Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, OKMK misni boyitish fabrikasi qurilish maydonchasida temir konstruksiyalarning qulashi oqibatida 3 ishchi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohatlandi, ularning barchasi Hindiston fuqarolari hisoblanadi.
OKMK misni boyitish fabrikasi qurilish maydonida tom qulab, ishchilarni bosib qoldi. Bosh prokuraturaning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 kishi halok bo‘lgan, 45 kishi jarohatlangan.
O‘zbekistonda chiqindi poligonlarini investitsiyalar kiritishga jozibador qilish uchun ularning bufer hududlariga maxsus iqtisodiy zonalar rejimini joriy etish, chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi hamda organik usulda o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan bo‘lsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham xabardor emasligini ta’kidladi. Nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalangani yo‘q.
Polshaning LOT Polish Airlines aviakompaniyasi mart oyi o‘rtalaridan Toshkent va Varshava orasida aviaqatnovlarni boshlaydi. U pandemiyadan keyin O‘zbekiston poytaxtidan Yevropa shaharlariga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan birinchi Yevropa aviakompaniyasi bo‘ladi.
Deputatlar qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi bo‘yicha qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat bilan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda.
O‘zbekistonda ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi yoki Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi taqiqlandi. Shuningdek, deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili berilishi belgilandi.
Eronda o‘tgan yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Aprel oyidan Nukusdan Istanbulga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi reja qilinmoqda. Shuningdek, bitta L-410 samolyoti Qoraqalpog‘istonga ichki reyslar uchun ajratiladi.
Surxondaryo viloyati hokimiga Sherali Jo‘rayev, Navoiy viloyati hokimiga esa Elbek G‘afforov o‘rinbosar etib tayinlandi.
O‘zbekistonda o‘quvchilarning 14 mingdan ziyodi maktabga muntazam bormayotgani aniqlandi, deya ma’lum qildi Maktab vazirligi boshqarma boshlig‘i. Ularning 9 mingdan ortig‘i ta’limga qaytarildi. 2023-yilda farzandining ta’lim-tarbiyasida mas’uliyatsizlik qilgan 12 mingdan ortiq ota-ona javobgarlikka tortildi.
G‘anijon Soliyev Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumaniga, Qodirjon Erkaboyev esa Uchko‘prik tumaniga hokim bo‘ldi. Shuningdek, Aziz Ergashev Jizzax viloyatining Baxmal tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bu yil O‘zbekistonda turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi nishonlanadi. “Maxtumquli Firog‘iy nafaqat turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida o‘rin egallagan atoqli shoir va mutafakkirdir”, — deyiladi prezident qarorida.
O‘zbekistonda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi budjet tashkilotlari, uy-joylarni jismoniy shaxslarga sotishda quruvchilar va boshqalar uchun naqd puldan foydalanishni qisqartirish va naqdsiz to‘lovlarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Yog‘och, shinalar va shakar ulgurji savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish ham rejada bor.
Shamol sabab yopilgan metan “zapravka"lar, elektr ta’minotidagi cheklovlar, 350 ming dollarni o‘zlashtirgani aytilgan O‘FA buxgalteri, suddan o‘zini oqlashni so‘ragan Farmagentlik sobiq rahbari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Andijon viloyatida Buyuk ipak yo‘lida joylashgan davlatlar, jumladan, Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida 218 gektar maydonda “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilmoqda. Avvalroq Andijon viloyati va Xitoy investorlari o‘rtasida 3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishilgan edi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ota-onalar bilan yig‘ilishda ko‘pchilik “hamma yaxshi narsalar mehmonga” tamoyili bo‘yicha yashab, “yerda uxlab yotgan” farzandlarini unutib qo‘yishini aytdi. Ota-onalarning dunyoqarashini o‘zgartirib, bola tarbiyasiga e’tibor qaratish lozim, dedi u.
Baxtiyorjon Salimjonov Chust tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Bekzod Hamdamov yo‘l qo‘ygan “xato va kamchiliklari” uchun ishdan olindi.
Yevropa Komissiyasi raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzganlik bo‘yicha TikTok`ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Regulyator, xususan, platforma voyaga yetmaganlarni zararli kontentdan himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilayotgani yoki yo‘qligini tekshiradi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyev so‘nggi nutq so‘zladi. U suddan oqlov hukmi chiqarishni so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting