AQSh Ukraina va Isroilni “qancha kerak bo‘lsa, shuncha” qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan, biroq ular aralashgan mojarolar keskin nuqtaga yetgani sababli uch davlatning milliy manfaatlari bir-biridan farq qilmoqda, deb yozmoqda New York Times.
Toshkentning Shayxontohur tumanida Nexia-3 mashinasining motor qismida yong‘in kelib chiqdi. Holat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi. Jarohatlanganlar yo‘q.
Toshkent viloyatida o‘zini 16 qavatli bino tomidan tashlab, halok bo‘lgan 19 yoshli qiz ishi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Prezident Shahrisabz shahri va tumanida turizm klasteri tashkil etishni buyurdi. Bu uchun 240 mlrd so‘mga yo‘llarni ta’mirlash, 115 milliard so‘mga G‘elon qishlog‘ida infratuzilma yaratish rejalashtirilgan. U yerda 3000 gektar maydonda tog‘-chang‘i kurorti qurilishi boshlandi.
Toshkent viloyatida bemor kasalliklar tarixi haqida so‘ragan tez tibbiy yordam shifokorining yuziga musht tushirdi. Jabrlanuvchida bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi va o‘ng tomon pastki lab sohasi jarohati aniqlangan.
Toshkent viloyati Olmaliq tumanida qiz 16 qavatli bino tomidan sakrab, halok bo‘ldi. Qiz uni qutqarmoqchi bo‘lgan IIB va FVB xodimlari bilan suhbatlashganiga qaramasdan, o‘z joniga qasd qilgan.
Prezident vazirliklarga O‘zbekiston imzolagan mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlar va investitsiyaviy shartnomalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, so‘ng takliflar tayyorlash topshirig‘ini berdi. Qonunchilikni JSTning investitsiya choralari to‘g‘risidagi bitimiga muvofiq uyg‘unlashtirish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Turkiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. U yerda Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.
3-iyun kuni “Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud jarayoni boshlandi. Jinoyat ishi doirasida 46 nafar jabrlanuvchi va 70 nafar guvoh mavjud. Sudda Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga iqror emasligini bildirdi.
Meksikadagi prezidentlik saylovlarida hukmron partiya vakili, fizik olim Klaudiya Sheynbaum g‘alaba qozondi. U mamlakatning 200 yillik tarixida davlat rahbari lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ladi.
Zaamin Ultra uchinchi xalqaro ultramarafonida 2, 10, 21 va 50 km masofalarda o‘tkazilgan bahslarda Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Qozog‘iston, Malayziya, Turkiya, Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlardan 2100 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.
O‘zbekiston mamlakat qonunchiligini JST bitimlariga muvofiqlashtirishda davom etmoqda. Prezident qarori bilan eksportga beriladigan qator subsidiya va preferensiyalar, samarasi past soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi, yig‘imlar qayta ko‘rib chiqiladi va boshqa choralar ko‘riladi.
Jondor tumanida aprel oyi so‘ngida Nexia avtomobili shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Yana 2 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
ANORBANK “Markaziy Osiyo HR brendi 2023” mukofotining “Mintaqa” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bank vakillari mukofotga sazovor bo‘lgan loyiha va uning afzalliklari haqida so‘zlab berdi.
Prezident farmoni bilan, 2026-yil iyuldan davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga beriladigan imtiyozlar, shuningdek, mahalliy elektr jihozlari uchun narx preferensiyalari qisman bekor qilinadi. obyektni parallel loyihalash va qurish jarayonida xarajatlarni budjetdan moliyalashtirish taqiqlanadi.
O‘zbekiston milliy banki Standard Chartered Bank va LBBW bilan kichik va o‘rta biznes sektorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida MIGA tomonidan qoplanadigan 100 mln yevro miqdoridagi sindikatlangan kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada O‘zbekiston merganlari besh marta rekord natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqada 11 ta davlatdan jami 36 ta jamoa ishtirok etdi. Video.
Mungyong (Janubiy Koreya) shahrida o‘tkazilgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 oltin, 2 kumush va 4 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu natija tufayli erkaklar ham, ayollar ham jamoaviy bahslarda birinchi bo‘ldi.
Prezident farmoni bilan, 2025-yil 1-yanvardan xususiy provayderlarga sinov tariqasida xalqaro Internet tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish huquqi beriladi. “O‘zbektelekom”ning tashqi internet kanali bo‘yicha monopoliyasini 2020-yildayoq bekor qilish rejalashtirilgandi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Cobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodalardan birini urib yubordi. Qiz jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Videolavhada YTH ro‘y bergan joy yaqinida svetofor borligini ko‘rish mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting