Koreys tomoni poytaxt aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash uchun konsultant sifatida taklif etildi.
Toshkentdan viloyatlardagi tibbiyot markazlari rahbar lavozimlariga 130 nafardan ziyod mutaxassislar yuborildi. Xorijdan O‘zbekistonga 50 nafardan ortiq sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari qaytib keldi.
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari uchun to‘lov hajmi eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida belgilandi.
Paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarini boshqarishni optimallashtirish maqsadida «O‘zpaxtasanoateksport» xoldingini tugatishga qaror qilindi.
Legallashtirish lozim bo‘lgan hujjatlarni tasdiqlash uchun endilikda har qanday notarial idoraga murojaat qilish mumkin.
«Bektemir» blokpostida Nexia avtomobilida 3,6 kg miqdoridagi marixuana aniqlandi.
Uchastka soliq inspektorlari fuqarolar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashlari uchun to‘lov terminallari bilan ta’minlanadi.
O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari 2018−2019 yillarda hamkorlik dasturini imzoladi.
Toshkentda halqa temir yo‘li qurilishi o‘rniga estakadali yer usti metrosini yotqizishga qaror qilindi.
O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga energetik ichimliklarni sotishni taqiqlash va ular reklamasini cheklash rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston va Qatar futbol tashkilotlarining hamkorligi O‘FFning kadrlar bilan bog‘liq muammolarini hal etishda ijobiy yordam beradi, dedi federatsiya rahbari Umid Ahmadjonov.
Asal mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2017 yildagi 15,4 ming tonnadan 2021 yilga borib 23,7 ming tonnagacha oshadi.
O‘zbekistonda huquq himoyachilarini hibsdan ozod qilish davom etmoqda. G‘anixon Mamatxonov ozodlikka chiqarildi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan jinoyatga aloqador bo‘lmagan shaxslarga tegishli mol-mulklarni musodara qilishni taqiqlashga doir o‘zgartishlar kuchga kirdi.
O‘zbekiston futzalchilari Turkmanistonni mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempionati final qismiga chiqdi.
Shavkat Mirziyoyev va Ramzan Qodirov O‘zbekistonning Checheniston bilan ikki tomonlama hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi.
Azizbek Latifjonov va Sohib Qudratov favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
O‘zbekiston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovni Qirg‘iziston Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrikladi.
O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar Singapurda o‘tgan Osiyo chempionati sovrindori bo‘lib, o‘smirlar o‘rtasida 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini ham qo‘lga kiritdi.
Davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting