Arxiv

“Gazdan voz kechmaymiz” — O‘zbekiston energetika vaziri
6 noyabr 2023, 17:59

“Gazdan voz kechmaymiz” — O‘zbekiston energetika vaziri

Elektr energiyasi ishlab chiqarishda quyosh, shamol va gidroenergetika ulushini oshirish rejalariga qaramay, O‘zbekiston “gazdan voz kechmaydi”, dedi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Unga ko‘ra, mamlakat gazdan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarishni deyarli 2 baravar oshirishni rejalashtirmoqda.

Italiya prezidenti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi
6 noyabr 2023, 17:12

Italiya prezidenti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Italiya prezidenti Serjio Mattarella 9−11-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Rim uchun Toshkent bilan hamkorlik O‘zbekistonning Yevropa va Uzoq Sharq, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi strategik mavqeyi sabab alohida ahamiyatlidir, deya qayd etadi Agenzia Nova agentligi.

G‘azo sektorida BMT agentligining 88 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu — tashkilotning bitta mojarodagi eng katta yo‘qotishi
6 noyabr 2023, 16:01

G‘azo sektorida BMT agentligining 88 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu — tashkilotning bitta mojarodagi eng katta yo‘qotishi

7-oktabrdan beri G‘azo sektoridagi janglarda BMT Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining (UNRWA) 88 nafar xodimi halok bo‘ldi. “Oradan 30 kun o‘tdi. Yetar. Bu hoziroq to‘xtatilishi kerak”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

O‘zbekistonning beshta shahrida suv ta’minoti xususiy sektorga o‘tkaziladi
6 noyabr 2023, 14:42

O‘zbekistonning beshta shahrida suv ta’minoti xususiy sektorga o‘tkaziladi

2024-yil 1-iyuldan Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ichimlik suvi ta’minoti va oqova tizimlari xususiy sektorga o‘tkaziladi. Suv ta’minoti xizmatlari uchun tariflar ishlab chiqarish tannarxiga va boshqa majburiy to‘lovlarga kiritilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
6 noyabr 2023, 14:08

9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

8−9-noyabr kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari kuzatilishi mumkin.

Oktabrda O‘zbekistondagi AYOQSHlarda 6,1 mln litr sifatsiz benzin aniqlandi
6 noyabr 2023, 13:02

Oktabrda O‘zbekistondagi AYOQSHlarda 6,1 mln litr sifatsiz benzin aniqlandi

O‘zbekistonda oktabr oyida AYOQSHlarda 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi.

Toshkentda Matiz butunlay yonib ketdi
6 noyabr 2023, 12:52

Toshkentda Matiz butunlay yonib ketdi

Poytaxtning Mirobod tumanida Matiz avtomobili yonib ketdi. Yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan, jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.

AQSh davlat kotibi yordamchisi O‘zbekistonga keladi
6 noyabr 2023, 12:45

AQSh davlat kotibi yordamchisi O‘zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu shu hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi va ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotida ishtirok etadi. U Qozog‘iston va Hindistonga ham boradi.

Samarqandda fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
6 noyabr 2023, 12:26

Samarqandda fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Oqdaryo tumanida fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Ular oldindan 15 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.

66-o‘lim ham bor — “Dok-1 Maks” haqida birinchi bo‘lib xabar bergan shifokor Mamatqul Azizov
6 noyabr 2023, 12:07

66-o‘lim ham bor — “Dok-1 Maks” haqida birinchi bo‘lib xabar bergan shifokor Mamatqul Azizov

“Dok-1 Maks” siropidan bolalar o‘layotgani haqida birinchi xabar bergan Samarqand Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Mamatqul Azizov sudda ko‘rsatma berdi. Advokat savoliga javoban mutaxassis siropdan vafot etganlar ro‘yxatida 66-o‘lim ham borligini ta’kidladi.

Open Budget`da 1,5 mingdan ko‘p ovoz to‘plab, yutmagan ayrim loyihalarni 2024-yilgi davlat budjetidan moliyalashtirish taklif etildi
6 noyabr 2023, 11:36

Open Budget`da 1,5 mingdan ko‘p ovoz to‘plab, yutmagan ayrim loyihalarni 2024-yilgi davlat budjetidan moliyalashtirish taklif etildi

Tashabbusli budjet loyihasida 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jihozlash bilan bog‘liq loyihalarga 2024-yil uchun mo‘ljallangan davlat budjetidan mablag‘ ajratish taklif etilmoqda.

Hafta o‘rtasida havo sovib, yomg‘ir yog‘adi
6 noyabr 2023, 11:19

Hafta o‘rtasida havo sovib, yomg‘ir yog‘adi

Chorshanba kuni O‘zbekistonga nam va sovuq havo massasi kirib keladi. 8−9-noyabrda hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +13…+18, kechasi +3…+6 darajagacha pasayadi. Juma kuni havo biroz isib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

8−9-noyabr kunlari Toshkentda IHT sammiti bo‘ladi
6 noyabr 2023, 10:32

8−9-noyabr kunlari Toshkentda IHT sammiti bo‘ladi

Toshkentda 8−9-noyabr kunlari Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti o‘tkaziladi. Unda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Eron, Turkiya va boshqa davlatlarning mamlakat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi.

O‘zbekistonga elektromobillar importi 6 barobardan ko‘proqqa oshdi
6 noyabr 2023, 10:11

O‘zbekistonga elektromobillar importi 6 barobardan ko‘proqqa oshdi

Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga elektromobillar importi 22,5 mingtaga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 barobardan qo‘pdir. Yetkazib berish miqdori 582 mln dollardan oshdi.

Orano O‘zbekistonda uran qazib olishga 500 mln dollargacha sarmoya kiritadi
6 noyabr 2023, 09:54

Orano O‘zbekistonda uran qazib olishga 500 mln dollargacha sarmoya kiritadi

Fransiyaning Orano kompaniyasi O‘zbekistonda geologiya-qidiruv va uran qazib olish ishlariga 500 mln dollargacha sarmoya kiritadi. Navoiy viloyatidagi ikkita hududda qidiruv ishlari olib boriladi. Emmanuel Makronning mamlakatga tashrifida ham bu masalalar ko‘rilgandi.

“Ular istirohat emas, ilm bog‘laridir”. Xorijdagi o‘zbekistonliklar — xorijdagi botanika bog‘lari haqida
6 noyabr 2023, 08:06

“Ular istirohat emas, ilm bog‘laridir”. Xorijdagi o‘zbekistonliklar — xorijdagi botanika bog‘lari haqida

Botanika bog‘lari katta, ko‘p va moliyaviy baquvvat bo‘lishi, ularni nafaqat davlat, balki homiylar ham qo‘llashi kerak. Ayni vaqtda, ular velosiped uchiladigan park emas, balki shaharliklarni tabiatga yaqinlashtiruvchi yashil maktabdir, deb hisoblaydi xorijdagi tabiatsevar o‘zbekistonliklar.

O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi
5 noyabr 2023, 20:29

O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi

“Gazprom” bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 7-oktabrdan beri O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U import qilingan “moviy yoqilg‘i” narxini yana oshkor qilmadi.

Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 15 yillik gaz shartnomasi tuzishi mumkin
5 noyabr 2023, 20:09

Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 15 yillik gaz shartnomasi tuzishi mumkin

2024-yil o‘rtalariga qadar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 15 yil davomida gaz yetkazib berish va tranzit bo‘yicha hamkorlik majburiyatlarini belgilashni rejalashtirmoqda, dedi “Gazprom” rahbari Aleksey Miller. Kompaniya ulardagi boshqa gaz quvurlari tizimidan foydalanishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekistonga yil boshidan buyon telefon importi 178 mln dollardan oshdi
5 noyabr 2023, 14:54

O‘zbekistonga yil boshidan buyon telefon importi 178 mln dollardan oshdi

To‘qqiz oy davomida O‘zbekistonga 2,58 mln donaga yaqin mobil telefon import qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga ko‘pdir. Yetkazib berish hajmi 178,2 mln dollardan (+23,3 foiz) oshdi.

Energetika vaziri O‘zbekistonda benzin taqchilligi yo‘qligini ma’lum qildi
5 noyabr 2023, 12:06

Energetika vaziri O‘zbekistonda benzin taqchilligi yo‘qligini ma’lum qildi

O‘zbekistonda benzin taqchilligi mavjud emas, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U nima sababdan birjada yoqilg‘i sotib olishga cheklov kiritilganini tushuntirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting