Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Jetour avtomobili ko‘prikdan o‘tayotib G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi. FVV qutqaruvchilari maxsus texnika yordamida avtomobilni suvdan olib chiqdi. Haydovchi jarohatlanmadi.
Sovet mafkurasini targ‘ib qilishni taqiqlash taklifi, MO migrantlariga fuqarolik berishga moratoriy haqida o‘ylayotgan Rossiya, DXShni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati, maktablarda boshlangan yangi o‘quv yili va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Prezident 2024−2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Loyihalar orasida maktablar, shifoxonalar qurish, aeroportlarni modernizatsiya qilish va ularni boshqaruvga o‘tkazish, ichimlik suvi ta’minoti, kanalizatsiya tizimini yaxshilash va boshqalar bor.
Prezidentga olib kirilgan taqdimotga ko‘ra, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish uchun maktablarning bo‘sh yerlarida DXSH asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish, “Bolaning rivojlanish xaritasi"ni yuritish, shuningdek, olimpiada g‘oliblari mukofotlarini daromad solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda.
Samarqandning Paxtachi tumanida mahallasidagi bir tup terak daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagan fuqaro 8,5 mln so‘m jarima va 680 ming zararni to‘laydigan bo‘ldi.
Prezident qariyb 7 yildan beri qayta qurilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishi bilan tanishdi. U terminallarning tashqi ko‘rinishi va intereri, infratuzilmasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Manbalarga ko‘ra, aeroport kelgusi yilda ochilishi mumkin. Foto.
RF davlat dumasining “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov “Markaziy Osiyo davlatlari” aholisiga RF fuqaroligini berishga 2026-yilgacha moratoriy joriy etishni taklif qildi. Uning fikricha, “gasterbayterlarni ommaviy pasportlashtirish korrupsionerlar mafiyasi uchungina foydali”.
Toshkent shahrida 6−8-sentabr kunlari yirik musiqa festivali bo‘lib o‘tadi, shu sababli Milliy kutubxona va Hyatt mehmonxonasi atrofidagi 3 ta ko‘chaning ayrim qismlari mashinalar harakati uchun yopiladi.
“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov SSSRni tiklashni targ‘ib qilgan samarqandlik pensionerni jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi sud qarorini qo‘llab-quvvatladi. Deputatning fikricha, O‘zbekiston qonunchiligida sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi kerak.
Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyev qurilish va kambag‘allik bo‘yicha o‘rinbosarlarini turli haqoratli so‘zlar bilan so‘kdi. Samarqand viloyati hokimi farmoyishi bilan unga hayfsan jazosi berildi. Bu — uning ikkinchi hayfsani.
AQSh hukumati HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar va guruhning qator rahbarlariga 2023-yil 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujum munosabati bilan rasman jinoiy ayblovlarni e’lon qildi.
Toshkentning qator hududlarida sentabr-oktabr oylarida vaqtincha issiq suv bo‘lmaydi. Veolia Energy Tashkent`ning bildirishicha, bu paytda eskirgan kommunikatsiyalar almashtiriladi va issiqlik ta’minoti ishonchliligini oshiradigan boshqa ishlar bajariladi. Ro‘yxat.
Nishon tumanidagi 14-maktabda soliqchilar 2-sinf o‘quvchilariga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash haqida eslatma-xat tarqatib, uni ota-onalariga yetkazishlarini so‘radi. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari buzilishiga oid ushbu holatni o‘rganayotganini, Soliq qo‘mitasi xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirdi.
O‘zbekiston Markaziy banki ketma-ket ikkinchi oy dunyodagi eng yirik oltin xaridorlari qatoridan joy oldi. Iyun oyida mamlakat 9 tonna qimmatbaho metall sotib olgan bo‘lsa, iyul oyida ko‘rsatkich 9,6 tonna bo‘ldi.
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish ishlari 2024-yilda boshlanadi. Toshkent-Andijon pulli yo‘lini qurish esa 2026-yilda boshlash rejalashtirilgan.
Paralimpiyachi Server Ibragimov 50 metrga to‘pponchadan otish bahslarida kumush medali sohibiga aylandi. U Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgandi.
O‘zbekistonning barcha hududlaridagi elektr va gaz taqsimlash tarmoqlarini xususiy operatorlar boshqaruviga berish rejalashtirilmoqda. oktabr oyida Samarqand viloyatida tender boshlanadi. Energoregulyator rahbari Sherzod Xo‘jayev elektr tarmoqlarini nima uchun xususiy sektorga berish kerakligini tushuntirdi.
O‘zbekistonlik futbolchilar 2026-yilgi JCH saralash bosqichining uchinchi bosqichida KXDRga qarshi o‘yinda o‘zlarining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga harakat qiladi, dedi jamoa murabbiyi Srechko Katanets. “Xotirjam bo‘lib, o‘z ishimizni avvalgidek qilishimiz kerak, bu bosqichda har bir o‘yin murakkab bo‘ladi”, — dedi u.
CAU (Akfa) universiteti litsenziya olinmagan Tijorat huquqi yo‘nalishi uchun talabalar bilan shartnoma tuzgani aniqlandi. Biroq bu yo‘nalishda ta’lim to‘xtab qolgan. Raqobat qo‘mitasi OTMga 7 nafar talabaga 167,5 mln so‘mni qayta hisob-kitob qilish va boshqa murojaatlar bo‘yicha ham ishlash yuzasidan ko‘rsatma berdi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida Lacetti do‘konga kelib urildi. Hodisa oqibatida do‘kon ichidagi bir kishi jarohatlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting