Arxiv

Ukrainadagi urush fonida O‘zbekiston tashqi savdosi qanday o‘zgardi?
8 iyun 2022, 09:00

Ukrainadagi urush fonida O‘zbekiston tashqi savdosi qanday o‘zgardi?

Ukrainadagi urush Rossiyaga kuchli bog‘langan iqtisodiyotlar uchun tashqi savdo xatarlarini keltirib chiqardi. Shunga qaramay, mart-aprel holatiga O‘zbekiston tashqi savdosi sog‘lom ko‘rsatkichlarda o‘sdi. «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyevning ta’kidlashicha, bu tendensiya kelgusi oylarda o‘zgarishi mumkin.

Turkish Airlines Istanbuldan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi
7 iyun 2022, 22:39

Turkish Airlines Istanbuldan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Turkish Airlines aviakompaniyasi Istanbuldan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Shunday qilib, O‘zbekiston va Turkiya shaharlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan muntazam aviaqatnovlar soni 56 taga yetdi.

7 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 iyun 2022, 22:00

7 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonga kelayotganlar uchun bekor qilingan koronacheklovlar, Qatar bilan yo‘lga qo‘yilgan aviaqatnov, hibsga olingan Andijon shahar hokimi, o‘qishni ko‘chirish talablarini aytgan Abduqodir Toshqulov, 3 yilga qamalgan Ped. universitet «zamdekani» va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 7 iyundagi xabarlar dayjestida.

Toshkentda mehmonxona va do‘konlar tomida oshxonalar ochish bo‘yicha «Buxoro tajribasi» joriy etiladi
7 iyun 2022, 20:59

Toshkentda mehmonxona va do‘konlar tomida oshxonalar ochish bo‘yicha «Buxoro tajribasi» joriy etiladi

Buxoroda mehmonxona, oshxona, savdo do‘konlarining tom qismida, shuningdek, markaziy ko‘chalardagi davlat organlari binolarining birinchi qavatlarida restoran va kafeteriylar tashkil etilmoqda. Prezident mazkur tajribani butun respublika, jumladan, Toshkentda ham tatbiq etishni topshirdi.

O‘zbekiston Ukrainaga dori-darmonlardan iborat insonparvarlik yukini jo‘natdi
7 iyun 2022, 19:53

O‘zbekiston Ukrainaga dori-darmonlardan iborat insonparvarlik yukini jo‘natdi

Zakarpatyaga O‘zbekiston tomonidan yuborilgan yana bir insonparvarlik yuki — qiymati 1 mln dollardan ziyod 19 tonnadan ortiq dori-darmon yetib bordi.

M2 protsessori, yangi MacBook va soatlar — Apple onlayn anjumanida nimalarni taqdim etdi?
7 iyun 2022, 19:00

M2 protsessori, yangi MacBook va soatlar — Apple onlayn anjumanida nimalarni taqdim etdi?

Apple yangi dizayndagi MacBook Air va MacBook Pro noutbuklari, yangi operatsion tizimlar, Watch OS 9 soatlari hamda uzoq kutilgan M2 protsessorini taqdim etdi.

Prezident transport vazirini «oxirgi marta ogohlantirdi»
7 iyun 2022, 18:04

Prezident transport vazirini «oxirgi marta ogohlantirdi»

Prezident O‘zbekiston aeroportlariga investorlarni jalb etish, respublika hududlari o‘rtasida havo, temir yo‘l va avtomobil qatnovlarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni qoniqarsiz deb baholadi. Transport vaziri «oxirgi marta ogohlantirish» oldi.

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi yana bir yerosti tunneli topildi
7 iyun 2022, 17:55

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi yana bir yerosti tunneli topildi

Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari tomonidan Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi 155 metrlik maxfiy tunnel topildi. Bundan oldin ham O‘sh viloyatidan Andijonga o‘tish mumkin bo‘lgan 270 metrlik tunnel aniqlangandi.

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida o‘zaro aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
7 iyun 2022, 16:52

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida o‘zaro aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Prezident O‘zbekiston hamda Qatar davlati hukumatlari o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Hujjat aviaqatnovni tashkil etishdan tashqari, aviakompaniyalarga bojxona yig‘imlari va soliq to‘lovlaridan ozod etuvchi imtiyozlarni nazarda tutadi.

Yangiobod bozoridan $10 ming evaziga savdo do‘koni olib berishga uringan shaxs ushlandi
7 iyun 2022, 16:43

Yangiobod bozoridan $10 ming evaziga savdo do‘koni olib berishga uringan shaxs ushlandi

Toshkent shahridagi Yangiobod bozorining mas’ul xodimlaridan biri tadbirkorga xaridorlar gavjum joydan noqonuniy tarzda savdo do‘koni olib berishga uringani aytilmoqda. U buning evaziga 10 ming dollar talab qilib, shundan 8,5 ming dollarini olganida ushlangan.

O‘zbekistonlik dzyudochilar Yevropa ochiq chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritdi
7 iyun 2022, 16:29

O‘zbekistonlik dzyudochilar Yevropa ochiq chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Avstriyada bo‘lib o‘tgan Yevropa ochiq chempionatida uch nafar o‘zbekistonlik yosh dzyudochilar 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Pedagogika universiteti sobiq dekan o‘rinbosari 3 yilga qamaldi
7 iyun 2022, 16:06

Pedagogika universiteti sobiq dekan o‘rinbosari 3 yilga qamaldi

Talabani zo‘rlashga uringanlikda gumonlangan TDPU sobiq dekan o‘rinbosari ishi bo‘yicha sud yakuniga yetdi. Sud ayblanuvchi B.Yu.ni qizning nomusiga tekkanlik fakti bo‘yicha oqladi. Biroq, u talabani derazadan itarib yuborganlikda aybli deb topildi va 3 yilga qamaldi.

Shavkat Mirziyoyev 7 nafar hokimga oxirgi marta “hayfsan” berdi
7 iyun 2022, 15:45

Shavkat Mirziyoyev 7 nafar hokimga oxirgi marta “hayfsan” berdi

Prezident yer maydonlarini auksionga qo‘yishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Navoiy, Shahrisabz, Qo‘qon shaharlari, Bo‘stonliq, Bekobod, Kitob, Uzun tumanlari hokimlariga oxirgi marta “hayfsan” berdi. Ularning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berildi.

Endi faqat 2 toifadagi talabalarga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi — Abduqodir Toshqulov
7 iyun 2022, 15:08

Endi faqat 2 toifadagi talabalarga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi — Abduqodir Toshqulov

Oliy ta’lim vaziri endi faqat ikki toifadagi talabalarga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilishi, qolgan hollarda esa akademik mobillik qo‘llanilishini ta’kidladi. «Talaba turmush qursa va davlat xizmatchisi boshqa ish joyiga o‘tsa, vazirning xati bilan ko‘chirishga ruxsat beriladi», — dedi Abduqodir Toshqulov.

«Agrobank» ekotizim doirasida ikkita — Agromarkaz va Agrozamin-O‘zimizniki loyihalarini taqdim etdi
7 iyun 2022, 15:00

«Agrobank» ekotizim doirasida ikkita — Agromarkaz va Agrozamin-O‘zimizniki loyihalarini taqdim etdi

«Agrobank» ning yangi — Agromarkaz va Agrozamin-O‘zimizniki loyihalari — fermerlar va tomorqa yer egalariga mo‘ljallangan.

O‘zbekistonga kelayotganlar uchun koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar bekor qilindi
7 iyun 2022, 14:48

O‘zbekistonga kelayotganlar uchun koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar bekor qilindi

10 iyundan boshlab O‘zbekistonga kirib keluvchi ham xorijlik, ham mahalliy fuqarolar uchun koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar, jumladan, manfiy natijali PZR-test hamda kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat talabi bekor qilindi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi laboratoriyasida rangli paxta bo‘yicha tajriba o‘tkazilmoqda
7 iyun 2022, 14:25

Qishloq xo‘jaligi vazirligi laboratoriyasida rangli paxta bo‘yicha tajriba o‘tkazilmoqda

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining «G‘o‘za biotexnologiyasi» laboratoriyasi noodatiy rangda paxta yetishtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazmoqda. Tabiiy rangli tola ishlab chiqarish paxtaning eksport salohiyatini oshiradi, deb hisoblaydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov hibsga olindi
7 iyun 2022, 13:07

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov hibsga olindi

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida hibsga olindi. U 2017−2019 yillarda Andijon viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan davrida katta miqdordagi budjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda.

O‘zbekistonlik taekvondochi Rimdagi Gran-prida sovrindor bo‘ldi
7 iyun 2022, 13:02

O‘zbekistonlik taekvondochi Rimdagi Gran-prida sovrindor bo‘ldi

Rim shahrida Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirda taekvondochi Shuhrat Salayev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
7 iyun 2022, 12:54

BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Markaziy Osiyoga tashrifi doirasida BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad O‘zbekistonga ham keladi. Senat va Yoshlar ishlari agentligida muzokaralar, shuningdek, O‘zbekistonning lider ayollari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting