Bekoboddagi 59 bola ovqatdan zaharlangan 8-MTMda muzlatkich ishlamagan. Muassasa vaqtincha yopildi.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, iste’fodagi general-polkovnik Rustam Axmedov 75 yoshga to‘ldi. Shavkat Mirziyoyev yubiley egasini orden bilan mukofotladi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Bekoboddagi MTM tarbiyalanuvchilarining ovqatdan zaharlanishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri turnirining -73 kg vazn toifasidagi bahslarida Hikmatullo To‘rayev g‘olib bo‘ldi.
O‘zbekiston AQSH mudofaa idoralari vakillari ishtirokida navbatdagi ikki tomonlama maslahatlashuvlarni o‘tkazdi.
Savitskiy muzeyi ma’muriyati «Nukus muzeyi do‘stlari» jamg‘armasi tortiq qilgan insonparvarlik sovg‘alari yo‘qolgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasining 100 o‘rinli yangi terapiya majmuasi foydalanishga topshirildi.
Osiyo chempioni Isroil Madrimov Rossiyaning «Mir Boksa» promouterlik kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi va endilikda professional bokschi sifatida ringa chiqadi.
Uran qazib olish oqibatlarini bartaraf etish uchun Markaziy Osiyo ekologik reabilitatsiyasi hisobiga xalqaro mablag‘lar safarbar etiladi. O‘zbekistonda reabilitatsiya ishlari 2019 yilda boshlanadi.
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi uzuq-yuluqligi bois kam daromadli oilalarning 75 foizi ijtimoiy nafaqa olmaydi, deya xabar qildi YUNISEF.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yildan boshlab O‘zbekistonda ham majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi.
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bir qator rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
«O‘zavtosanoat» AJ aniqlagan qonunbuzarliklar sabab GM Uzbekistan «Qashqadaryo Avtotexxizmat» MCHJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilganligini ma’lum qiladi.
Joriy yilning 22−23 noyabr kunlari Samarqand shahrida Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi va unda Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinadi.
Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida Ruslan Nuriddinov bronza medaliga ega chiqdi.
2019 yil 1 yanvardan Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkentda boshlangan dzyudo bo‘yicha nufuzli Gran-pri musobaqasining ilk kunida Diyorbek O‘rozboyev va Sardor Nurillayev kumush, Shahram Ahadov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Oshpazlar uyushmasi O‘zbekistondagi mehmonxonalar, hostellar va mehmon uylarida nonushtaning milliy ko‘rinishi joriy etilishi tashabbusi bilan chiqdi.
Toshkentda ikki hafta ichida «lirika» va tramadolni noqonuniy tayyorlash, saqlash va sotishda gumon qilingan 46 kishi qo‘lga olindi.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting