog‘istonning Turkiston shahriga qatnovchi avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi.
Namangan viloyati Mamay qishlog‘ida mashina tekshirilganida davlat raqami almashtirilgani va aylanma yo‘llar bilan olib kirilgan oziq-ovqat mahsulotlari borligi aniqlandi.
MOQ prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA sammitida qatnashish uchun Qatarga jo‘nab ketdi.
Ekoturizm uchun yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslar «E-IJRO AUKSION» elektron savdolar orqali 50 yil muddatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga ijaraga olishlari mumkin.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bazasida Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda fakultet ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
«Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori imzolandi.
Hafta davomida quruq va iliq havo hukmron bo‘lishi, ayrim joylarga tuman tushishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +15 darajaga qadar ko‘tariladi.
Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Pokiston «Mozori Sharif — Kobul — Peshavor» temir yo‘li qurilishi uchun moliyaviy konsorsium tashkil etadi.
Xitoy TIV AQSHni Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjouni hibsga olish uchun orderni bekor qilishga chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting