«Raqamli O‘zbekiston» rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqadigan Raqamli iqtisodiyot rivojlantirilishini muvofiqlashtirish komissiyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Avtobus ishtirokidagi YTHga sababchi bo‘lgan Chevrolet Spark rusumidagi mashina qidirilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari, «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi raisi Alisher Sultonov YTHda yengil tan jarohatini oldi. Bosh vazir esa ishga chiqib ulgurdi.
Bektemir tumanidagi 4 qavatli uyning 820 kvadrat metr maydoni yong‘in ichida qoldi.
Toshkentda 148-avtobus ishtirokida avtoavariya sodir bo‘ldi, jarohatlanganlar bor.
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida taekvondochi Nigora Tursunqulova bronza, Niyoz Po‘latov kumush medalini qo‘lga kiritdi.
21 avgust kuni poytaxt, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov yo‘l-transport hodisasiga uchradi. U yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Istirohat bog‘lari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Uchtepa tuman sudi tomonidan tuman prokuraturasining bosqinchilikda ayblanayotgan Bekzod Nuritdinovni qamoqqa olish to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanotlantirildi.
Bugungi kunda «Qo‘qon» EIZ (erkin iqtisodiy zonasi) hududida qiymati 171,5 mln. dollar bo‘lgan 71 ta loyiha amalga oshirilyapti. Bu yerda 5717 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Toshkent viloyatida qoidabuzar piyodalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi talablari bo‘yicha jarimaga tortildi.
Moskvada o‘tkazilgan jangda Shohjahon Ergashev ugandalik Juma Vasva ustidan g‘alaba qozondi.
21 avgust kuni aholiga sifatli transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida yo‘nalishlarga harakat tarkibining ishga chiqarilishi vaqti tongi soat 5:00 dan boshlandi.
Nukus markazidagi 55 metrlik flagshtoklarga O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston bayroqlari o‘rnatildi.
Endi qo‘ng‘iroq qilishda hudud yoki mobil operator kodini ham terish shart.
Ushuchi Darya Latisheva O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medalni qo‘shib qo‘ydi.
Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov rahbarligidagi Ishchi guruh 12−16 avgust kunlari Xorazm viloyatining barcha shahar va tuman ichki ishlar organlari hamda viloyat IIB faoliyatini o‘rgandi.
Osiyo o‘yinlarida Sirojiddin Hasanov bronza, Bekzod Abdurahmonov oltin va Magomed Ibragimov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shavkat Mirziyoyev Vengriya davlati asoschisi Avliyo Ishtvan kuni munosabati bilan Vengriya prezidenti Yanosh Aderni tabrikladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting