Arxiv

12-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
12 iyun 2024, 22:40

12-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Deputatlarning ayrim chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish taklifi, Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlar, 1-iyuldan oshadigan poyezd chiptalari narxlari, AES qurilishida MAGATE bilan hamkorlik qiladigan O‘zbekiston va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekiston atom energetikasini rivojlantirishning barcha jihatlari bo‘yicha MAGATE bilan hamkorlik qiladi — Energetika vazirligi
12 iyun 2024, 22:26

O‘zbekiston atom energetikasini rivojlantirishning barcha jihatlari bo‘yicha MAGATE bilan hamkorlik qiladi — Energetika vazirligi

MAGATE O‘zbekistonni atom energetikasi, xususan, kam quvvatli reaktorlarni joriy etish rejalarida qo‘llab-quvvatlashga tayyor, dedi agentlik rahbari Rafael Grossi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan uchrashuvda.

Toshkentda harakatdagi Lacetti yonib ketdi (+video)
12 iyun 2024, 21:40

Toshkentda harakatdagi Lacetti yonib ketdi (+video)

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida harakatdagi Lacetti`ning salonida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hech kim jarohatlanmadi.

BMT komissiyasi ham HAMASni, ham Isroilni urush jinoyatlarida aybladi
12 iyun 2024, 20:52

BMT komissiyasi ham HAMASni, ham Isroilni urush jinoyatlarida aybladi

BMT mustaqil komissiyasi HAMAS ham, Isroil ham 2023-yil oktabr oyidan beri urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan, degan xulosaga keldi.

Google Markaziy Osiyo va Kavkaz dasturchilari uchun barqaror rivojlanish muammolarini hal qilish dasturini ishga tushiradi
12 iyun 2024, 20:24

Google Markaziy Osiyo va Kavkaz dasturchilari uchun barqaror rivojlanish muammolarini hal qilish dasturini ishga tushiradi

Google Build with AI for Sustainable Growth dasturi doirasida bir qator hakaton va seminarlar o‘tkazib, dasturchilarni barqaror rivojlanish muammolarini, jumladan, ekologiya, suv va yer resurslarini muhofaza qilish hamda havo sifatini yaxshilashda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishga taklif qiladi.

Toshkent viloyatida Sky Camp Bo‘stonliq tog‘ festivali bo‘lib o‘tadi
12 iyun 2024, 19:56

Toshkent viloyatida Sky Camp Bo‘stonliq tog‘ festivali bo‘lib o‘tadi

29 va 30-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanida Sky Camp Bo‘stonliq tog‘ festivali bo‘lib o‘tadi. Bu velopoyga, treyl yugurish, skayranning, yoga va meditatsiyani o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda birinchi marta treyl yugurish trassasiga yuguruvchilarga shaxsiy hisob uchun ochkolar olish imkonini beruvchi guvohnoma berildi.

O‘zbekistonda chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda
12 iyun 2024, 19:03

O‘zbekistonda chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda. Bunga mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi, davlatlararo va milliy adovatni qo‘zg‘atuvchi, xalq sha’ni, qadr-qimmati yoki tarixini kamsituvchi chiqish va harakatlar sabab bo‘lishi mumkin.

“O‘zmilliybank” yuridik shaxslar uchun masofaviy hisob raqam xizmatini taklif etadi
12 iyun 2024, 19:00

“O‘zmilliybank” yuridik shaxslar uchun masofaviy hisob raqam xizmatini taklif etadi

“O‘zmilliybank” AJ yuridik mijozlari endi bank mobil ilovasi orqali masofaviy hisobraqam ochish imkoniyatiga ega.

Toshkentda Qurbon hayiti kuni avtobus va metro 3:00 dan ish boshlaydi
12 iyun 2024, 18:30

Toshkentda Qurbon hayiti kuni avtobus va metro 3:00 dan ish boshlaydi

Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni Toshkentdagi metro va avtobuslar soat 03:00 dan ish boshlaydi. Ular soat 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

AQSh Rossiyaga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni kengaytiradi — FT
12 iyun 2024, 18:05

AQSh Rossiyaga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni kengaytiradi — FT

AQSh joriy haftada Rossiyaga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni sezilarli darajada kengaytiradi. Bunda Rossiya mudofaa kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan RF tashkilotlari bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi har qanday xorijiy bank ishi ko‘rib chiqiladi.

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi — AQSh savdo vakili Ketrin Tay
12 iyun 2024, 17:48

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi — AQSh savdo vakili Ketrin Tay

AQSh savdo vakili Ketrin Tay Toshkentda qator vazirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Elchi AQSh O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash va GSP tizimi doirasida savdo imtiyozlarini berishni qayta tiklash niyatini tasdiqladi.

Hayit kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati soat 7:00 gacha cheklanadi — manzillar
12 iyun 2024, 17:35

Hayit kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati soat 7:00 gacha cheklanadi — manzillar

16-iyunda Toshkent shahridagi 121 ta masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu kuni soat 00:00 dan 7:00 gacha ayrim ko‘cha va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi (ro‘yxat).

Hayit kuni Toshkentda yuk mashinalari harakati 10 soatga cheklanadi
12 iyun 2024, 16:52

Hayit kuni Toshkentda yuk mashinalari harakati 10 soatga cheklanadi

Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni soat 00:00 dan 10:00 ga qadar Toshkentda barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati (kirish-chiqish, shahar ichida harakatlanish) to‘liq to‘xtatiladi.

Farg‘ona vodiysida 12−13-iyun kunlari sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin
12 iyun 2024, 16:15

Farg‘ona vodiysida 12−13-iyun kunlari sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

Kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 12−13-iyun kunlari sel-suv toshqini kuzatilishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi
12 iyun 2024, 15:31

Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi 16-iyun, yakshanba kuni Qurbon hayiti namozining hududlardagi o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi. Shu kuni Toshkent metropoliteni 03:00 da ish boshlaydi va ma’lum muddat bepul bo‘ladi.

1-iyuldan ayrim poyezdlar chiptalari narxi 25 foizga oshadi
12 iyun 2024, 15:19

1-iyuldan ayrim poyezdlar chiptalari narxi 25 foizga oshadi

1-iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi “Nasaf”, “Sharq”, “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshadi. Bundan avval narxlar 20-yanvardan 20 foizga ko‘tarilgandi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O‘zbekistonda sohani rivojlantirishga hissasini qo‘shmoqda
12 iyun 2024, 15:00

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O‘zbekistonda sohani rivojlantirishga hissasini qo‘shmoqda

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida aholi va tadbirkorlar yangicha yondashuv asosida tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitilmoqda.

Qarshi va Namangandan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi
12 iyun 2024, 14:19

Qarshi va Namangandan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi

Qanot Sharq aviakompaniyasi Qarshi va Namangandan Istanbulga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi. Namangandan parvozlar haftaning seshanba kunlari, Qarshidan esa payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Yaponiya Buxorodagi tibbiyot tashkilotlariga 182 ming dollarlik tibbiyot jihozlarini topshirdi
12 iyun 2024, 13:12

Yaponiya Buxorodagi tibbiyot tashkilotlariga 182 ming dollarlik tibbiyot jihozlarini topshirdi

Yaponiya hukumati Buxoroning Romitan va Peshku tuman tibbiyot birlashmalariga umumiy qiymati taxminan 182 ming dollarlik tibbiyot jihozlarini topshirdi. Shifoxonalarga rentgen diagnostika uskunasi va operatsiya uchun mo‘ljallangan uskunalar yetkazib berildi.

May oyida O‘zbekiston uy-joy bozorida sotuvlar 9 foizga oshdi
12 iyun 2024, 13:02

May oyida O‘zbekiston uy-joy bozorida sotuvlar 9 foizga oshdi

May oyida O‘zbekistonda 21,6 mingta uy-joy sotildi, bu aprel oyiga nisbatan 9 foizga ko‘proq hisoblanadi. Ikki oylik o‘sishga qaramay, faollik darajasi hali ham bir yil oldingi darajadan past bo‘lib qolmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting