Iyun oyida Raqobat qo‘mitasi “Navoiyazot"ni o‘g‘itlar narxini oshirib yuborganlikda ayblab, uning 20,5 mlrd so‘m asossiz daromadini undirishga qaror qilgan edi. Kompaniya ayblovga qo‘shilmadi va qo‘mita qarori ustidan shikoyat qildi, biroq sud da’voni rad etdi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Fransiyadagi Olimpiya shaharchasida muammolar ko‘pligi haqida ma’lum qildi. “Olimpiya shaharchasiga kelganimizdan beri har kuni qandaydir voqealar sodir bo‘lmoqda. Hali avtobus kelmaydi, hali avtobuslar yo‘lda adashib qolmoqda”, — deydi jamoa murabbiyi.
Jo Bayden Amerika xalqiga murojaatida uning shaxsiy ambitsiyalari demokratiya yo‘liga to‘sqinlik qilmasligi kerakligini aytdi. “Men bu lavozimni qadrlayman. Ammo vatanimni ko‘proq sevaman”, — dedi u saylovdan chiqish qarorini izohlab. Bayden “estafetani yangi avlodga topshirish” zarurligini aytdi.
Mirobod tumanida rul boshqaruvini yo‘qotgan Lacetti beton ustunga borib urildi. Oqibatda haydovchi va bir yo‘lovchi vafot etdi, yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Koronavirus bilan kasallanganlarni davolashga mo‘ljallangan “Zangiota-2” shifoxonasi o‘rnida 500 o‘rinli Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi. 1-sentabrga qadar zarur ishlar amalga oshirilib, tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtiriladi.
Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi mavsumiy avtobuslar qatnovi kuniga 4 martagacha ko‘paytirildi. Yo‘lkira narxi 20 000 so‘m.
O‘zbekiston fuqarosi Polshada 15 yoshli ukrainalik o‘smirlarga hujum qilgani yo‘q, u o‘zini himoya qilgan, deya xabar qildi O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi. Yigit firibgarlar unga bosqinchilik uyushtirganini aytdi. Fuqaroga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilindi.
APEX INSURANCE dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qo‘llab-quvvatlaydi va Dzyudo federatsiyasiga jamoani tayyorlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.
Telegram kanalda missiyasini yakunlayotgan Isroil elchisi haqidagi postga izoh yozgan erkak IIBga chaqirtirildi. U idora binosi yaqinida “xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan va so‘kingan”. Bu uchun erkak 10 sutkaga qamaldi.
Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz etib belgiladi. Ushbu qaror inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganini inobatga olib qabul qilindi.
Olimpiada o‘yinlarining futbol bo‘yicha guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Futbolchi Eldor Shomurodov o‘yin haqida fikr bildirib, jamoa kichik xatolar evaziga yutqazganini aytdi. “Guruhda o‘zimizga teng raqiblarimiz bor. Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”, dedi u.
Urgut tumani elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi tadbirkordan 14 ming dollar so‘rab, undan 7 ming dollarini olganlikda gumonlanmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Agar bu holat kuzatilsa bemorga birinchi tez yordam ko‘rsatish tartibini tushuntirib o‘tdi.
Qo‘ng‘irot tumanida Lacetti haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘ldagi Cobalt bilan to‘qnashdi. Oqibatda 2 haydovchi va 1 yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, yana 5 kishi shifoxonada vafot etdi.
Marg‘ilonda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti qurilmalarini gaz hisoblagichga ulamay, tarmoqdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda 7,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. To‘plangan hujjatlar tegishli organga yuborildi.
Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan chiqindi to‘ldirilgan sharlardan biri Janubiy Koreya prezidenti idorasi binosiga kelib tushdi. May oyidan beri Pxenyan janubga 3000 dan ortiq shunday sharlarni uchirdi.
AQSh Maxfiy xizmati rahbari Kimberli Chitl sobiq prezident Donald Trampga suiqasd uyushtirilgani sababli tanqidlar ostida iste’foga chiqdi. U bu voqea Maxfiy xizmatning so‘nggi o‘nyilliklardagi “eng katta muvaffaqiyatsizligi” ekanini tan oldi.
Gaz importini 4 baravar oshirgan O‘zbekiston, Toshkentda daraxt kesgan niqoblilar, Olimpiadadagi ishtirokini boshlagan milliy terma jamoa, yaqin kunlar juda issiq bo‘lishini aytgan O‘zgidromet va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Gaz qazib olish (elektr stansiyalari uchun asosiy yonilg‘i) pasayishda davom etmoqda. Iyunda ishlab chiqarish 3,54 mlrd kub metrni (-4,3%) tashkil etdi. Yirik korxonalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish 12,5 foizga, neftniki — 5,4 foizga kamaydi. Shu bilan birga, o‘tgan oy rekord darajada ko‘mir qazib olindi.
Birinchi yarimyillikda O‘zbekistonga gaz importi 809 mln dollardan oshdi, bu 2023-yilning birinchi yarmidagi ko‘rsatkichdan 4 barobar ko‘p. “Ko‘k yoqilg‘i” eksporti iyun oyida keskin o‘sib, 181,5 mln dollarni tashkil etdi, bu may oyiga nisbatan 24 barobar ko‘p.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting