Tim Torlot kelgusi yil yozida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida faoliyatini boshlaydi.
Poytaxtning Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov pora olayotganda ushlandi.
Toshkentda daraxtga borib urilgan avtomobil salonida qisilib qolgan yo‘lovchi gidravlik uskuna yordamida qutqarib qolindi.
O‘zbekistonlik 15 nafar talaba Rossiyaning «MMFI» Milliy yadro tadqiqoti universitetida tahsil olishni boshladi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 12−13 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.
O‘zbekistonda Facebook foydalanuvchilari saytga kirishda muammolarga duch kelmoqda. «O‘zbektelekom» bunga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.
Urganchdagi Shovot kanalida bedarak yo‘qolgan ona va qizining jasadi topildi.
GM Uzbekistan Captiva rusumli avtomobillarni ishlab chiqarish to‘xtatilishi yuzasidan izoh berdi.
Toshkent DSB aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar jarayonida 1127 ta muammoli masalaga yechim topildi.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan yil so‘ngiga qadar 100 nomdagi badiiy kitoblar chop etilib, ta’lim muassasalariga bepul yetkaziladi.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Chikagoda o‘tkazilgan musobaqa g‘olibiga aylandi.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan 54 ta mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining pasportlarini tuzish tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Namangan tumanidagi qabristonda 86 ta qabrni vayron qilgan shaxs nima uchun bu ishni qilganini tushuntirib bera olmadi.
«Termiz — Dushanbe», «Denov — Dushanbe», «Samarqand — Panjikent» yo‘nalishida xalqaro avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
10 sentyabrdan 30 sentyabrgacha Toshkent va Toshkent viloyatida 9 xonali telefon raqamli tizimga o‘tish amalga oshiriladi.
TIV ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif maqsadi, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shubha tug‘dirgani uchun to‘rt o‘zbekistonlik Tailandga kiritilmadi.
«Zo‘ravonlik illati to‘g‘risida uzoq vaqt hech nima deyilmadi…» — dedi bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva Xotin-qizlar qo‘mitasi ishonch telefoni ishga tushirilgani haqida xabar berar ekan.
Abdulla Aripov va Dmitriy Medvedev O‘zbekiston hududida atom elektr stansiyasini qurish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting