Arxiv

Donald Trampga saylovoldi miting payti o‘q uzildi. Asosiy ma’lumotlar
14 iyul 2024, 05:56

Donald Trampga saylovoldi miting payti o‘q uzildi. Asosiy ma’lumotlar

Prezidentlikka nomzod Donald Tramp Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan miting vaqtida noma’lum shaxs otgan o‘qdan yaralandi. U yuzida qon bilan Maxfiy xizmat xodimlari yordamida sahnani tark etdi. Tramp “yaxshi” va “xavfsiz” holatda, dedi uning matbuot xizmati. Uni otgan shaxs va yana bir kishi halok bo‘ldi.

San’atkorlar ketayotgan poyezd konditsioneri ishlamadi. Rasmiylar nosozlikka anomal issiq sabab bo‘lganini aytmoqda
13 iyul 2024, 17:56 1

San’atkorlar ketayotgan poyezd konditsioneri ishlamadi. Rasmiylar nosozlikka anomal issiq sabab bo‘lganini aytmoqda

Xiva-Andijon yo‘nalishidagi poyezdda harakatlangan san’atkorlar konditsioner tizimi ishlamaganini bildirdi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” bunga anomal issiq keltirib chiqargan nosozlik sabab bo‘lganini aytmoqda, iqlimshunos esa yil boshidan beri anomal issiq bo‘lmaganini yozdi. Raqobat qo‘mitasi vaziyatni nazoratga oldi.

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
13 iyul 2024, 15:00

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 2024-yilgi bitiruvchilari diplomlarini tantanali ravishda qo‘lga kiritdi. Marosimda Namangan va Samarqanddagi filiallardan ham talabalar ishtirok etdi.

Toshkentda ikkinchi gastronomik ko‘cha tashkil etiladi (foto)
13 iyul 2024, 14:33

Toshkentda ikkinchi gastronomik ko‘cha tashkil etiladi (foto)

Toshkentning Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantirilishi rejalashtirilmoqda. Qurilish ishlari 15-iyulda boshlanadi. U yerda yoritish tizimlari, o‘rindiqlar, axlat qutilari o‘rnatilib, ko‘chatlar ekiladi va boshqalar amalga oshiriladi.

Bitta xonadonda yashovchi ko‘p oilalarning har biriga elektr bo‘yicha alohida hisobraqam ochish rejalashtirilmoqda
13 iyul 2024, 11:28

Bitta xonadonda yashovchi ko‘p oilalarning har biriga elektr bo‘yicha alohida hisobraqam ochish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda bitta kadastr ostida yashayotgan to‘rttagacha oilalar ham bor, bir xonadondagi ko‘p oilalar bir oyda kamida 800 kVt/soat elektr ishlatadi, — dedi HET rasmiysi. Shu sababli ularning har biriga alohida hisobraqam ochish reja qilinmoqda.

Toshkentda yana bir avtosalon egalari firibgarlikda gumonlanmoqda
13 iyul 2024, 11:12

Toshkentda yana bir avtosalon egalari firibgarlikda gumonlanmoqda

Toshkentdagi avtosalon mansabdorlariga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular 19 nafar fuqaroga avtomashina olib kelib berishini aytib, 6 mlrd 169 mln so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Olimpiada oldidan minglab boshpanasiz migrantlar Parijdan ko‘chirildi — NYT
13 iyul 2024, 01:14

Olimpiada oldidan minglab boshpanasiz migrantlar Parijdan ko‘chirildi — NYT

Fransiya hukumati Olimpiada o‘yinlari oldidan 5 mingga yaqin boshpanasiz migrantni Parijdan ko‘chirdi, deb yozdi The New York Times. Ular avtobuslarda boshqa shaharlarga olib ketilib, maxsus boshpanalarga joylashtirilmoqda, shundan so‘ng ba’zilari deportatsiya qilinmoqda.

Prezident daromad solig‘ining yarmini tuman budjetlarida qoldirishni taklif qildi
13 iyul 2024, 00:28

Prezident daromad solig‘ining yarmini tuman budjetlarida qoldirishni taklif qildi

Prezident jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yarmini tuman budjetida qoldirish masalasini ko‘rib chiqishni buyurdi. Bu orqali tumanda manfaat ko‘payishi, tadbirkorlar soyadan chiqishi kutilmoqda. Hozirda ko‘plab viloyat hokimliklari JSHODSning katta qismini o‘zlarida saqlab qoladi.

Samarqandda Matiz yonib ketdi. Yong‘in yo‘l chetidagi dalaga ham o‘tdi
12 iyul 2024, 22:59

Samarqandda Matiz yonib ketdi. Yong‘in yo‘l chetidagi dalaga ham o‘tdi

Samarqandda qisqa tutashuv sabab Matiz mashinasi butunlay yonib ketdi. Yong‘in yo‘l chetidagi g‘alladan bo‘shagan yer maydoniga ham o‘tdi. O‘t o‘chiruvchilar holatni 50 daqiqada bartaraf etdi.

12-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
12 iyul 2024, 22:29

12-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Alisher Qodirovning o‘lim jazosini tiklash taklifi, kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul bo‘lgan IHMA, endi har kuni 5 nafar tadbirkor bilan uchrashadigan Farg‘ona hokimlari, O‘zbekistonning ekologik jihatdan eng barqaror shaharlari reytingi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi navigatsiya yo‘lagini joriy etdi
12 iyul 2024, 22:18

O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi navigatsiya yo‘lagini joriy etdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston parvozlar masofasini 40 km ga qisqartiradigan yangi navigatsiya yo‘lagini joriy etdi. Yo‘nalish yiliga 50 tonnagacha aviayoqilg‘ini tejab, atmosfera chiqindilarini 250 tonnagacha kamaytiradi, dedi Transport vazirligi. Undan kuniga 30 dan ortiq aviakompaniya samolyotlari uchib o‘tadi.

Hokimliklarda ichki audit xizmatlari tashkil etilmoqda
12 iyul 2024, 21:46

Hokimliklarda ichki audit xizmatlari tashkil etilmoqda

Prezident farmoni bilan, 12 ta viloyat, Toshkent shahri hokimliklari va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi tuzilmasida ichki audit xizmatlari tashkil etiladi. Hisob palatasida yo‘lga qo‘yiladigan yangi shu’ba ularni nazorat qilib boradi.

To‘qimachilik va yog‘ klasterlari narxlarni sun’iy oshirib, 20 mlrd so‘m asossiz daromad olgani aniqlandi
12 iyul 2024, 20:49

To‘qimachilik va yog‘ klasterlari narxlarni sun’iy oshirib, 20 mlrd so‘m asossiz daromad olgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi 40 ga yaqin paxta to‘qimachilik va yog‘-moy klasterlari tomonidan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning narxlari sun’iy oshirilganini aniqladi. Ular mahsulotlarni birjaga joylashtirish qoidalarini buzib, 20 mlrd so‘m asossiz daromad olgan. Klasterlarga nisbatan ish ochildi.

O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida elektr energiyasi hisobi yuritiladi
12 iyul 2024, 19:24

O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida elektr energiyasi hisobi yuritiladi

2024-yil yakuniga qadar elektromobillarni quvvatlash uskunalari uchun alohida hisoblagich o‘rnatish yo‘lga qo‘yiladi. HET mas’uliga ko‘ra, fuqarolar yashashi uchun alohida, elektromobili uchun alohida tok ishlatishni xohlaydi. “Hozirda hisob ochishda Toshkent va Samarqand shaharlarida muammoga uchrayapmiz”, — dedi u.

Foto: “O‘zbekkosmos” dalalarda somonlarning noqonuniy yoqib yuborilgani suratlarini e’lon qildi
12 iyul 2024, 17:27

Foto: “O‘zbekkosmos” dalalarda somonlarning noqonuniy yoqib yuborilgani suratlarini e’lon qildi

“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan yil boshidan buyon 23 273 gektarlik boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yonishi bilan bog‘liq 1960 ta holat aniqlangan.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (13−14-iyul)
12 iyul 2024, 17:21

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (13−14-iyul)

Yettita kinopremyera, qo’l mehnati buyumlari yarmarkasi, Tashkent City bog’idagi “Live Jazz Night” konserti, ko’rgazmalar, bolalar va kattalar uchun mahorat darslari, “Soy bo‘yi” sayilgohida bepul shou dastur va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

O‘zbekistonning ekologik barqaror shaharlari reytingi tuzildi
12 iyul 2024, 17:06

O‘zbekistonning ekologik barqaror shaharlari reytingi tuzildi

Iqlim o‘zgarishi milliy markazi O‘zbekistondagi 14 ta hududning ekologik barqarorligi reytingini tuzdi. Bunda 7 ta jihat: havo sifati, yerdan foydalanish, suv iste’moli, transport, energiya, chiqindilar va sanitariya mezon sifatida olindi. Namangan shahri yetakchi bo‘ldi, Nurafshon esa ro‘yxatni yakunladi.

Raqobat qo‘mitasi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari”ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
12 iyul 2024, 17:00

Raqobat qo‘mitasi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari”ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Korxona “Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasi markazi uchun elektr energiya tariflarini oshirib qo‘llagan. Buning oqibatida 115 mln so‘mlik qo‘shimcha to‘lov hisoblangan.

Uy-joy bozoridagi faollik pasayib, narxlar o‘sishi sekinlasha boshladi
12 iyul 2024, 16:58

Uy-joy bozoridagi faollik pasayib, narxlar o‘sishi sekinlasha boshladi

Yil boshidan buyon O‘zbekiston uy-joy bozorida savdolar soni 5,7 foizga kamaydi. Narxlarning o‘sish sur’ati sekinlasha boshladi va o‘tgan oyda atigi 0,3 foizga oshdi, Toshkentda esa har kvadrat metr uchun 1142 dollargacha — 1,1 foizga pasaydi.

O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi tashqi auditdan o‘tkaziladi
12 iyul 2024, 15:55

O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi tashqi auditdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi tashqi auditdan o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlanadi. Shuningdek, 2025-yildan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlar faoliyatini auditdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting