YChLning chorak final bahslariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, chorak finalda “Arsenal” — “Bavariya”, “Atletiko Madrid” — “Borussiya Dortmund”, “Real Madrid” — “Manchester Siti”, “Barselona” — “PSJ” klublari yarim final uchun bahslashadi.
Tanzila Narbayeva ma’lum qilishicha, hozir o‘g‘il bolalar uchun o‘rtacha turmush qurish yoshi 26−27 yosh, qizlar uchun 23−24 yosh. “Lekin biz ayrim rivojlangan mamlakatlardagi kabi qizlar turmush qurmaslik, oila qilmaslikni istashini xohlamagan bo‘lardik”, — dedi Senat raisi bergan intervyuda.
Rossiyada prezidentlik saylovi uchun ovoz berish boshlandi, u 15−17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Mamlakatni 2000-yildan buyon boshqarib kelayotgan amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin beshinchi marta prezidentlikka nomzodlik qilmoqda.
O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat deb hisoblagan Markaziy Osiyodagi ilk davlat bo‘ldi. Mintaqada bu mavzu tabu bo‘lgan. Ma’lum lavozimlarda o‘tirgan ba’zi erkak rahbarlar bu normalarni qabul qilishni xohlamagan. Bu haqda Tanzila Narbayeva BMT axborot xizmatiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Hujjatlarga ko‘ra, Toshkentdagi “Qo‘yliq” qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori aksiyadorlari dastlab bozor faoliyati tugatilishiga qarshi bo‘lgan va hatto 53,9 mlrd so‘mlik aksiyalar chiqarish bo‘yicha qaror ham qabul qilgan.
Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilib, bepul tushlik maktabga qatnash darajasini 8 foizga oshirishi aniqlandi, deya xabar berdi MHTI. Institut ekspertlari 1−4 sinf o‘quvchilarini bepul issiq ovqat bilan ta’minlash uchun barcha maktabda oshxona tashkil etish kerakligini ta’kidlagan.
Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlagan. Shaharning sobiq hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi sabab ozod etilgandi.
Poytaxtning Uchtepa tumanida 15 yoshli maktab o‘quvchisi kelishmovchilik sabab uydan chiqib ketib, boshqa bir fuqaroning mashinasini minib qochib ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘smir bundan avval ham 2 marta mashina olib qochgan. Sud uning bu harakatlari uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati ko‘tarila boshlaydi. Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi joylarda biroz sovuq saqlanib turadi. Harorat +8…+20 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazmning ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
O‘zbekistonda eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat berayotgan subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim (GATT) hamda Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitimga (ASCM) muvofiqlashtiriladi. Hududlarda Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi.
Prezident qarori bilan Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tashkil etildi. Undagi va “O‘zbekekspertiza”dagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi.
Ertalab Toshkent aholisi shaharning ayrim hududlarida quyuq tutunning guvohi bo‘ldi. IQAir reytingida O‘zbekiston poytaxti yana havo ifloslanishi bo‘yicha jahon yetakchilari qatoriga kirdi. 1-martdan aholini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish tizimi ishga tushishi kerak edi, biroq u hozircha e’lon qilinmadi.
Bekzot Mavlonov prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi. U bunga qadar Prezident administratsiyasida departament rahbari, prezidentning davlat maslahatchisi o‘rinbosari va bosh prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Chorshanba kuni Hindistonning Bengaluru shahridagi mehmonxonada 27 yoshli o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Elchixona hozirda shahar politsiya vakillari bilan vaziyatni nazoratga oldi. Marhumning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.
Toshkent shahri Olmazor tumanida Lacetti, King Long va 3 ta Cobalt avtomobili to‘qnashdi. 3 nafar haydovchi shifoxonaga yotqizildi. Tergovga qadar surishtiruv harakatlari boshlandi.
Daniya hukumati majburiy harbiy xizmat muddatini uzaytirish va ayollar uchun muddatli harbiy xizmatni joriy etish niyatida. Hukumat shu yo‘l bilan “jinslar o‘rtasida to‘liq tenglikka” erishmoqchi.
Butun dunyo bo‘ylab elektromobillar atrofidagi ajiotaj asta-sekin susaymoqda — eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘z ishlab chiqarish rejalarini qisqartirmoqda yoki keyinga qoldirmoqda, deb yozdi CNBC. Ko‘pgina kompaniyalar gibrid modellarni ishlab chiqarishga intilmoqda.
O‘zgarishsiz qoldirilgan asosiy stavka, mart oyida yog‘gan qor, muftiy bilan suhbatlashgan prezident, bokschi Isroil Madrimovga sovg‘a qilingan Tahoe va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Prezident Sayxunobod tumanidagi “Ittifoq” mahallasida bo‘lib, tomorqa egalari bilan suhbatlashdi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev hududni tomorqa va uy xo‘jaliklari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish namunasiga aylantirish loyihasi haqida aytgan edi.
Qirg‘iziston parlamenti Rossiyaning xorijiy agentlar haqidagi qonuniga o‘xshash “xorijiy vakillar to‘g‘risida"gi rezonansli qonun loyihasini muhokamasiz ma’qulladi. Loyiha xalqaro tashkilotlar, huquq himoyachilari va jurnalistlar tomonidan tanqid qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting