Savdo-sanoat palatasi huzurida Toshkent xalqaro arbitraj markazi tashkil etildi.
Toshkent IIBB Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi uy va hujjatlari bo‘lmagan shaxslarga yordam ko‘rsatilishi uchun ular haqda ma’lum qilishni so‘ramoqda.
Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasida sinov tariqasida veloyo‘lak tashkil etilmoqda.
Hukumat 2019 yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi, soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi, Davlat byudjeti loyihasini tasdiqladi.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Toshkentda qurilayotgan inshootlar uchun mas’ul shaxslarga qat’iy ogohlantirish berdi hamda 2018 yil oxiriga qadar ob’ektlarni topshirish vazifasini yukladi.
Adliya vazirligi tomonidan ayollar huquqlarini cheklanishini oldini olish maqsadida mavjud qonunchilik manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilmoqda.
IIV axborot markazi tugatildi. Qisqartirilayotgan 258 ta shtat birligi Jinoiy-huquqiy statistika boshqarmasini hamda prokuraturaga beriladi.
Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida Doston Yoqubov kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Polkovnik Shuxrat Xalmuxamedov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Hasan Soibnazarov davriy nashrlarga majburiy obuna to‘g‘risida bergan ko‘rsatmasi uchun o‘z lavozimidan ozod etildi.
Otasining avtomobilini hujjatlarsiz boshqargan yuqori sinf o‘quvchisi mashinani daraxtga bori urdi, yo‘lovchi — uning sinfdoshi halok bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasining «O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari"ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Namangan viloyatida 4 ta — Namangan «IT» texnoparki, Namangan tekstiltexnoparki, Chortoq agro va kosmetika texnoparki, Kosonsoy tibbiyot texnoparki tashkil etiladigan bo‘ldi.
Jizzax viloyatida joriy yil to‘qqiz oyda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2 trillion 272 million so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,4 foizga ortgan.
Kosonda yashovchi fuqaro qo‘liga pichoq olib Koson tumani IIBga tegishli «Damas» avtomashinasiga shikast yetkazdi. Shuningdek kichik serjant J.Yuldashev va safdor I.Qorayev jarohat olgan.
Jahon chempionatida oltinchi o‘rinni egallagan Adhamjon Ergashev yoshlar o‘rtasidagi rekordni yangiladi.
Yaqinda ochilgan Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Rostov-na-Donudagi O‘zbekiston bosh konsulxonalari hozircha konsullik harakatlarini amalga oshirmaydi, deya xabar qildi TIV.
Shoxrux Aminov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi.
Italiya janubida kuzatilayotgan suv toshqinlari qurbonlari soni 12 nafarga yetdi.
Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting