O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Pragadagi superturnirda muddatidan avval g‘olib chiqdi va onlayn reytingda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari orasida 4-o‘rinni egalladi. Shaxmat murabbiyi Georgiy Shvanov ushbu muvaffaqiyat va u ochayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov ilgari mag‘lubiyatga uchramagan rossiyalik Magomed Qurbonovni muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratib, WBA chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Madrimov o‘rta vazn toifasida boshqa kuchli bokschilar va jahon chempionlari bilan boks o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli birinchi farzand uchun barchaga, ikkinchi farzand uchun esa farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
USAID O‘zbekistonda 5 yilga mo‘ljallangan “Biznesni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini boshladi. 17,7 mln dollarlik ushbu loyiha barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Dastur doirasida AKT, turizm, tekstil va yashil iqtisodiyotga oid loyihalarga grant mablag‘lari ajratiladi.
Fotojurnalist Oqil G‘ulomov O‘zbekiston xavfsizlik tizimlarida davlat va jamiyat xavfsizligi, barqarorligi, manfaatlarini himoya qiluvchi ayollar haqida loyiha tayyorladi. “Gazeta.uz” Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan turkumdan bir nechta suratlarni e’lon qildi.
Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi bo‘ldi. Bungacha O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi, bir vaqtning o‘zida Vengriyadagi elchisi ham bo‘lgan.
Senat raisi boshchiligidagi maxsus komissiya xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha yil davomida “favqulodda holat” rejimida ishlaydi. SSP, Biznesni rivojlantirish banki va Mikrokreditbankda raisning ayollar tadbirkorligi bo‘yicha o‘rinbosarlari ish boshlaydi.
Gulistonda 11-sinf o‘quvchisi Milliy gvardiya xodimining qalbaki guvohnomasi bilan begona maktabga kirmoqchi bo‘ldi. Undan soxta hujjatni topshirish so‘ralganda, qarshilik ko‘rsatdi. Shahar prokuraturasi u nima uchun maktabga kirmoqchi bo‘lganini o‘rganmoqda.
Toshkent viloyatiga ko‘chiriladigan poytaxt korxonalari, xotin-qizlarga murojaat yo‘llagan prezident, ish faoliyatiga qaytgan “metan zapravka"lar, 2024-yil uchun zakot, sadaqa miqdorlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘tgan fevral oyi butun dunyo bo‘ylab kuzatuvlar tarixidagi rekord darajada issiq fevral bo‘ldi. Bu, shuningdek, havo harorati bo‘yicha ketma-ket rekord qo‘yilayotgan to‘qqizinchi oy hisoblanadi. Sayyoraning ayrim hududlarida havo harorati o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3,3 darajaga yuqori bo‘lgan.
Veolia Energy Tashkent 1-apreldan issiqlik ta’minoti xizmatlari (va bir qator boshqa kommunal xizmatlar) uchun QQS bo‘yicha imtiyoz bekor qilinishini eslatib, bu abonentlarning avans to‘lovlariga qanday ta’sir qilishini tushuntirdi.
Buxoro markazida “Boqiy Buxoro” madaniy-etnografik parki loyihasini amalga oshirish boshlandi. Uni qurish uchun 32,6 gektar maydonda 29 ta obyekt buzilishi rejalashtirilgan. Hozirda bir qator binolar qisman buzib bo‘lingan. “Gazeta.uz” muxbiri viloyat bosh arxitektori Zuhriddin Muhiddinov bilan suhbatlashdi.
Rasmiy ravishda NATOga qo‘shilgan Shvetsiya Shimoliy Atlantika alyansining 32-a'zosiga aylandi. Harbiy blokka qo‘shilishdan oldin Stokgolm 200 yildan ortiq vaqt davomida betaraflik siyosatiga amal qilgan.
Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridagi filiallariga 70 ta Volkswagen Caddy avtomashinalari berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2024-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.
Prezident 8-mart bayrami munosabati bilan xotin-qizlarga yo‘llagan murojaatida oila baxti, farzandlar kamoli hamda butun jamiyat ravnaqi uchun ayollar va qizlarning ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi muhimligini ta’kidladi.
Eldiyor Toshmatov O‘zbekistonning Jenevadagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili bo‘ldi. Bungacha u Senat raisi kotibiyati rahbari bo‘lgan.
2023−2024-yillar davomida Lenovo`ning daromadi o‘sishda davom etdi. Ko‘rsatkichlarning ijobiy dinamikasi asosiy biznesning barqarorligi va o‘zgarishlarning samaradorligi bilan bog‘liq.
16−18-mart kunlari (shanba, yakshanba va dushanba) O‘zbekistonda Navro‘z arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi tadbir “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladi.
Dushanbadan Yer usti halqa yo‘lining Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlari yo‘lovchilar uchun ish faoliyatini boshlaydi. U yerda sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati qariyb 2 oy oldin boshlangandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting