Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisiga norozilik notasi topshirdi, unda Rossiyada mamlakat fuqarolariga nisbatan bo‘layotgan “keskin salbiy munosabat” hamda ularning huquqlari “keng miqyosda poymol etilayotganidan” xavotir bildirilgan.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi yarim finalida Indoneziyani mag‘lub etib, tarixda ilk bor Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.
Hukumat naqd puldan foydalanishni qisqartirish maqsadida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralarini ishlab chiqmoqda. Ko‘chmas mulk va avtomobillar oldi-sotdisi, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va boshqalar naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin.
Toshkent viloyatining Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz, Zangiota, Toshkent va Oqqo‘rg‘on tumanlarida YTHlarning oldini olish maqsadida foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladi.
Isroil rasmiylariga ko‘ra, Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud G‘azodagi urush tufayli bosh vazir Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylariga nisbatan ayblov e’lon qilishi mumkin. Sud, shuningdek, HAMAS yetakchilarini hibsga olish uchun order berish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.
2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 19,8 foizga o‘sib, 4 mln 920 ming so‘mni tashkil etdi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘rtacha maosh eng pastligicha qolmoqda.
1−2-may kunlari “O‘zekspomarkaz”da imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda mebel, to‘qimachilik, poyabzal, maishiy texnika va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etiladi.
Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikki issiqxona aniqlandi. Ulardan biri 688,9 mln so‘mlik, ikkinchisi esa 329,6 mln so‘mlik tabiiy gazni qonunga xilof ravishda ishlatgan.
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish uchun 6 mln yevro miqdorida grant ajratdi. Joriy va kelgusi yilda bu maqsadga jami 20 mln yevro yo‘naltiriladi.
Shavkat Mirziyoyev III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. 2−3-may kunlari o‘tadigan tadbirda 84 ta davlatdan qariyb 2500 kishi, jumladan, BMT, YeTTB, OPEK, SHHT kabi xalqaro tashkilotlardan mehmonlar qatnashishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda UzIMEI tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi Information Technology Center kompaniyasidagi davlat ulushining 49 foizi sotuvga qo‘yiladi.
Toshkent metallurgiya zavodidagi davlat ulushining 49,9 foizi 2025-yil iyun oyi oxirigacha xalqaro bozorda kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Iyun oyida O‘TTJ sud orqali kiprlik investorlarni loyihadan chetlashtirish haqida qaror chiqartirgan, biroq zavod 916,9 mlrd so‘m zarar va 179,7 mln yevro kredit bilan qolgan.
Toshkentda o‘tgan gimnastika bo‘yicha Jahon kubogida o‘zbekistonlik qizlar jami 7 ta: 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Medallarning 5 tasiga jamoa yetakchisi Taxmina Ikromova egalik qildi.
Toshkent shahri aholisi geonom.tashkent.uz sayti orqali 13-maygacha Yunusobod tumanidagi 212 ta ko‘cha va obyektni nomlash bo‘yicha o‘z takliflarini yo‘llashi mumkin.
2024-yil yanvar-mart oylarida qariyb 48,6 mingta nikoh qayd etildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 900 taga kam. Nikohlarda ayollarning o‘rtacha yoshi 23,3 yoshni, erkaklarning o‘rtacha yoshi esa 28,2 yoshni tashkil etdi. Nikohdan ajralishlar soni 2020-yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga ko‘paygan.
O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida 205 713 nafar chaqaloq tug‘ildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,3 foizga kam. O‘lim holatlari esa o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga o‘sib, 40 197 nafarni tashkil etdi. Statistika agentligi dastlabki chorakdagi demografik ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.
Yangi Andijon shahrida investitsiya mablag‘lari asosida 4 gektar maydonda viloyat hokimligi binosini qurish ishlari boshlandi. Yangi binolar 3 va 5 qavatli shaklda qurilib, 150 ta ma’muriy xonani o‘z ichiga oladi. 1,4 gektar maydon ko‘kalamzorlashtiriladi.
Dam olish kunlaridagi salqin havodan so‘ng hafta davomida harorat ko‘tarila boshlaydi va +24…+31 darajagacha isiydi. Kechalari +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim hududlarda shamol kuchayib chang-to‘zon kuzatiladi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Bir hafta davom etgan mehnat ta’tilidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev ish faoliyatiga qaytdi. U bugun o‘z maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi, hafta davomida esa Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashadi.
Toshkentda fuqarolarning yangi qurilgan xonadonlar uchun to‘lagan pullarini o‘zlashtirganlikda gumonlanayotgan ikki shaxs qidiruvga berildi. Uylar tegishli ruxsatnomalarsiz qurilgani aytilmoqda. MCHJ rahbari qamoqqa olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting