Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev Senat a’zosi etib saylandi.
O‘zbekiston bilan KAITJ o‘rtasida imzolangan 30,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz bitimi doirasida 138 km avtomobil yo‘li va 198 km suv ta’minoti tarmog‘i quriladi.
2017 yilda OTMlar kontrakt to‘lovlaridan 1,2 trln so‘mga ega bo‘ldi. Joriy yilda superkontraktlar hisobiga bu ko‘rsatkichning 1,8 trln so‘mga yetishi kutilmoqda.
Muslima Nuriddinova va Roza Qo‘ziyeva shahrida pauerlifting bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionatida oltin medal sohibi bo‘ldi.
14 sentyabrdan «Toshkent-Nijniy Novgorod» yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
2018 yilning 7 oyi davomida O‘zbekiston fuqarolari Koreya Respublikasiga, Rossiya Federatsiyasiga, Turkiyaga va Polshaga ishlash uchun jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston harbiy xizmatchilari MDH o‘rtasida armiya qo‘l jangi birinchiligi chempioni bo‘ldi.
TATU va BDIRU o‘zbek-belorus axborot texnologiyalari fakulteti bitiruvchilari qo‘sh diplomga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Jizzax viloyati «Forish» poligonida O‘zbekiston hamda Fransiya qurolli kuchlari mutaxassislari bilan hamkorlikda harbiy amaliy trening mashqlari tashkil etilmoqda.
Pokistonning «MIDAS Group» kompaniyasi OAV vakillaridan iborat delegatsiya mavjud qadamjo va tarixiy obidalar haqida film yaratish uchun Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oyibnazarov AQSHda professional ringdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi.
2017 yilda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 1 500 ta korrupsiya bilan bog‘liq va iqtisodiy sohalardagi jinoyatlar sodir etilgani aniqlandi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov jurnalistlarga murojaat qilib, birgalikda o‘qituvchilaning obro‘sini oshirishga harakat qilishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi hududida tashkil etilgan «Amkodor-Agrotexmash» qo‘shma korxonasini ochdi.
AQSHning Kolumbiya universiteti ekspert-o‘qituvchisi Benjamin Arensteyn Namangan muhandislik-texnologiya institutida talabalarga ingliz tilidan dars mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi bo‘lib ishlagan Bahrom Ashrafxonov «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Toshkentning Chilonzor tumanida quvur yorilishi natijasida issiq suv yo‘l qoplamasini yorib yubordi, asfalt bo‘laklari avtomobilga shikast yetkazdi.
52 yoshli L. qulog‘ida quloqchini bo‘lgan holda temir yo‘lni kesib o‘tayotganida elektropoyezd urib yuborishi natijasida vafot etdi.
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Belarus Prezidentlarining keng doiradagi muzokaralari boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting