Senat 19-yanvardagi yig‘ilishda huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid foto va videolarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishni ko‘rib chiqmadi. Biroq yuqori palata qonunni tez orada ko‘rmasa, u Senatni chetlab o‘tib, prezidentga yuboriladi.
Senatorlar O‘zbekistondagi bir qancha qonunlarni Jahon savdo tashkilotining “Intellektual mulk huquqlarining savdo yo‘nalishlari bo‘yicha Bitim” talablariga uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
O‘zbekistonda 2023-yil davomida tez tibbiy yordam xizmatiga 13 mln 522 mingta qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Bu 2022-yilgidan yarim milliontaga ko‘p degani. Eng ko‘p murojaat Farg‘ona vodiysi va Toshkent shahridan bo‘ldi. Avvalroq SSV qo‘ng‘iroqlarning 3,5 mingtasi yolg‘on chaqiriq ekanini bildirgandi.
Ekologik partiya a’zolari Ekologiya vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan daraxtlarni kesish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi yuzasidan bosh prokurorga deputatlik so‘rovi yubordi. 2022−2023-yillarda boshqarma 600 dan ortiq daraxt kesishga ruxsat bergan.
Senatorlar Oliy Majlis palatalari faoliyatiga oid qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, Senat a’zolari soni 100 tadan 65 taga qisqaradi, ularning 9 nafarini prezident tayinlaydi, Qonunchilik palatasi va Senat o‘zini o‘zi tarqatib yubora oladi.
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalari talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish vakolati berilishi haqidagi qonun Senatda ma’qullandi.
Bryusselda O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Yevrokomissiya vakili Jivka Petkova bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq imzolanishidan manfaatdor ekanini bildirdi.
“Yuksalish” harakati ekologlar, tadqiqotchilar va faollar o‘rtasida O‘zbekiston havosining ifloslanishi muammosi bo‘yicha so‘rov o‘tkazib, 10 ta birlamchi chora-tadbirni taklif qildi.
Senatorlar Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudovani boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etishni ma’qulladi. Manbaga ko‘ra, u 2023-yilda prezidentlikka o‘zining nomzodi ko‘rsatilgan “Adolat” partiyasini boshqarishi mumkin.
Tadbirkorlarga ekoturizm obyektlarini qurish uchun davlat qo‘riqxonalari va o‘rmonlardan ijaraga yerlar beriladi. Hududda kemping, o‘tov, ekouy va hayvonlarni kuzatish imkonini beruvchi zonalar ochiladi. Ular haqida ma’lumot beruvchi “Tabiatga sayohat” elektron platformasi va mobil ilovasi ishga tushiriladi.
Senatorlar drondan noqonuniy foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilovchi qonunni ma’qulladi. Apparatni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinishi ham mumkin. Hozirda dronlarni noqonuniy olib kirish, sotish, olish, saqlash va foydalanish uchun jinoiy javobgarlik mavjud.
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan o‘zini o‘zi himoya qilish mashg‘ulotlari (Self Defense Camp)ni yana 60 dan ortiq ishtirokchi tamomladi. “Hukumat bu loyihani maktab yo boshqa ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yishni ma’qul topsa, hamkorlikka tayyormiz”, — dedi AQSh elchisi.
Toshkent hokimligi haydovchilar uchun Bobur va Rustaveli ko‘chasida yo‘llardagi holat va boshqa mazmundagi ma’lumotlar aks ettiradigan ekran o‘rnatdi. “Gazeta.uz” urbanistlardan shahar ko‘chalarida bunday tablolar o‘rnatish maqsadga muvofiq yoki yo‘qligini so‘radi. Mutaxassislar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonning faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida vaqtincha yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Shanba kuni harorat +3…+8 darajagacha, yakshanbada esa +10 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
DXX Jomboy tumanida “Makarov” pistoleti va uning o‘qlarini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi. Uning uyidan ham eski “Monte Kristo” to‘pponchasi, turli xil gilzalar, ov miltig‘i qismlari topildi. Fuqaro hozirda qamoqqa olingan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoatchilik fikrini o‘rgangach, “Paxtakor” futbol klubini vaqtincha savdodan chiqardi. Avvalroq blogerlar klub va 24 gektar maydonda joylashgan stadionni birga sotmaslikni taklif qilgandi.
Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23−25-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. U yerda oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, mamlakatning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ladi.
Senat qo‘mitasi OAV va blogerlar ishtirokida Qonunchilik palatasi qabul qilgan va yaqinda Senat ham ko‘rib chiqishi kutilayotgan huquq-tartibot idoralari xodimlari foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda tarqatganlik uchun jazo haqidagi normani muhokama qildi. Batafsil.
Singapur transport vaziri korrupsiyada ayblandi. Prokuratura u milliarderdan biznes-klassdagi reyslar, Angliya Premer-ligasi o‘yinlari va myuzikllarga chiptalar ko‘rinishida sovg‘alar olganini ta’kidlamoqda. Bu so‘nggi 40 yil ichida mamlakatdagi vazir bilan bog‘liq birinchi korrupsion ish hisoblanadi.
Qalin tuman sabab yopilgan aeroport, prezidentning eksport masalasidagi tanqidiy yig‘ilishi, sotuvi 4 baravardan ko‘proqqa o‘sgan elektromobillar, xorijiy vakolatxonalarda o‘qitiladigan o‘zbek tili kurslari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting