Shavkat Mirziyoyev Vetnam prezidenti Chan Day Kuangning vafoti munosabati mamlakat xalqi va rahbariyatiga hamdardlik izhor qildi.
Zarbdor tumani Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi турғун punkt inspektori to‘rt yil deganda o‘ziga qilingan tuhmatdan xalos bo‘ldi.
Madamin Safarov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga qarashli «Oʻzbekiston 24» telekanali direktori etib tayinlandi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
«Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini boshqaradi.
Toshkentdagi «Oltin tegirmon» yuk ortish stansiyasida ikkita vagon temir izdan chiqib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q.
Prezident ko‘proq sport markazlari va to‘garaklarini tashkil etib, pul yutuqlariga ega musobaqalar sonini oshirish, sportni ommalashtirish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqishni topshirdi.
Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasi metroning Yunusobod yo‘nalishi davomi qurilishi munosabati bilan vaqtincha yopildi.
Qashqadaryoda giyohvandlik moddasini saqlashda gumonlanayotgan akasi uchun tergovchiga pora taklif qilgan fuqaro ushlandi.
Toshkent shahar hokimiyati tomonidan tashqi yoritish elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash dasturi ishlab chiqildi.
Tadbirkorlik sub’ektlarini Andijon viloyatining kichik sanoat zonalariga jalb etishga doir qo‘shimcha-chora tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Yuzaga kelgan noqulayliklar elektron oylik chiptalarining sinov muddati yakuniga yetganligini inobatga olib, Toshkentda yo‘lga qo‘yilgan tizim faoliyati kelasi oylarga uzaytirilmaydi.
NHH loyihalari muhokamasi portalida «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.
Toshkent shahrining Olmazor tumani mahallalarida «Tadbirkorlik markazlari"ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Vyetnam prezidenti Chay Day Kuang 62 yoshda vafot etdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyaning ishchi organi etib belgilandi.
Aktenge Keunimjayeva (-53kg) va Nabira Yesenbayeva (-62kg) o‘zbek sporti tarixida ilk marta sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining finalida ishtirok etadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
«Jartepa» chegara postida Tojikistondan kirib kelganfuqaro U.A. 515 dona lazerli nur tarqatgichlarni olib kirishga uringan paytida bojxonachilar tomonidan to‘xtatib qolindi.
«Aholini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» hukumat qarori qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting