Arxiv

British Management University 2024−2025 o‘quv yili uchun qabul boshlanganini e’lon qildi
23 yanvar 2024, 09:00

British Management University 2024−2025 o‘quv yili uchun qabul boshlanganini e’lon qildi

British Management University 2024−2025 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi. Abituriyentlar moliya va bank, loyihalarni boshqarish, raqamli marketing hamda boshqa yo‘nalishlarni tanlashi mumkin.

“Toshkentliklar xotirasining sinchlaridan biri”. Boris Chuxovich — “Sharq” (O‘zA) binosi haqida
23 yanvar 2024, 08:54

“Toshkentliklar xotirasining sinchlaridan biri”. Boris Chuxovich — “Sharq” (O‘zA) binosi haqida

Arxitektor Richard Bleze qurgan 16 qavatli “Sharq” nashriyoti binosi 10 yil avvalgi noto‘g‘ri rekonstruksiyaga qaramay, hamon Toshkent ramzi bo‘lib qolmoqda, deydi arxitektura tarixchisi Boris Chuxovich. U “Gazeta.uz"ga yozgan maqolasida “Sharq” binolarini saqlab qolish nima uchun zarurligini tushuntirgan.

O‘zbekistonda Jadidlar.uz platformasi ishga tushirildi
23 yanvar 2024, 08:03

O‘zbekistonda Jadidlar.uz platformasi ishga tushirildi

Fanlar akademiyasi Tarix instituti jamoasi tomonidan ikki yil davomida yaratilgan Jadidlar.uz platformasi test rejimida ish boshladi. Loyiha uchun 1 mlrd so‘mlik grant mablag‘i ajratilgan. Unga 250 ga yaqin jadid haqida ma’lumotlar kiritilgan.

2023-yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi sekinlashib, 102,4 foiz bo‘ldi
23 yanvar 2024, 07:44

2023-yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi sekinlashib, 102,4 foiz bo‘ldi

2023-yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi 102,4 foizni tashkil etdi (2022-yilda 107,3 foiz). Mamlakat bo‘yicha jon boshiga umumiy daromadlar 20 mln so‘mni tashkil etdi, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda (44,4 mln so‘m), eng quyi ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘istonda (14,5 mln so‘m) qayd etildi.

Epitsentri Xitoyda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
22 yanvar 2024, 23:44

Epitsentri Xitoyda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida 3−4 balli zilzila sezildi. Uning epitsentri Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida, Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan. Zilzila epitsentrda 7 ballni tashkil qilgan.

Ombudsman rossiyalik hamkasbiga migrantlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan murojaat yubordi
22 yanvar 2024, 23:22

Ombudsman rossiyalik hamkasbiga migrantlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan murojaat yubordi

O‘zbekiston ombudsmani Yekaterinburgda o‘rdaksimon yurishga majburlangan mehnat migrantlarining kamsitilgani yuzasidan Rossiya ombudsmaniga murojaat qildi. Ulardan qanchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Qirg‘iziston TIV esa “Rossiya federal organlari darajasida” ish qo‘zg‘atgan.

22-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
22 yanvar 2024, 22:50

22-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Yangilangan kambag‘allik chegarasi, IMEI kodini o‘zgartirish uchun javobgarlik, Shavkat Mirziyoyevning Xitoy gazetasida e’lon qilingan maqolasi, Afg‘onistonda qulab tushgan Rossiya samolyoti va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

FT: YI G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasiga ko‘nmagani uchun Isroilga qarshi “oqibatlar”ni ko‘rib chiqmoqchi
22 yanvar 2024, 21:58

FT: YI G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasiga ko‘nmagani uchun Isroilga qarshi “oqibatlar"ni ko‘rib chiqmoqchi

Yevropa Ittifoqi Isroil G‘azo bo‘yicha Bryussel taklif qilgan tinchlik rejasidan bosh tortishda davom etsa, buning oqibatlarini aniqlashtirib olmoqchi. Reja mustaqil Falastin davlatini tuzishni nazarda tutadi.

Aktyor Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etdi
22 yanvar 2024, 21:33

Aktyor Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etdi. U faoliyati davomida “Maftuningman”, “Odamlar orasida yolg‘iz”, “Olovli yo‘llar” kabi ko‘plab film va spektakllarda rol ijro etgan. Bir qancha unvon va ordenlar sohibiga aylangan.

“Biz ham boshqa jamoalar uchun qiyin raqibmiz”. Srechko Katanets — Osiyo Kubogidagi Avstraliyaga qarshi o‘yin haqida
22 yanvar 2024, 19:58

“Biz ham boshqa jamoalar uchun qiyin raqibmiz”. Srechko Katanets — Osiyo Kubogidagi Avstraliyaga qarshi o‘yin haqida

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Srechko Katanets jamoa Avstraliyaga mag‘lub bo‘lsa ham, 90 foiz holatda turnirning 1/8 final bosqichiga chiqishini, ammo maqsad baribir g‘alaba qozonish ekanini aytdi. “Avstraliyaga qarshi yomon statistikaga chek qo‘yish niyatidamiz”, — deydi futbolchi Odiljon Hamrobekov.

Farg‘ona shahridagi neft bazada yong‘in chiqdi
22 yanvar 2024, 18:19

Farg‘ona shahridagi neft bazada yong‘in chiqdi

Farg‘ona shahridagi “NEFT OIL” MCHJda yong‘in chiqib, uni o‘chirishga 12 ta qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

“Anonim terror” qonuniylik va so‘z erkinligiga qanday zarba bermoqda?
22 yanvar 2024, 18:09

“Anonim terror” qonuniylik va so‘z erkinligiga qanday zarba bermoqda?

O‘zbekistonda “anonim terrori” yangi bosqichga chiqmoqda. Ular endi tergov va sud o‘rnini ham egallamoqchi — o‘zi ayblov e’lon qiladi, hukm o‘qiydi, jazolaydi. Jamoat faoli Shahnoza Soatova va huquqshunos Furqat Tojiyevning qayd etishicha, bu oshkora qonunsizlik qissasini hamma o‘qiyapti, lekin hech kim indamaydi.

Toshkentning 3 ta tumanidagi 160 ta korxona chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha ogohlantirildi
22 yanvar 2024, 18:02

Toshkentning 3 ta tumanidagi 160 ta korxona chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha ogohlantirildi

Ekologiya vazirligi poytaxtning Chilonzor, Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi jami 160 ta korxonaga chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berdi.

“O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi xalqaro maydondagi do‘stlikning yorqin namunasidir” — Shavkat Mirziyoyev
22 yanvar 2024, 17:25

“O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi xalqaro maydondagi do‘stlikning yorqin namunasidir” — Shavkat Mirziyoyev

Xitoyning “Jenmin jibao” gazetasida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi. U yangi yilda ilk tashrifini Xitoyga amalga oshirayotgani chuqur ramziy ma’noga egaligi va munosabatlar “o‘z tarixidagi eng yaxshi davrni” boshdan kechirayotganini qayd etdi.

O‘zbekiston 2023-yilda nimalar bilan savdo qildi?
22 yanvar 2024, 17:18

O‘zbekiston 2023-yilda nimalar bilan savdo qildi?

O‘zbekistonning tovar aylanmasi 2023-yilda 23,8 foizga oshib, 62,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Savdo taqchilligi rekord daraja — 13,7 mlrd dollarga yetdi. Eksportning uchdan bir qismini rekord darajada sotilgan oltin tashkil etdi. Oziq-ovqat, neft va gaz importi keskin oshdi.

“Shuncha azob chekib, ro‘yxatda yo‘q ekanimiz alam qiladi” — farzandi “Dok-1 Maks”dan nogiron bo‘lib qolgan ota-ona
22 yanvar 2024, 16:59

“Shuncha azob chekib, ro‘yxatda yo‘q ekanimiz alam qiladi” — farzandi “Dok-1 Maks"dan nogiron bo‘lib qolgan ota-ona

Sardobalik 5 yoshli Mansurbek Kemamov “Dok-1 Maks"dan zaharlanib, bir necha oy ko‘rolmay va yurolmay qolgan. Bolaning hayotini saqlab qolish uchun ota-onasi bor-budini sotib, 150 mln so‘m qarzga ham botgan. Ular Mansurbekning “Dok-1 Maks” sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalar ro‘yxatiga kiritilmaganidan norozi.

O‘zbekistonning yangi elchisi Eron prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
22 yanvar 2024, 16:34

O‘zbekistonning yangi elchisi Eron prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

2023-yilning dekabr oyida O‘zbekistonning Erondagi elchisi etib tayinlangan Fariddin Nasriyev mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiyga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Rossiyalik prodyuser Tina Kandelakiga Qozog‘istonga kirish taqiqlanadi
22 yanvar 2024, 15:36

Rossiyalik prodyuser Tina Kandelakiga Qozog‘istonga kirish taqiqlanadi

Rossiyalik prodyuser, “Gazprom-media” bosh direktori o‘rinbosari Tina Kandelakiga Qozog‘istonga kirish taqiqlanmoqda. Bunga uning Qozog‘istondagi temiryo‘l vokzallari nomi o‘zgartirilishini rus tilini davlat darajasida siqib chiqarish deb baholagani va “manqurtlik” haqidagi posti sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston 2023-yilda Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi
22 yanvar 2024, 15:22

O‘zbekiston 2023-yilda Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistondan Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilindi. Bu — 2022-yilgi ko‘rsatkich (1,07 mlrd dollar)dan salkam ikki baravar kam.

Toshkentda avtobuslar harakatini nazorat qiluvchilarga maxsus mashinalar topshirildi
22 yanvar 2024, 14:41

Toshkentda avtobuslar harakatini nazorat qiluvchilarga maxsus mashinalar topshirildi

Toshkentda jamoat avtobuslarining harakat xavfsizligini nazorat qiluvchi xodimlarga maxsus xizmat mashinalari biriktirildi. Ular avtobus haydovchilarining tartibli ishlashini va mashinalarning avtobus yo‘laklariga chiqib ketmasligini nazorat qiladi hamda harakatga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting