Qashqadaryoning Qarshi shahrida yerosti va yerusti piyodalar yo‘laklari qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu obyektlar orqali bozorlar oldidagi YTHlar va tirbandlikning oldini olish maqsad qilinyapti. Viloyat hokimi qurilish ishlari 3−4 mlrd so‘m bilan bitib ketishini ta’kidladi.
“Ko‘ksaroy” qarorgohida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Foto.
Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentning “Humo” klubi Ostonaning “Nomad”ini mag‘lub etgan o‘yinni Humo Arena`dan turib tomosha qildi. “Bunga Aleksandr Grigorevich aybdor! U kelishi bilan: “O‘zbeklar, agar qozoqlarga yutqazsangiz…” degandi”, — deya g‘alabaga izoh berdi Mirziyoyev.
DXX tomonidan Mingbuloq tuman sudi raisi va Namangan davlat universitetining 3-bosqich doktoranti fuqarolardan pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora olish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Suv tarmoqlari o‘tkazilayotgan mahallalar aholisini ish sifatini nazorat qilishga jalb etish pudratchilar mas’uliyatini oshirish, korrupsiyaga chek qo‘yish, hokimiyat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashning eng yaxshi yo‘li, deyiladi Natijalarga erishish ofisining “Gazeta.uz”ga taqdim etgan yangi kolonkasida.
Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi tez tibbiy yordam xizmatlariga 30 ta Volkswagen Caddy avtomobili topshirildi. 2023-yilda Respublika tez tibbiy yordam markaziga 685 ta shunday avtomobil yetkazib berilgan, 2024-yil martiga qadar markaz avtoparki yana 170 ta mashina bilan to‘ldiriladi.
O‘zbekistonda OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqish muddati 15 kundan 10 kunga kamaytirildi. Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lovlar to‘langani haqidagi hujjatlar nusxalarini taqdim etish talabi bekor qilindi.
Toshkent viloyatidagi davlat telekanallaridan birida o‘z xodimasini ish joyiga aldab chaqirib, unga tegajog‘lik qilgan bosh muharrir o‘rinbosari 3 sutkaga qamaldi.
Samarqandda fuqarodan jinoyat ishini hal qilib berish uchun 1500 dollar olishda gumonlanayotgan Milliy gvardiya xodimi ushlandi. Shuningdek, 600 dollar evaziga qamoq jazosini bekor qilib bermoqchi bo‘lgan advokat qo‘lga olindi.
Navoiy viloyati IIB jinoyat sodir etganlarning suratlari tushirilgan “sharmanda doskasi” mahallalarda joriy etilishiga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi. Avvalroq ombudsman bu amaliyot inson huquqlariga zid ekanini bayon qilgandi. Bunday suratlarni joylashtirish 2021-yilda hukumat tomonidan tasdiqlangan.
“Kulol va xurmacha”, “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Abdullajon” va boshqa ko‘plab filmlarda rol ijro etgan aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi.
2023-yilda Uzcard va Humo tizimlarida amalga oshirilgan kartadan kartaga pul (P2P) o‘tkazmalari hajmi 224,3 trln so‘mni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 80,8 trln so‘mga yoki 56 foizga ko‘proq bo‘ldi. QR-kodlardan foydalanib amalga oshirilgan to‘lovlar summasi 2,5 barobarga oshdi.
Qalin qor yoqqani sababli 8-fevral kuni Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Hudud maxsus texnikalar yordamida qordan tozalanmoqda (video).
HAMAS Isroilga G‘azo sektorida 135 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejasini taklif qildi. Bu davr mobaynida guruh garovga olinganlarni ozod qiladi, Isroil askarlari esa G‘azoni tark etishi kerak bo‘ladi.
O‘zbekistonda qimor o‘yinlari va bukmekerlikni qonuniylashtirish masalasi jamiyatning o‘zida munozarali, shu bois Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hozir bu boradagi pozitsiyasini ko‘rib chiqmoqda, dedi agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari.
Qatar terma jamoasi Eronni mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo kubogi finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi ular chempionlik uchun Iordaniya bilan bahslashadi. O‘yin 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ozarbayjonlik hamkasblari Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, prezidentlik saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi. Exit-poll natijalariga ko‘ra, u saylovda 93,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonmoqda.
Xokkey o‘yiniga tushgan prezidentlar, kuchli shamol sabab elektrsiz qolgan hududlar, havoni ifloslantirgani uchun jazolangan IES, Alisher Usmonovning rad etilgan apellyatsiya shikoyati va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Prezident farmoni bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofotini berish tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Endilikda axborot texnologiyalari yo‘nalishida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar ham mukofot bilan taqdirlanadi. Shuningdek, mukofot komissiyasi jamoatchilik asosida faoliyat olib borishi belgilandi.
Yevropa sudi milliarder Alisher Usmonovning o‘ziga Rossiyaning Ukrainaga bosqini sababli YI tomonidan qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi apellyatsiyasini rad etdi. Usmonovning advokatlari sanksiyalar uchun asoslar noaniq ekanini ta’kidladi, biroq sud bu fikrga qo‘shilmadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting