Hojatxona o‘rasiga tushib ketgan telefonni chiqarib olishga uringan ikki kishi halok bo‘ldi, bir kishi zaharlandi.
Jurnalist Karimberdi To‘ramurod kattaqo‘rg‘onlik o‘qituvchi o‘limi tafsilotlarini yoritganidan so‘ng unga nisbatan bosim va tahdidlar bo‘layotganini ma’lum qildi.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o‘tkazish tartiboti bekor qilindi.
Fransiyaning Veolia kompaniyasi Namanganda issiqlik ta’minoti, Toshkentda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi.
Fevralda jigar transplantatsiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan Ubaydulla Dadaxo‘jayev shifoxonadan chiqdi. Bunday operatsiya O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev Kemerovodagi yong‘in natijasida ko‘plab insonlarning vafot etgani munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi.
Kechqurun Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Chopar pitssaxonasi va Les Ailes kafesi filiallarida yong‘in sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q.
Kemerovodagi savdo markazida ro‘y bergan yong‘inda 50 nafarga yaqin inson, jumladan 9 bola halok bo‘ldi, 16 kishi bedarak yo‘qolgan.
Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘ylaridan nam va sovuq havo oqimi kirib keladi.
2010 yilda sudlangan Zulxumor va Mehriniso Hamdamova oradan sakkiz yil o‘tib ozodlikka chiqarildi.
«Navoiy-Nurota» avtoyo‘lida Captiva va Matiz to‘qnashuvi natijasida Matiz haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
Sobiq «Toshturma» binosi buzib tashlanib, uning o‘rnida zamonaviy xiyobon barpo etiladi.
Jinoiy guruh Farg‘ona viloyatida eshak go‘shtini umumiy ovqatlanish shoxobchalariga yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Shavkat Mirziyoyev unumdor tomorqa yerlaridan foydalanish qoniqarsiz ahvolda ekanini tanqid ostiga olib, «Tomorqaga ekin ekish» oyligini e’lon qildi.
Namangan viloyatida to‘rtinchi marta qonunbuzarlik sodir etgan avtomobil o‘g‘risi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi barpo etiladigan qadimiy «O‘qchi» mahallasi so‘nggi bahorni qarshi oldi.
«Sergeli» avtomobil bozori va «Yangiobod» bozorini Toshkentdan poytaxt viloyatiga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.
Bolalar bog‘chalarida jismoniy va intellektual rivojlantirish uchun inventarlar yangilanib, videkuzatuv tizimi bilan ta’minlanadi.
Fohishaxonaga borganlarni jarimaga tortish, shuningdek ularni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolanishini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting