Arxiv

Surxondaryoda YTH oqibatida ayol va uning 2 farzandi halok bo‘ldi
28 mart 2024, 14:03

Surxondaryoda YTH oqibatida ayol va uning 2 farzandi halok bo‘ldi

Sariosiyo tumanida 41 yoshli ayol boshqaruvidagi Nexia 3 yo‘ldan chiqib ketib, beton to‘siqqa urildi. YTH ortidan avtomobilda yong‘in yuz berdi, oqibatda ayol va uning ikki bolasi voqea joyida halok bo‘ldi. Mashinadagi ayolning qarindoshi va yana bir farzandi shifoxonaga yotqizildi.

Kuchli shamol oqibatida Toshkent viloyatidagi 12,5 mingta iste’molchi elektrsiz qoldi
28 mart 2024, 11:54

Kuchli shamol oqibatida Toshkent viloyatidagi 12,5 mingta iste’molchi elektrsiz qoldi

Kuchli shamol tufayli Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chdi. Oqibatda Toshkent viloyatidagi 12,5 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Chilonzorda daraxt qulab tushgani sababli gaz quvuri uzilib, 768 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi.

Raqibini “hazillashib” tepgan “Bunyodkor” futbolchisi 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
28 mart 2024, 11:45

Raqibini “hazillashib” tepgan “Bunyodkor” futbolchisi 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi “Andijon” — “Bunyodkor” o‘yinida raqibini “hazillashib” tepgan Usmonali Ismonaliyevni (Bunyodkor) 2 ta o‘yinga chetlashtirdi. Jamoadoshini zarbadan so‘ng yiqilishga majburlagan Farhod Bekmuratovga ham (Andijon) jarima qo‘llandi. Holat videosi tarmoqlarda millionlab marta ko‘rildi.

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 2024-yilda uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda
28 mart 2024, 11:18

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 2024-yilda uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumati 2024-yilda Qozog‘iston orqali Rossiya gazi importini uch baravar oshirishni reja qilmoqda, deb yozmoqda “TASS”.

Temiryo‘l kesishmasini ta’mirlash uchun Toshkentdagi halqa yo‘lining bir qismi tungi vaqtda yopiladi
28 mart 2024, 11:06

Temiryo‘l kesishmasini ta’mirlash uchun Toshkentdagi halqa yo‘lining bir qismi tungi vaqtda yopiladi

Toshkent shahridagi Temur Malik ko‘chasining (halqa yo‘li) “Lokomotiv” istirohat bog‘i yaqinidagi qismida 28-mart soat 21:00 dan 29-mart soat 6:00 ga qadar transport harakati to‘xtatiladi.

Toshkentda kuchli shamol tufayli daraxtlar qulamoqda (video, foto)
28 mart 2024, 11:03

Toshkentda kuchli shamol tufayli daraxtlar qulamoqda (video, foto)

Payshanba tongida boshlangan kuchli shamol chang bo‘ronlarini keltirib chiqardi. Joylarda daraxtlar qulab, mashina va obyektlar ustiga tushmoqda, elektr simlariga zarar yetyapti. FVV kuchli shamol vaqtida ko‘rilishi kerak bo‘lgan xavfsizlik choralarini eslatib o‘tdi. Video, foto.

Qirg‘iziston bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimov qo‘lga olindi
28 mart 2024, 10:33

Qirg‘iziston bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimov qo‘lga olindi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimovni jinoiy daromadlarni legallashtirishda gumonlab qo‘lga oldi. Sobiq amaldor Bokudan Bishkekka ekstraditsiya qilindi. Matraimovning “qonundagi o‘g‘ri”, marhum Qamchi Ko‘lboyev bilan aloqasi bo‘lgani da’vo qilinmoqda.

Zargarlik markazi, turizm, sanoat va eksport. Prezident Namangan viloyatini rivojlantirish rejalari haqida gapirdi
28 mart 2024, 10:28

Zargarlik markazi, turizm, sanoat va eksport. Prezident Namangan viloyatini rivojlantirish rejalari haqida gapirdi

Prezidenti Namangan viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rib chiqdi. Viloyatda Turkiya tajribasi asosida zargarlik markazi qurish, tog‘ turizmi va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, Qamchiq dovoni yonida logistika markazi ochish va boshqalar rejalashtirilmoqda.

Angrenda 9-sinf o‘quvchisi o‘zidan ikki yosh katta bola bilan urishib, uni o‘ldirib qo‘ydi
28 mart 2024, 09:52

Angrenda 9-sinf o‘quvchisi o‘zidan ikki yosh katta bola bilan urishib, uni o‘ldirib qo‘ydi

Angren shahrida 2008-yilda tug‘ilgan o‘smir o‘zidan ikki yosh katta bola bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman vafot etdi
28 mart 2024, 09:25

Xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman vafot etdi

Psixolog va iqtisodchi, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman 90 yoshida vafot etdi.

27-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
27 mart 2024, 22:18

27-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkentda bo‘ladigan “Avtomobilsiz kun”, AES qurish bo‘yicha “ancha muvaffaqiyatli” muzokaralar, 85 ming dollarlik mobil raqam, AQSh delegatlari bilan uchrashgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Angor tumani hokimi sotib olgan Captiva viloyat hokimligi balansiga o‘tkazildi
27 mart 2024, 22:08

Angor tumani hokimi sotib olgan Captiva viloyat hokimligi balansiga o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Angor tumani hokimi sotib olgan Captiva avtomobilining narxi tuman hokimlari uchun belgilangan limitdan yuqori ekanini aniqladi. Avtomobil Surxondaryo viloyati hokimligi balansiga o‘tkazildi. Sobiq deputat Rasul Kusherbayev bu muammoning yechimi emas, deb hisoblamoqda.

O‘zbekiston fevralda 1,3 mlrd dollarlik oltin eksport qildi
27 mart 2024, 21:20

O‘zbekiston fevralda 1,3 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd dollarga (+10,5 foiz) yetdi. 2,66 mlrd dollarni tashkil etgan import va eksport o‘rtasidagi farq fevralda 1,3 mlrd dollarlik oltin sotilishi hisobiga biroz qisqardi. Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi.

29-martda Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘ladi
27 mart 2024, 20:34

29-martda Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘ladi

29-mart, juma kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi. Prezidentning fevral oyidagi farmonida shu kuni rahbarlar va boshqa davlat xizmatchilari ishga jamoat transportida yetib kelishi belgilab qo‘yilgan edi.

Prezident AQSh delegatlari bilan hamkorlik loyihalarini muhokama qildi
27 mart 2024, 19:47

Prezident AQSh delegatlari bilan hamkorlik loyihalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQSh senatori Stiven Deyns va Vakillar palatasi qo‘mitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari — ta’lim, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi va tog‘-kon sanoatini muhokama qildi.

Toshkentda o‘g‘lini boshqa bola bilan urishishga majburlab, o‘zi ham kaltaklashga yordam bergan ota 10 sutkaga qamaldi
27 mart 2024, 18:00

Toshkentda o‘g‘lini boshqa bola bilan urishishga majburlab, o‘zi ham kaltaklashga yordam bergan ota 10 sutkaga qamaldi

Uchtepa tumanida tengdoshi bilan urishayotgan o‘g‘lini janjalni davom ettirishga majburlagan ota 10 sutkaga qamaldi. Shuningdek, u 3,4 mln so‘m jarimaga ham tortildi. Avvalroq holatni tuman hokimi shaxsiy nazoratiga olgandi.

Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi
27 mart 2024, 17:27

Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi

Toshkentda avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yo‘laklarda yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etish bo‘yicha jamoat transportini boshqarishning intellektual tizimi joriy etiladi.

Xalqaro otkritkalar almashinuvi: O‘zbekistonda postkrossing qanday rivojlanmoqda?
27 mart 2024, 17:00

Xalqaro otkritkalar almashinuvi: O‘zbekistonda postkrossing qanday rivojlanmoqda?

14-aprel kuni Toshkentdagi Aloqa tarixi muzeyida xalqaro postkrosserlar yig‘ini bo‘lib o‘tadi. Tadbir arafasida UzPost postkrossing faoliyati, uning O‘zbekistonda rivojlanishi va qanday qilib postkrosser bo‘lish mumkinligi haqida hikoya qiladi.

Qashqadaryoda 16 yoshli qiz otasi tomonidan turli zo‘ravonliklarga uchradi
27 mart 2024, 16:55

Qashqadaryoda 16 yoshli qiz otasi tomonidan turli zo‘ravonliklarga uchradi

Qarshi shahrida yashovchi 16 yoshli qiz bolalar ombudsmaniga onasining vafotidan keyin o‘zi va singlisiga otasining qilgan zo‘ravonliklari haqida aytdi. O‘smirlar bir necha bor uydan ham qochib ketgan. Hozirda prokuratura tomonidan tergov olib borilmoqda, vaziyat bolalar ombudsmani nazoratida.

Xorazm viloyati hokimi bokschi Isroil Madrimovga 2 xonali uy sovg‘a qildi (video)
27 mart 2024, 16:34

Xorazm viloyati hokimi bokschi Isroil Madrimovga 2 xonali uy sovg‘a qildi (video)

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov tashabbusi bilan WBA chempioni Isroil Madrimovga ikki xonali uy sovg‘a qilindi. Bungacha unga chempionlik uchun prezident sovg‘asi — Tahoe avtomobili, shuningdek, ichki ishlar vaziri tomonidan mayor maxsus unvoni berilgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting