Shavkat Mirziyoyev 24 avgust kuni Turkmanistonning Avaza shahrida o‘tkaziladigan Orolni qutqarish xalqaro fondi ta’sischi davlatlarining rahbarlari sammitida ishtirok etadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa parlamentidagi Yevropa xalq partiyasi fraksiyasining germaniyalik a’zolari delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov 22 avgust kuni Samarqand shahar Kimyogarlar qo‘rg‘onida sayyor qabul o‘tkazdi.
Moskva viloyatidagi qurilishda 26 o‘zbekistonlik ovqatdan zaharlandi, bir kishi hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekistondagi 1982 ta masjidda 1 million 906 974 nafar mo‘min-musulmon Qurbon hayiti namozini ado etdi.
Umid Shodiyev O‘zbekistonning YUNESKOdagi elchisi etib tayinlandi. Ilgari bu lavozimda Lola Karimova-Tillayeva ishlagan edi.
Osiyo o‘yinlarida Adhamjon Ergashev bronza, Svetlana Osipova bronza va Dmitriy Shokin kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Bekoboddagi YTHda jarohatlangan «Damas» haydovchisi va yo‘lovchisi yaqin kunlarda shifoxonadan chiqariladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini muborak Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi.
Zamonaviy menejment va marketingni keng joriy etish orqali OTMlar ta’lim xablariga aylantiriladi.
DXX Chegara qo‘shinlari Qirg‘iziston bilan chegaradagi «Vodil» o‘tkazish punktidagi navbatlar haqidagi xabarlarni rad etdi.
Turkmanistonning Toshkentdagi yangi elchisi Yazguli Mammedov o‘z faoliyatini boshladi.
MAKning Moskva-Toshkent reysi samolyot dasturiy ta’minotidagi nosozlik sababli ushlanib qoldi. Yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha reys tashkil qilindi.
13−19 avgust kunlari O‘zbekistonda 173 ta YTH sodir bo‘lib, 46 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 166 kishi jarohatlandi.
Abdulla Aripov Qurbon hayitining birinchi kuni Halima Xudoyberdiyeva va Anvar qori Tursunov xonadonlariga tashrif buyurdi.
Ichki ishlar vazirligi hukumat avtomobili ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi tafsilotlarini e’lon qildi.
Bosh vazir Abdulla Aripov Qurbon hayitini munosib nishonlash masalasiga bag‘ishlangan selektor majlisini o‘tkazdi.
«O‘zbektelekom» kunning birinchi yarmida ayrim internet manbalariga kirishdagi muammolarga sabab bo‘lgan avariyani bartaraf etdi.
Alisher Sultonovning ahvoli yaxshilanib bormoqda va tez vaqtda u o‘z ishiga qaytishi mumkin.
Indoneziyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik erkin kurashchi Davit Modzmanashvili bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting