Arxiv

Tibbiyot xodimlari ishiga aralashgan shaxslarni 10 sutkaga qamoqqa olish taklif etildi
6 iyun 2022, 16:53

Tibbiyot xodimlari ishiga aralashgan shaxslarni 10 sutkaga qamoqqa olish taklif etildi

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari ishiga to‘sqinlik qilish, ularga noqonuniy topshiriqlar berish uchun javobgarlik belgilash taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan jismoniy shaxs BHMning 5 baravari, mansabdor esa 7 baravari miqdorida jarimaga tortiladi yoki 10 sutkaga qamoqqa olinadi.

O‘zbekistonlik dzyudochilar «Katta dubulg‘a» turnirida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi
6 iyun 2022, 16:46

O‘zbekistonlik dzyudochilar «Katta dubulg‘a» turnirida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

Tbilisidagi «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirda o‘zbekistonlik dzyudochilar bitta kumush va to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mo‘g‘uliston charter reyslar orqali O‘zbekistonga go‘sht yetkazib berishni taklif qildi
6 iyun 2022, 16:30

Mo‘g‘uliston charter reyslar orqali O‘zbekistonga go‘sht yetkazib berishni taklif qildi

Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga go‘sht mahsulotlari eksportini oshirishni taklif qildi. O‘zbekistondan Mo‘g‘ulistonga esa oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish hajmi oshiriladi. Mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni rivojlantirish uchun charter reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Farg‘onada ota o‘z qizini kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda
6 iyun 2022, 16:24

Farg‘onada ota o‘z qizini kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda

Shanba kuni Uchko‘prik tumanida 16 yoshli qizini bir yigit bilan uchrashib yurganini ko‘rib qolgan ota uni urib, tan jarohatlari yetkazgani aytilmoqda. Buning oqibatida qiz vafot etgan. Gumondor hibsga olindi, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda rossiyalik turistdan dron olib qo‘yildi
6 iyun 2022, 15:11

O‘zbekistonda rossiyalik turistdan dron olib qo‘yildi

Rossiyalik turist Polina Yermakova O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tganidan bir necha kun o‘tib Toshkentda dron olib kirgani uchun hisbga olingandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bojxona xodimi kvadrokopterni olib kirishga e’tiroz bildirmagan. Sud uni oqladi, biroq dron undan tortib olindi.

O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 30 millionga yaqinlashdi — Statistika qo‘mitasi
6 iyun 2022, 14:56

O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 30 millionga yaqinlashdi — Statistika qo‘mitasi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 29,91 millionni tashkil etmoqda. 100 kishiga 84 ta abonent to‘g‘ri kelmoqda. Har beshinchi foydalanuvchi Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan.

Ikkita hududda valyutani noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi
6 iyun 2022, 14:39

Ikkita hududda valyutani noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Ulardan biri 5000, boshqasi 2800 dollarni sotishga uringani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Odamlarga bolaligini hadya qilamiz». Xo‘rozqandlarni kim tayyorlaydi?
6 iyun 2022, 13:00 1

«Odamlarga bolaligini hadya qilamiz». Xo‘rozqandlarni kim tayyorlaydi?

Toshkentning yirik bozorlarida olomon shovqini orasida ayol kishining baland ovozi eshitiladi: «Qadimiy xo‘rozqandlar! Bolalaringizni xursand qiladigan shirinliklar hali ham bor». «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam «kinder» davrida kim va nima uchun xo‘rozqandlarni tayyorlashda davom etayotganini o‘rgandi.

Piyodalar o‘tish joylarida odamlarni bosib ketish davom etmoqda. YHXX bukletlar tarqatmoqda
6 iyun 2022, 12:42

Piyodalar o‘tish joylarida odamlarni bosib ketish davom etmoqda. YHXX bukletlar tarqatmoqda

Samarqand viloyatida mashina 4 yoshli qizchani piyodalar o‘tish joyida urib yubordi, u vafot etdi. YHXX mahallada suhbat uyushtirib, aholiga «ogohlikka chorlovchi» bukletlar tarqatdi.

Hafta davomida havo issiq bo‘lishi kutilmoqda
6 iyun 2022, 12:17

Hafta davomida havo issiq bo‘lishi kutilmoqda

Hafta mobaynida O‘zbekiston bo‘ylab havo ochiq va issiq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati hududlarga qarab, +35…+42 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi, juma kuni esa ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Birinchi prezidentning yordamchisi Georgiy Kraynov vafot etdi
6 iyun 2022, 12:00

Birinchi prezidentning yordamchisi Georgiy Kraynov vafot etdi

O‘zbekiston birinchi prezidentining yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan Georgiy Kraynov 88 yoshida vafot etdi. U so‘nggi yillarda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlab kelayotgandi.

Narpay tumanidagi uchta do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
6 iyun 2022, 11:27

Narpay tumanidagi uchta do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

Yakshanba kuni kechasi Samarqand viloyati Narpay tumanidagi oziq-ovqat do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. FVV yong‘in oqibatida uchta do‘konning taxminan 70 kv.m. maydonda shift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari zararlanganini ma’lum qildi.

Toshkentda mushukka pnevmatik quroldan o‘q otishdi
6 iyun 2022, 11:22

Toshkentda mushukka pnevmatik quroldan o‘q otishdi

Poytaxtning Yunusobod tumanida noma’lum shaxs mushukka qarata taxminan pnevmatik quroldan o‘q otgani aytilmoqda. IIBB aholidan uy yoki ko‘cha hayvonlariga nisbatan har qanday zo‘ravonlik holatlari haqida xabar berishni so‘ramoqda.

Buxoro shahri — «Turkiy dunyoning yoshlar poytaxti» deb e’lon qilindi
6 iyun 2022, 10:57

Buxoro shahri — «Turkiy dunyoning yoshlar poytaxti» deb e’lon qilindi

Buxoroda o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi doirasida Buxoro shahri 2022 yilda — «Turkiy dunyoning yoshlar poytaxti» deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston Turkmaniston orqali yuklarni tranzit yuborishga ruxsat oldi
6 iyun 2022, 10:09

O‘zbekiston Turkmaniston orqali yuklarni tranzit yuborishga ruxsat oldi

Turkmaniston 1 iyundan boshlab O‘zbekistonga tranzit yuk tashishga ruxsat berdi. Bir qator talablar ham o‘rnatildi: avtomobillar avtokolonnada harakatlanishi kerak, haydovchilarga to‘xtash va kabinadan chiqish taqiqlanadi va boshqalar.

Qozog‘istonda Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum yakunlandi
6 iyun 2022, 10:04

Qozog‘istonda Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum yakunlandi

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum yakunlangani va unda 7,9 mln fuqaro (saylovchilarning 86,06%) qatnashganini ma’lum qildi. Referendumning dastlabki natijalariga ko‘ra, 77,18 foiz saylovchi islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan, 18,66 foizi esa qarshi ovoz bergan.

O‘zbekiston U23 Osiyo kubogida Qatarni mag‘lub etdi
5 iyun 2022, 09:25

O‘zbekiston U23 Osiyo kubogida Qatarni mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya jamoasi Qatar U23 jamoasi darvozasiga oltita gol urib, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogining chorak finaliga yo‘l oldi.

O‘zbekistondan Rossiyaga poyezd qatnovi qayta tiklanmoqda
4 iyun 2022, 15:41

O‘zbekistondan Rossiyaga poyezd qatnovi qayta tiklanmoqda

Rossiya 14 iyundan boshlab O‘zbekiston fuqarolarining temir yo‘l orqali kirishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda. Birinchi bo‘lib «Toshkent-Samara» va «Toshkent-Volgograd» yo‘nalishlarida qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

So‘m ramziga o‘xshash «In-Core systyemes» belgisi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan — Adliya vazirligi
4 iyun 2022, 15:02

So‘m ramziga o‘xshash «In-Core systyemes» belgisi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan — Adliya vazirligi

Adliya vazirligi «so‘m» ramzi bo‘yicha tanlov g‘olibi bo‘lgan belgi va «In-Core systems» kompaniyasi logosidagi o‘xshashliklarga munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, «Fransiya kompaniyasining logosi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan va himoyalanmagan», pul belgilari esa «mualliflik huquqi obyekti hisoblanmaydi».

Ombudsman onaning o‘g‘li hibsxonada kaltaklangani haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi
4 iyun 2022, 13:22

Ombudsman onaning o‘g‘li hibsxonada kaltaklangani haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi

Ombudsman Farg‘onaning 10-son tergov hibsxonasida o‘g‘lini kaltaklashgani haqida arz qilgan onaning murojaatini o‘z nazoratiga oldi. Hibsxona xodimlari gumonlanuvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishni so‘raganda mahbusni «terpila» deb, kaltaklagan va «bu yerdan o‘liging chiqadi» deb javob bergan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting