Arxiv

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish borasida Saudiya Arabistoni bilan muzokaralarni yakunladi
16 noyabr 2023, 14:46

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish borasida Saudiya Arabistoni bilan muzokaralarni yakunladi

15-noyabr kuni O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Aziz O‘runov va Saudiya Arabistonining JSTdagi elchisi Saqer Almoqbel tovar va xizmatlar bozoriga chiqish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.

Rossiyalik deputat O‘zbekistonda migrantlar puliga rus tili maktablari qurishni taklif qildi. Munosabat
16 noyabr 2023, 13:35

Rossiyalik deputat O‘zbekistonda migrantlar puliga rus tili maktablari qurishni taklif qildi. Munosabat

Rossiya davlat dumasi raisi o‘rinbosari Pyotr Tolstoy rus tili davlat tili bo‘lmagan mamlakat fuqarolarini ishga joylashtirishni cheklashni, shuningdek, O‘zbekistonda migrantlar puliga rus tili maktablari qurishni taklif qildi. O‘zbekistonlik siyosatchilar deputatga “O‘zbekiston uning tomorqasi emas”ligini eslatdi.

O‘zbekistonda 9 oyda onalar o‘limi 100 ming tirik tug‘ilishga nisbatan 14,1 promillini tashkil etdi
16 noyabr 2023, 13:09

O‘zbekistonda 9 oyda onalar o‘limi 100 ming tirik tug‘ilishga nisbatan 14,1 promillini tashkil etdi

O‘zbekistonda 9 oy davomida onalar o‘limi ko‘rsatgichi 100 ming tirik tug‘ilishga nisbatan 14,1 promillini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning shu davriga nisbatan 13,1 promilliga teng bo‘lgan. Xususan, Sirdaryo viloyatida ko‘rsatkich 11,6 promillidan 45,6 promilliga oshgan.

Toshkent viloyatida vertolyot va Captiva`lardan iborat to‘y korteji uyushtirildi
16 noyabr 2023, 13:02

Toshkent viloyatida vertolyot va Captiva`lardan iborat to‘y korteji uyushtirildi

Oqqo‘rg‘on tumanida kelin-kuyovni olib ketayotgan vertolyot va yettita Captiva ishtirokida to‘y korteji uyushtirildi. Toshkent viloyati YHXB kortej ishtirokchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilganini bildirdi.

Sanitariya va gigiyena qoidalarini buzganlik uchun jarima jazosi kuchaytirildi
16 noyabr 2023, 11:55

Sanitariya va gigiyena qoidalarini buzganlik uchun jarima jazosi kuchaytirildi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Litsenziyalash bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritildi. Endi sanitariya va gigiyena qoidalarini buzgan fuqarolar 3,3 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslar 6,6 mln so‘mgacha jarima to‘laydi. Shuningdek, litsenziya shartlarini muntazam buzganlar undan 1 yilga mahrum bo‘ladi.

Davlat dasturlari doirasidagi kreditlar elektron platformalarda ajratiladi
16 noyabr 2023, 11:33

Davlat dasturlari doirasidagi kreditlar elektron platformalarda ajratiladi

2024-yil iyuldan davlat dasturlari doirasida kreditlar barcha bosqichlarda elektron platformalar orqali ajratiladi. Shuningdek, davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil etilgan kichik tadbirkorlarga tovarlarini yiliga 10 mlrd so‘mgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi.

Chery kompaniyalar guruhi oktabrda 200 ming dan ortiq avtomobil sotdi
16 noyabr 2023, 11:00

Chery kompaniyalar guruhi oktabrda 200 ming dan ortiq avtomobil sotdi

Chery Group kompaniyasi dunyo bo‘yicha bir oyda 200 ming dan ortiq avtomobil sotdi, bu ko‘rsatkich 2022-yilning oktabridan 50,8 foizga ko‘proq.

Samarqandda 117 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi
16 noyabr 2023, 10:55

Samarqandda 117 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

Samarqandda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 1 mlrd 668 mln so‘mlik 117 ming qutidan ziyod sigaret va chilim uchun tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi. Ular maxsus texnikalarda yanchilib, suvga bo‘ktirildi va yaroqsiz holga kelgach, ko‘mib yuborildi.

YI sanksiyalarining 12-paketi O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalarini o‘z ichiga olishi mumkin
16 noyabr 2023, 10:06

YI sanksiyalarining 12-paketi O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalarini o‘z ichiga olishi mumkin

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Singapur kompaniyalari Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 12-paketiga kiritilishi mumkin, deb xabar berdi Bloomberg. Hujjat loyihasida Rossiya olmoslarini yetkazib berishni taqiqlash va neft narxining yuqori chegarasiga qo‘shimcha cheklovlarni ham o‘z ichiga oladi.

Falastindagi dahshatli voqealarga tomoshabin bo‘lib, jim qarab tura olmaymiz — Ziroat Mirziyoyeva
16 noyabr 2023, 10:00

Falastindagi dahshatli voqealarga tomoshabin bo‘lib, jim qarab tura olmaymiz — Ziroat Mirziyoyeva

O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva G‘azoda davom etayotgan, begunoh bolalar, keksalar va ayollar umriga zomin bo‘layotgan voqealarni hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini qayd etdi. “Falastin diyorida yuz berayotgan dahshatli voqealarga tomoshabin bo‘lib, jim qarab tura olmaymiz”, dedi Ziroat Mirziyoyeva.

Xiaomi birinchi elektromobilini namoyish etdi
16 noyabr 2023, 09:45

Xiaomi birinchi elektromobilini namoyish etdi

Xiaomi o‘zining birinchi elektromobili — Beijing Xiaomi SU7`ni namoyish etdi. Panorama oynali tomga ega, besh o‘rindiqli ushbu modelning yana bir necha versiyalari bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi
16 noyabr 2023, 09:41

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Payshanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida gazni qayta ishlash, gidroenergetika, qishloq xo‘jaligi, ichimlik suvi ta’minoti masalalariga e’tibor qaratiladi.

17−19-noyabr kunlari Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yopiladi
15 noyabr 2023, 22:44

17−19-noyabr kunlari Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yopiladi

Davlat bayrog‘i kuni bag‘ishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalar 17−19-noyabr kunlari yopiladi.

Fransiya Suriya prezidentini hibsga olishga order berdi
15 noyabr 2023, 22:30

Fransiya Suriya prezidentini hibsga olishga order berdi

Fransiya sudi Suriya prezidenti Bashar Asadni hibsga olishga xalqaro order berdi. U 2013-yilda kimyoviy qurol qo‘llash bilan bog‘liq insoniyatga qarshi jinoyatda ayblanmoqda.

O‘zbekistonda elektr tariflari oshgani tadbirkorlarning quyosh panellarini o‘rnatishini tezlashtirdi
15 noyabr 2023, 21:56

O‘zbekistonda elektr tariflari oshgani tadbirkorlarning quyosh panellarini o‘rnatishini tezlashtirdi

Tadbirkorlar elektr energiyasi tariflari oshirilganidan so‘ng o‘z obyektlariga quyosh panellarini tezroq o‘rnata boshladi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Shuningdek, u panellalarni o‘rnatishda to‘siqlar mavjudligi haqida Qonunchilik palatasida aytilgan gaplarni rad etdi.

“O‘zbekiston uchun kuchayib borayotgan qum va chang bo‘ronlari muammosi har qachongidan ham dolzarbdir” — ekologiya vaziri
15 noyabr 2023, 21:16

“O‘zbekiston uchun kuchayib borayotgan qum va chang bo‘ronlari muammosi har qachongidan ham dolzarbdir” — ekologiya vaziri

O‘zbekiston uchun kuchayib borayotgan qum va chang bo‘ronlari muammosi har qachongidan ham dolzarbdir, dedi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov. Shuningdek, Markaziy Osiyo va Xitoy bugungi kunda atmosferaga chang chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda ekani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda energetik ichimliklarga aksiz solig‘ini joriy etish taklif qilinmoqda
15 noyabr 2023, 19:10

O‘zbekistonda energetik ichimliklarga aksiz solig‘ini joriy etish taklif qilinmoqda

Deputat Oltinoy Ma’mirova O‘zbekistonda energetik ichimliklar uchun alohida aksiz solig‘ini joriy etishni taklif qildi. U 1-apreldan shirin gazlangan ichimliklar uchun taklif qilingan litri uchun 500 so‘m aksiz solig‘idan 10 baravar yuqori bo‘ladi. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov uning taklifini ma’qulladi.

Chirchiq yaqinida egasiz itlar uchun “Hayot” boshpanasi filiali quriladi
15 noyabr 2023, 18:38

Chirchiq yaqinida egasiz itlar uchun “Hayot” boshpanasi filiali quriladi

Toshkent viloyati hokimiyati egasiz itlar saqlanadigan “Hayot” boshpanasining yangi filiali uchun Chirchiq chetidan qariyb 2 gektar yer ajratdi. Qurilishga Milliy gvardiya yordam beradi. Avvalroq “Hayot” qarzlar tufayli hayvonlarni qabul qilishni to‘xtatmoqchi bo‘lgan edi.

Toshkent viloyati hokimining 2 o‘rinbosari va Yuqori Chirchiq hokimiga xizmat mashinalari olishga 1,3 mlrd so‘m ajratildi
15 noyabr 2023, 18:35

Toshkent viloyati hokimining 2 o‘rinbosari va Yuqori Chirchiq hokimiga xizmat mashinalari olishga 1,3 mlrd so‘m ajratildi

Zoyir Mirzayev o‘zining ikki o‘rinbosari va Yuqori Chirchiq hokimiga BYD xizmat mashinalarini xarid qilish uchun 1 mlrd 336,5 mln so‘m ajratish to‘g‘risida farmoyish chiqardi. Hokimlik avtotransportlarni almashtirishga ehtiyoj ulardan 5 yildan ortiq foydalanilgani sababli tug‘ilganini bildirdi.

Test: So‘mdan so‘mni farqlay olasizmi?
15 noyabr 2023, 18:20

Test: So‘mdan so‘mni farqlay olasizmi?

30 yil muqaddam “so‘m"ni joriy etish yo‘lida ilk qadamlardan biri tashlangan — “so‘m-kupon” muomalaga chiqarilgandi. 7,5 oylik “o‘tish davri"dan so‘ng O‘zbekiston o‘z milliy valyutasiga ega bo‘lgan. O‘tgan davr davomida so‘m o‘zgarishlarga uchradi, “Gazeta.uz” esa aynan so‘nggi o‘zgarishlar asosida test tayyorladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting