Arxiv

Abituriyent va talabalarni yangi o‘quv yilida qanday o‘zgarishlar kutmoqda? Vazirlik vakili bilan suhbat
12 iyun 2024, 11:59

Abituriyent va talabalarni yangi o‘quv yilida qanday o‘zgarishlar kutmoqda? Vazirlik vakili bilan suhbat

OTMlar uchun davlat buyurtmasi nima degani? Unda xususiy OTMlar ham qatnashadimi? “Avval test, so‘ng tanlov” tizimi qanday ishlaydi? Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi va ta’lim granti kimlarga beriladi? “Gazeta.uz” tizimdagi o‘zgarishlar bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili bilan suhbatlashdi.

Toshkentda 3 yoshli bola “Zil” urib ketishi oqibatida vafot etdi
12 iyun 2024, 11:29

Toshkentda 3 yoshli bola “Zil” urib ketishi oqibatida vafot etdi

Uchtepa tumanida “Zil” yo‘ldan o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib ketdi. Voqea oqibatida bola vafot etdi.

May oyida sezilgan inflyatsiya darajasi 14 foizni tashkil etdi
12 iyun 2024, 11:23

May oyida sezilgan inflyatsiya darajasi 14 foizni tashkil etdi

May oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi aprelga nisbatan biroz tezlashib, 14 foizni tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatildi (17,4 foiz). Oy davomida aholi eng ko‘p dorilar, benzin va yonilg‘i, shuningdek, qurilish mollari narxi ko‘tarilganini sezdi.

Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
12 iyun 2024, 11:18

Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan 15−18-iyun kunlari qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar Toshkent va 6 ta viloyat o‘rtasida amalga oshiriladi.

Uzum Market sotuvchilar uchun komissiyalarni pasaytirmoqda
12 iyun 2024, 11:00

Uzum Market sotuvchilar uchun komissiyalarni pasaytirmoqda

Uzum Market milliy marketpleysi sotuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 15 ta mahsulot guruhi uchun komissiya stavkalarini pasaytirdi.

Toshkentda tergovchi va 2 nafar surishtiruvchi 7 ming dollar pora olganlikda gumonlanmoqda
12 iyun 2024, 10:25

Toshkentda tergovchi va 2 nafar surishtiruvchi 7 ming dollar pora olganlikda gumonlanmoqda

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida tergov bo‘limi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi o‘zaro til biriktirib, fuqarodan 7 ming dollar pora olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Shuningdek, DXX prokuror, advokat hamda boshqalarni pora olganlikda gumonlab qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Samarqandda fuqarolarga kuch ishlatgan IIB xodimi ishdan olindi
12 iyun 2024, 09:55

Samarqandda fuqarolarga kuch ishlatgan IIB xodimi ishdan olindi

Samarqand shahrida IIB xodimi kelishmovchilik sababli bir erkak va homilador ayolga kuch ishlatdi. U fuqarolarga “birinchi buyruq bajarilishi, keyin muhokama qilinishi”ni aytganini eshitish mumkin. Viloyat IIB profilaktika inspektori ishdan bo‘shatilganini bildirdi.

JCH-2026 saralash: O‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan yana durang o‘ynadi
11 iyun 2024, 23:54

JCH-2026 saralash: O‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan yana durang o‘ynadi

JCH-2026 saralash o‘yinlari ikkinchi bosqichining so‘nggi uchrashuvida o‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan durang o‘ynadi — 0:0. Shu tariqa milliy terma jamoa guruhda Erondan keyingi 2-o‘rinni egallab, saralashning 3-bosqichiga yo‘l oldi (foto, video, statistika).

Iqlim o‘zgarishi vino, zaytun moyi, qahva va kakao narxlarini oshirmoqda — WSJ
11 iyun 2024, 23:10

Iqlim o‘zgarishi vino, zaytun moyi, qahva va kakao narxlarini oshirmoqda — WSJ

Global isish vino, zaytun moyi, kofe va kakao ishlab chiqarish sharoitlarini buzmoqda, bu esa ularning jahondagi narxlari oshishiga olib kelmoqda, deb yozdi Wall Street Journal. Issiqlik va qurg‘oqchilik ta’sirida so‘nggi yillarda bu mahsulotlarning narxi kamida ikki baravar qimmatladi.

AQSh prezidentining o‘g‘li noqonuniy qurol saqlashda aybdor deb topildi
11 iyun 2024, 22:44

AQSh prezidentining o‘g‘li noqonuniy qurol saqlashda aybdor deb topildi

AQSh prezidentining o‘g‘li Hanter Bayden qurol-yarog‘ saqlash qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. U 25 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Jo Bayden o‘g‘lini qo‘llab-quvvatladi.

11-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
11 iyun 2024, 22:11

11-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

16-iyunda nishonlanadigan Qurbon hayiti, Qambarota GES qurilishi bo‘yicha bitim, narx manipulyatsiyasi orqali 20 mlrd so‘m daromad ko‘rgan “Navoiyazot”, FVV rahbarining “Hisorak” bo‘yicha bayonoti va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Hisorak” suv omboridagi holat haqida yolg‘on xabarlar tarqatgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11 iyun 2024, 21:05

“Hisorak” suv omboridagi holat haqida yolg‘on xabarlar tarqatgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyati IIB “Hisorak” suv omboridan suv sizib chiqish holati haqida internetda yolg‘on xabar tarqatib, “odamlarning tinchini buzib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan” shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Toshkentda 3 ta mashina va miniven to‘qnashdi
11 iyun 2024, 20:44

Toshkentda 3 ta mashina va miniven to‘qnashdi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 4 ta transport vositasi ishtirokida YTH yuz berdi. To‘qnashuvda hech kim jarohatlanmadi.

“Gazeta.uz” O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiya o‘yinlarigacha bo‘lgan yo‘li haqida hujjatli film tayyorlamoqda
11 iyun 2024, 19:35

“Gazeta.uz” O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiya o‘yinlarigacha bo‘lgan yo‘li haqida hujjatli film tayyorlamoqda

Film O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadadagi tarixiy ishtiroki tomon bosib o‘tgan yo‘li haqida hikoya qiladi.

Koreya Respublikasi prezidenti 13−15-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi
11 iyun 2024, 19:33

Koreya Respublikasi prezidenti 13−15-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol 13−15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif doirasida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston-Koreya strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, qo‘shma biznes forumi o‘tkazish rejalashtirilgan.

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11 iyun 2024, 18:21

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Shukurullayev Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vakili bilan hamkorlikni chuqurlashtirishni muhokama qildi
11 iyun 2024, 18:01

Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vakili bilan hamkorlikni chuqurlashtirishni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti AQSh savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashib, mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi, GSP tizimini qayta tiklash, C5+1 formati hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

“Navoiyazot” narx manipulyatsiyasi orqali 20,5 mlrd so‘m daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi
11 iyun 2024, 18:00

“Navoiyazot” narx manipulyatsiyasi orqali 20,5 mlrd so‘m daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi “Navoiyazot” ishlab chiqargan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja orqali sotilishida narx manipulyatsiyasi holatlarini aniqladi. Mineral o‘g‘itlar bozorida ustun mavqega ega jamiyat jami 20,5 mlrd so‘m asossiz daromad olgan.

May oyida aholining inflyatsion kutilmalari o‘zgarishsiz qoldi, biznesniki esa pasaydi
11 iyun 2024, 17:37

May oyida aholining inflyatsion kutilmalari o‘zgarishsiz qoldi, biznesniki esa pasaydi

O‘zbekistonda aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari may oyida 14 foizni tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi. Tadbirkorlarning kutilmalari esa pasaydi. Aholi uchun ham, biznes uchun ham kutilmalardagi asosiy omil kommunal xizmatlarning qimmatlashishi bo‘lib turibdi.

Malavi vitse-prezidenti aviahalokatda vafot etdi
11 iyun 2024, 17:11

Malavi vitse-prezidenti aviahalokatda vafot etdi

Malavi (Afrika) vitse-prezidenti Saulos Chilima va yana 9 kishi bo‘lgan samolyot qulab, bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi. 10 yildan beri ushbu lavozimda ishlab kelgan Chilima navbatdagi saylovlarda prezidentlikka nomzod bo‘lishi kutilayotgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting