O‘qchi Olmazor mavzesi aholisi 1950-yillardan buyon o‘z uylarining buzilishini kutib yashaydi. «Gazeta.uz» bir necha yildan so‘ng Tashkent City barpo etiladigan poytaxtning eski qismiga tashrif buyurdi.
«Ijtimoiy fikr» markazi O‘zbekiston fuqarolarining sud-huquq tizimi to‘g‘risidagi qarashlarini o‘rgandi.
O‘zbekiston professional futbol ligasi «Buxoro» klubiga nisbatan sanksiyalarni qo‘lladi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekistonda ijtimoiy mas’ul paxta yetishtirish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi.
Toshkentda Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasining 76-yalpi majlisi hamda 13-xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasi boshlandi.
«O‘ztreyd» kompaniyasi ilk bor O‘zbekistondan Amerika bozoriga sarxil qovunlarni yetkazib berdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25−26 oktyabr kunlari Turkiyaga davlat tashrifi bilan boradi.
O‘zbekistonning yangi elchisi Nabijon Kasimov Germaniyaga jo‘nab ketdi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» A320 oilasiga mansub yangi samolyotlar, jumladan A320neo xarid qilish va yangi yo‘nalishlarni ochishni rejalashtirmoqda.
Qonunchilik palatasi va Savdo-sanoat palatasi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Poytaxtda Ispaniyaga Shengen vizasini taqdim etuvchi Ispaniya viza markazi ochildi.
O‘zbekistonga ishbilarmonlik yoki turistik maqsadda tashrif buyuruvchi Turkiya fuqarolari uchun vizalar uch kun ichida rasmiylashtiriladi.
Toshkentda Janubiy Koreya fuqarosiga bosqinchilik uyushtirildi. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston termasini BAA bilan o‘rtoqlik uchrashuviga olib boradi.
Agrippina Shin yaqinda tashkil etilgan O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligiga rahbar etib tayinlandi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari telefon orqali muloqotda o‘zbek-qirg‘iz chegaralarining qolgan uchastkalariga oid tegishli shartnomani imzolash jarayonini tezroq yakunlashdan har ikki tomon manfaatdor ekanligini tasdiqlashdi.
O‘zbekiston harbiylari razvedkachilarning xalqaro musobaqasida ilk bor ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Toshkentning Chilonzor tumanida kuchli shamol vaqtida daraxt shoxi qulashi natijasida bir ayol hayotdan ko‘z yumdi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistondagi qiymati 100 mln dollardan ziyodroq dastlabki ikki loyihani moliyalashtirishni tasdiqladi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Eronga tashrifi doirasida 7,5 mln dollarlik ahdlashuv bayonnomasi va 25,5 mln dollarlik mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha bitim imzolandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting