Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Ixtiyor Abdullayev davlat xavfsizligiga tahdid sifatida siyosiy muxolifat, diniy erkinlikning noto‘g‘ri talqin etilishi, «zararli investitsiyalar» va boshqa omillarni sanab o‘tdi.
O‘zbekiston uyali aloqa operatorlari yangi chastotalar rejasida ishlashni boshladi.
Tez orada yo‘nalishga chiquvchi ekskursion dabldekerlar Samarqandga yetib keldi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Toshkentdan Nyu-Yorkka uchish chiptalari narxini arzonlashtirdi.
Bekobodda ovqatdan ommaviy zaharlanish holati qayd etildi. 55 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Bolalarni urgan MTM tarbiyachisi tasvirlangan video Jizzaxda olingani ma’lum bo‘ldi. 39- bolalar bog‘chasi mudirasi, ikki tarbiyachi va hamshira ishdan bo‘shatildi.
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi jarayonida xorijga paxta eksporti hajmini kamaytirib, uni O‘zbekistonda qayta ishlash miqdorini oshirish rejalari haqida so‘zladi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasidagi «G‘ishtko‘prik» o‘tkazish punkti orqali kuniga 30 mingdan ortiq kishi o‘tmoqda.
Erta tongda Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida zilzila sezildi, uning o‘chog‘i Tojikiston hududida.
2017 yilda O‘zbekiston davlat chegaralaridan 22 mln kishi o‘tdi, ularning 7 mln nafarga yaqini chet elliklardir.
Ijtimoiy tarmoqda qoidabuzarlik sodir etgan ichki ishlar organlari xodimi va uni ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ikki fuqaro ham jarimaga tortildi.
Farg‘onada O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari raisligi ostida ikki davlat chegaradosh viloyatlar hokimlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i va boshliqning birinchi o‘rinbosari tayinlandi.
Soliq kodeksi sodda, bashorat qiluvchi va teng sharoitlarni yaratuvchan bo‘lishi lozim, deydi O‘zbekistonda soliq islohoti konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etayotgan Gruziya sobiq bosh vaziri.
Senat Davlat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi. Hujjat bevosita prezidentga bo‘ysunuvchi DXX faoliyatining asosiy tamoyillarini belgilab beradi.
O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirlari Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalarini mahokama qildi.
Konstitutsion tuzumni ag‘darish maqsadida fitna uyushtirishda ayblanayotgan Bobomurod Abdullayev mazkur ish bo‘yicha sudlanayotgan boshqa sudlanuvchilar uni haqorat qilayotganini ma’lum qildi.
Muxolifatchi Muhammad Solih Bobomurod Abdullayevning u ayblanayotgan jinoyatga aloqador emasligi to‘g‘risida ko‘rsatma berishga tayyorligini bildirdi. Sud bunga hali vaqt borligini ma’lum qildi.
Abdulla Aripov va Abdulaziz Kamilov Kemerovodagi yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun Rossiya elchixonasiga tashrif buyurdi.
Jurnalist Karimberdi To‘ramurod telefon orqali tahdiddan so‘ng mashina haydashni to‘xtatib qo‘ydi. Samarqand viloyat prokuraturasi xodimlari esa uni himoya qilishga va’da berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting